I. TALABALAR MUSTAQIL ISHINING MOHIYATI VA UNGA QO’YILADIGAN UMUMIY TALABLAR
Kurs ishi tаlаbаning mustаqil ishini bir shаkli bo’lib, talabalar mustaqil ishining maqsadi 8-semestr davomida fanlarning tizimli o’rganilishini tashkil etish, olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, navbatdagi darslarga tayyorlash, yangi bilim izlashda, egallashda mustaqillikni hamda aqliy mehnat madaniyatini shakllantirishdan iborat. Uning uchun ajratilgan vaqt ishchi o’quv rejasi bilan belgilanadi va talaba uchun muayyan fanni o’rganishga ajratilgan o’quv soatlari umumiy hajmining 30-60 foizini tashkil etishi mumkin.
Har bir o’rganilayotgan fan bir qator mavzuli bo’limlarga taqsimlanadi va ularning har biri uchun mashg’ulotlarning barcha muhim turlari, mustaqil nazariy va amaliy ish uchun vazifalar, o’quv va ilmiy adabiyot, statistik ma’lumotlar manbalari va boshqalar belgilanadi. Talaba belgilangan tartibda har bir bo’lim vazifalarini bajarganligi to’g’risida hisobot beradi. Talaba tomonidan bajarilgan barcha ishlar kafedrada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan mezon asosida baholanadi. Har bir mustaqil ish shаkli bo’yicha etarli ball to’play olmagan talaba tegishli fanni o’zlashtirmagan hisoblanadi.
Mustaqil ishlar mohiyatiga ko’ra ikki tomonlama xarakterga ega:
Birinchidan, bu o’quv dasturda rejalashtirilgan va talaba tomonidan materialni mustaqil o’zlashtirishida, auditoriyadan tashqari vaqtda o’quv mashg’ulotlarining turli shakllarini tashkillashtirishda talaba faoliyatining usuli;
Ikkinchidan, bu institutda o’quv jarayonida talaba tomonidan bajariladigan barcha o’quv mashg’ulotlarining to’plami: masalan, biron-bir ilmiy yoki o’quv adabiyotni o’qib-o’rganish, konspekt yozish, ma’lum bir muammo yoki masala yuzasidan ijodiy ma’lumot, ma’ruza tayyorlash; referat, kurs ishi yoki bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va h.k.
Talabalar mustaqil ishlari o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagicha bo’lishi mumkin. Reproduktiv mustaqil ish - mutoala, o’quv adabiyotini konspektlash, ma’ruzani tinglash, matnni aytib berish, eslash, o’quv materialini takrorlash (qaytarish) va boshqalar .
Bilim - izlaydigan mustaqil ish amaliy va seminar mashg’ulotlarda xabar va ma’ruzalar bilan chiqish, o’quv dasturi bo’yicha adabiyotlar tanlash, kurs va nazorat ishlari yozish va hokazo.
Ijodiy mustaqil ish - referatlar va ilmiy maqolalar yozish, ilmiy - tadqiqot ishlarida qatnashish, bitiruv malakaviy ishga tayyorgarlik ko’rish, maxsus ijodiy topshiriqlarni bajarish va hokazo.
Talabalarning mustaqil ishlari bo’ycha o’quv jarayonini tashkil etish uchun kafedrada quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- har bir kurs (fan) ishchi dasturini mavzuli bo’limlarga taqsimlash;
- bo’limlar doirasida mustaqil ishlar vazifalarini, nazorat tadbirlarini ishlab chiqish va har bir vazifa uchun baholash ballarini belgilash;
- semestrning birinchi haftaligida talabalar va fakultet dеkаnini ushbu semestrda o’tkaziladigan barcha dars va mashg’ulotlar bo’yicha reyting tizimi, mavzular tarkibi hamda har bir bo’lim bo’yicha o’rnatilgan hisobot shakli va muddati bo’yicha xabardor qilish;
- tabalarni zarur uslubiy materiallar bilan ta’minlash;
- talabalarni mustaqil o’rganishga berilgan mavzular bo’yicha axborot resurs- manbalari ro’yxati bilan tanishtirish va imkon qadar ta’minlash;
- maslahatlar (konsultatsiyalar) berishni tashkillashtirish;
- talabalarni reyting nazorat natijalaridan xabardor qilib borish;
Fakultet dеkаnati:
- kafedra taklifi bo’yicha talabalarning mustaqil ishlarni bajarishi bo’yicha semestr rejasini tasdiqlashi;
- reyting nazorati va baholash mezonlarini talabalarga ma’lum qilishi;
- kafedrani zaruriy hujjatlar (yakuniy va joriy vedomstlar) bilan ta’minlashi;
- kafedralar tomonidan mustaqil ish nizom-qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishi kerak.
Kafedra professor-o’qituvchisi:
- o’quv jarayoni samaradorligini oshirish uchun barcha turdagi auditoriya mashg’ulotlari, talabalarning aniq hajmli vazifalarga ega mustaqil ishlari, ularning bajarilishi mehnat sig’imi, nazorat shakllarini o’zida mujassam etgan o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishning texnologik xaritalarini ishlab chiqishi kerak. O’quv kursining har bir mavzusi bo’yicha ishlab chiqilishi kerak bo’lgan texnologik xaritalar ma’ruzaning asosiy savollari, amaliy va seminar mashg’ulotlari, zarur adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Nashr etilgan hujjatlar, ko’rgazmali qurollar majmuasi (chizma, grafik, slayd va boshqalar) o’quv guruhlariga oldindan tarqatiladi va o’quv jarayonining muhim tashkiliy qismi hisoblanadi.
Talabalarning mustaqil ishlashga ko’nikmalar hosil qilish darajasiga qarab birinchi semestrdan boshlab semestrma-semestr mustaqil ish hajmini oshirib borish, oddiydan murakkabroq vazifalarga (amaliy mashg’ulotlarda faol qatnashish, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ish) o’tib borish, foydalanadigan mustaqil ish shakllarini kеngaytirib borish maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi hamma vaqt talaba tomonidan bajarilayotgan mustaqil ishga nisbatan ijodiy yondashuvni oshirib borishi hamda tanlagan mustaqil ish shakliga ilmiy- tadqiqot, amaliy tajribaning umumiy elеmentlarini faol qo’shib borishi lozim. Bu o’rinda asosiy masala - har bir talabani mustaqil o’qib-o’rganishini kuchaytirishdan iborat.
O’qituvchi doimo mustaqil ishni boshqarib borishi, uni tashkil etishda o’zibo’larchilikka yo’l qo’ymasligi, o’rnatilgan nazorat tizimini amalga oshirishi va o’qishning barcha bosqichlarida talabalarga xolisona yordam berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |