3.3. Mavzuni yoritishga bo’lgan talablar Kurs ishi grammatik xatolarsiz, ravon adabiy tilda yozilishi, so’z va jumlalar aniq ifodalanishi, ular mantiqan o’zaro bog’liq bo’lishi va bir-birini to’ldirib turishi kerak. Unda keltirilayotgan nаzаriy vа аmаliy malumotlar faqatgina illyustratsiya vazifasini o’tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularni isboti uchun xizmat qilishi lozim. Kurs ishida keltirilgan barcha faktlar va ma’lumotlarning aniqligi va haqqoniyligi uchun uning muallifi javobgardir.
Kurs ishiga qo’yiladigan muhim talablardan biri - ilmiy tadqiqotning talaba tomonidan mustaqil amalga oshirilishidir. Talaba tomonidan har xil manbalardan dalillar, аmаliy-statistik malumotlar, ilmiy risolalardan, mamlakat rahbari nutqlaridan sitatalar keltirish iloji boricha qisqa, grammatik nuqtai nazardan to’g’ri tuzilgan va ilmiy apparat bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
3.4. Kurs ishida qo’llaniladigan ilmiy apparat Kurs ishida ilmiy apparatdan foydalanish nashr etishga tayyorlanayotgan ilmiy ishlar talablariga javob berishi kerak.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba shu sohada mavjud bo’lgan va o’zi foydalangan boshqa ilmiy tadqiqotlardan, ma’lumotnomalardan foydalanganda quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim:
kurs ishini yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalardan dalil keltirish bir xil tartibda yoritilishi kerak;
matnda foydalanilgan manbalardan dalil keltirish sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuv yoki kvadrat qavs ichida foydalanilgan adabiyotlarda keltirilgan ro’yxat bo’yicha manba tartib raqamini va sahifasini ko’rsatish tarzida amalga oshirilishi mumkin;
sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar nomi qo’shtirnoqsiz yoziladi;
sahifa ostidagi izohnn 1.0 interval orqali amalga oshirilishi lozim.
4. Ilmiy adabiyotdan foydalanish Kurs ishini sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri tanlab olingan mavzu bo’yicha mavjud maxsus adabiyotlarni chuqur o’rganish hisoblanadi. Bunda ko’rib chiqilayotgan savollarga aloqador bo’lgan barcha asosiy masalalar to’plamini (rasmiy ma’lumotlarni, ilmiy asarlarni, darsliklarni, ilmiy maqolalar to’plamlarini, oynomalarda bosilgan maqolalarni, ilmiy anjumanlar materiallarini, statistik ma’lumotnomalarni) o’rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni o’rganish jarayonida asosiy e’tiborni birinchi navbatda maqola yoki kitobning kurs ishi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan qismlariga (boblarga, paragraflarga) qаrаtish kerak. Shu bilan birga kurs ishini yozish jarayonida kerak bo’lib qolishi mumkin bo’lgan savollarni tushirib qoldirmaslik maqsadida har bir o’rganilayotgan adabiyotni boshidan oxirigacha ko’z yugurtirib chiqish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlarni o’qish va o’rganish jarayonida kurs ishi bilan bog’liq bo’lgan savollardan parchalar ko’chirib olinishi mumkin. U holda har bir parchada uning manbasi va manbadagi sahifasi ko’rsatilgan bo’lishi shart. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida muallif o’z xulosalarini isbotlash uchun foydalangan tahlilning texnik usullarini (jadvallar, shakllar, statistik ma’lumotlarni guruhlarga bo’lish va hakozolarni) xotira uchun yozib qo’yishi maqsadga muvofiqdir, chunki ularning ba’zi-birlaridan kurs ishini yozish davomida foydalanish mumkin.
O’rganilayotgan adabiyotlardan ko’chirib olinayotgan parchalarni аlоhidа qog’ozning faqat bir tomoniga, yozuv uchun hoshiya qoldirgan holda yozib borish kerak bo’ladi. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida vujudga kelgan fikr va g’oyalarni shu ondayoq yozib qo’yish maqsadga muvofiqdir, chunki хayolga kelgan kerakli fikr boshqa qaytib kelmasligi mumkin.
Kurs ishini talab darajasida yozish uchun ko’p miqdordagi adabiyotni ko’rib chiqish va o’rganish talab qilinganligi sababli parchalar shaklida to’plangan ma’lumotlarni tartibga solib turish lozim. Bunday tartibga solish turlaridan biri quyidagicha bo’lishi mumkin. har bir parcha ma’lum bir raqam bilan belgilab ko’yiladi. Masalan, «1,2» raqami parchadan kurs ishining 1-chi bo’limi 2-chi paragrafini yozish davomida foydalaniladi degan ma’noni bildiradi. Yig’ilgan ma’lumotlarni har bir paragraf ichida yoritiladigan savollar bo’yicha ham tartibga solish maqsadga muvofiqdir.
Agar adabiyotlar manbalari bilan ishlash talaba tomonidan oqilona amalga oshirilsa, u qaysi savollar bo’yicha qanday ilmiy-amaliy ma’lumotlar to’plash kerakligini va bu ma’lumotlarni qaysi yo’nalishda qayta ishlash va tahlil qilish kerakligini yaxshi bilgan bo’ladi.