7-labоratоriya mashg‟ulоti
Mavzu: Pichan basillasining elektiv kul‟turasini tayyorlash
va mikroskopda kuzatish
Ishning maqsadi:
Pichan basillasining
sof undirmasini tayyorlash va
pichan basillalarini mikroskopda kuzatish
Kerakli asbob va reaktivlar
: quruq pichan, tarozi, bitta katta va bir nechta
kichik kolbalar, elektr plitka, oq bo‗r, termostat, mikroskop, kedr moyi, buyum
oynasi, qoplagich oyna, bakterial ilmoq, sil-karbol fuksini va sinka bo‗yoqlari,
filtr qogʼoz, pichan batsillasining 1,2,3 va 4 kunlik elektiv kulturasi, 5 % li
xromat kislota, spirt lampa, 5 % li sulfat kislota, termostat.
Nazariy ma‟lumot:
Sof undirma (elektiv kultura) - mikroblar to‗plamidan bir turga kiruvchi
mikroorganizmlarni
ajratib
olish
hisoblanadi.
Bunda
bir
necha
xil
mikroorganizmlar aralashmasidan bir turning rivojlanishi taʼminlanadi. Sof
undirmani ajratish mikrobiologik tekshirishlarning asosiy bosqichlaridan
hisoblanadi. Sof undirma tayyorlashdan oldin tekshiriladigan organizmning
yashash va rivojlanish sharoitini o‗rganish lozim.
Pichan batsillasi (Basillus subtilus)ning sof undirmasini tayyorlash uchun
aerob (kislorodli) sharoit bo‗lishi zarur. Bu batsilla geterotrof bo‗lganligi sababli
yetarlicha miqdorda organik oziq ham bo‗lishi kerak. Bunday sharoitda
ko‗pchilik mikroorganizmlarning yashashi va rivojlanishi ancha qulay bo‗ladi.
Pichan batsillasining sporalari 2 soat qaynatilganda ham o‗z hayot faoliyatini
saqlab qoladi. Lekin spora hosil qilmaydigan bakteriyalarning hammasi eritma
qaynatilganda nobud boʼladi.
34
Ishning borish tartibi:
Pichan batsillasining sof undirmasi quyidagicha tayyorlanadi:
1.
10-15 g maydalangan quruq pichan hajmi 200-300 ml bo‗lgan suvli
kolbaga solinib, 30 daqiqa qaynatiladi.
2.
Aralashmani neytrallash uchun unga 1-2 g maydalangan bo‗r qo‗shiladi.
Аralashma qaynatilganda pichan tarkibidagi organik moddalar eritmaga o‗tadi va
sporadan o‗sib chiqqan batsilla uchun oziq bo‗ladi.
3.
Keyin qaynatilgan suyuqlik 3 ta toza kolbaga 1-2 sm
3
qalinlikda quyib
olinadi.
4.
Kolbalarning ogʼzi paxtadan qilingan tiqin bilan berkitiladi va +30
°
C
termostatada 1-4 kun saqlanadi va undan preparat tayyorlanib mikroskopda
tekshiriladi. Kolbada qolgan pichan qaynatmasida pichan batsillalarning sporasi
bo‗ladi.
5.
Termostatda bir kun turgan pichan qaynatmasidan sterillangan bakterial
ilmoqda bir tomchi olinib, osma yoki ezilgan tomchi usulida preparat
tayyorlanadi.
6.
Bu preparat mikroskopda kuzatilganda sporadan o‗sib chiqqan
harakatchan batsillalar ko‗rinadi. Ularning butun tanasi xivchinlar bilan o‗ralgan
bo‗ladi.
Pichan qaynatmasi ikki kun saqlanganda so‗ng unda havoning kamayishi va
oziq moddalarning yetishmasligi natijasida harakatchan batsillalar xivchinini
tashlab, harakatsiz holatga o‗tadi va tezlik bilan bo‗lina boshlaydi. Batsillalarning
bo‗linishi natijasida koloniyalar hosil bo‗ladi, har qaysi hujayra o‗zidan
shilimshiq modda chiqaradi. Bu shilimshiq bakteriyalarning koloniyasi zoogleya
deb ataladi. Zoogleya suyuqlik yuzasida yupqa parda shaklida bo‗ladi. Zoogleya
ichidagi batsillalarni ko‗rish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish talab etiladi:
1.
Buning uchun bakterial ilmoq yordamida suyuqlik yuzasidagi pardaning
ozginasi buyum oynasiga surtiladi va ochiq havoda quritiladi.
2.
Quritilgan preparat fiksatsiya qilinadi va undan so‗ng fuksin yoki sinka
bilan bo‗yalib, mikropkopning 8x va 40x li obektivlari orqali kuzatiladi. Bunda
preparatada bir-biriga ulangan ip shaklidagi hujayralar ko‗rinadi.
3.
So‗ngra bir necha kun saqlangan pichan batsillasi kulturasidan surtma
tayyorlanadi va fiksatsiya qilinadi, ustiga 5% li xromat kislota tomizilib, 5 daqiqa
davomida bo‗yaladi.
4.
Xromat kislota suv bilan yuvib tashlanadi, so‗ngra preparatning ustiga
sil-karbol fuksini bo‗yogʼidan tomiziladi va bo‗yoqni bugʼlantirish uchun spirt
lampa alangasi ustida 5 daqiqa tutib turiladi.
5.
Bunda bo‗yoq qurib qolmasligi kerak, agar qurib qolsa yana bo‗yoq
qo‗shib turiladi.
6.
Shundan keyin preparatdagi bo‗yoq suv bilan yuvilib, ustiga 5% H
2
SO
4
tomiziladi, oradan 10-15 soniya o‗tishi bilan kislota yuvib tashlanadi.
7.
So‗ngra preparat ustiga 2-3 tomchi Lyoffler sinkasi tomizilib, 2 daqiqa
o‗tgandan so‗ng u ham yuvib tashdanadi.
8.
Preparatda qolgan suv tomchilari filtr qogʼozi bilan shimdirib olinadi.
35
Shu tartibda tayyorlangan prepart ustiga bir tomchi kedr moyi tomizilib,
mikroskopning quruq va immersion sistemalari orqali qaraladi. Bunda
preparatdagi sporalar pushti, vegetativ hujayralar esa havo rangga bo‗yalganligi
kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |