“06” “maydagi” 2020 yil 8-sonli majlis
bayonomasi
).
Mazkur o‗quv qo‗llanma Toshken viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Kengashi majlisida muhokama qilindi va Oliy va o‘rta-maxsus, kasb hunar ta‘limi ilmiy-
uslubiy va o‘quv-usubiy birlashmalari faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya
qilindi (
“01” “майдаги” 2020 yil 15-sonli majlis bayonomasi
).
3
Кirish
Mikroorganizmlar dunyosi hayotning ko‗zga ko‗rinmas tiriklik shakli
hisoblanib, yer yuzida juda keng tarqalgan va inson hayotida katta ahamiyatga
ega. Ularning shakli tayoqchasimon, sharsimon, buralgan vibrionsimon,
spiralsimon bo‗lib, 4 xil: ya‘ni suv, havo, tuproq va tirik organizmlar kabi
muhitlarda hayot kechirib, yer yuzida modda va energiyaning davriy aylanishida
juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mihitlarning har birida o‗ziga xos
mikroorganizmlar guruhi tarqalgan bo‗lib, ular o‗zaro va shu muhitda hayot
kechirayotgan organizmlarga ijobiy va salbiy ta‘sir qilish xususiyatiga ega. Misol
tariqasida oladigan bo‗lsak, yuqorida sanab o‗tilgan muhitlardan biri bo‗lgan
tuproq,
mikroorganizmlar
keng
tarqalgan
muhit
hisoblanib,
bu
mikroorganizmlarning faoliyati tufayli tuproq unumdorligini yaxshilash,
o‗simliklarni turli kasalliklardan himoya qilish, mineral o‗g‘itlar ishlatishni
kamaytirish kabi muhammolarni hal qilinishida foydalanish mumkin.
Yuqoridagilarni e‘tiborga olib pedagogik OTMlarining 5110400-Biologiya
o‗qitish metodikasi ta‘lim yo‗nalishi o‗quv rejasiga kiritilgan ―Umumiy
mikrobiologiya‖ fani uchun, asosan laboratoriya ishlarini bajarish uchun bugungi
kungacha o‗zbek tilida o‗quv adabiyotlarning mavjud emasligi talabalarga bir
qator qiyinchiliklarning paydo bo‗lishiga olib kelmoqda. Bu muammo ushbu kurs
bo‗yicha o‗zbek tilida o‗quv adabiyotlarini tayyorlashini talab etadi. Shuning
uchun ushbu tayyorlangan o‗quv adabiyoti o‗z vaqtida tayyorlangan va talabalar
biliminining chuqur bo‗lishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‗quv qo‗llanma biologiya o‗qitish metodikasi ta‘lim yo‗nalishi
bakalavr talabalari uchun tayyorlangan bo‗lib, qo‗llanmaning birinchi qismida
talabalar mikroorganizmlar haqida to‗liqroq ma‘lumotga ega bo‗lishi uchun
mikroorganizmlar tuzilishi va turlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan bo‗lsa,
ikkinchi qismida esa mikrobiologik tadqiqotlar uchun zarur bo‗lgan asbob-
uskunalarning tuzilishi va ishlash mexanizmi, sterillash usullari, ozuqa muhitlari
va ularni tayyorlash, namunalarni olish, mikrobiologik tadqiqotlar uchun
tayyorlash, ozuqa muhitiga ekish texnikasi, mikroorganizmlar sonini aniqlash,
ularning boshqa mikroorganizmlarga antogonistik ta‘siri, o‗simliklarga salbiy va
ijobiy ta‘siri, toza kultura olish va ularning tahlili, mikroorganiz hujayrasini Gram
usulida bo‗yash orqali identifikatsiya qilish, mikroorganizmlar kulturasini saqlash
kabilar kiritilgan bo‗lib, bu talabalarning amaliy ishlarini sifatli bajarilishida va
chuqur bilim olishiga ko‗maklashadi. Bundan tashqari bajariladigan har bir ishga
alohida yondashilgan bo‗lib, dastlab ishning maqsadi, ish uchun zarur asbob-
uskunalar va reaktivlar berilgan bo‗lib, bu ishni bajarishdan avval fan
o‗qituvchisiga hamda talabaga ish uchun zarur bo‗lgan ashyolarni tayyorlab olish
imkonin beradi. Ishni boshlashdan avval bеrilgan nazariy ma‘lumotlar talabaning
ushbu mashg‘ulot uchun zarur nazariy tushunchalar olishiga yordam beradi, bu
o‗z navbatida talabalarning bilimini oshirilishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Shu bilan
bir qatorda ishning bajarish tartibi keltirilgan hamda ishning so‗ngida keltirilgan
4
savol va topshiriqlar talabaning ushbu ish bo‗yicha olgan bilimi va xulosalarini
umumlashtirishga ko‗maklashadi.
Ushbu o‗quv qo‗llanmani tayyorlashda o‗quv adabiyotlar tayyorlashga
qo‗yilgan zamonaviy tendensiyalarga amal qilingan holda, mamlakatimizda
mikrobiologiya yo‗nalishida tayyorlangan, jumladan: Vahobov A.H. va bosh.
―Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya mashg‗ulotlari uchun o‗quv qo‗llanma
(lotincha)‖ (―Universitet‖ nashriyoti, 2009 y.) kabi o‗zbekt tilidagi hamda xorijiy
oliy ta‘lim muassasalarida Zvyaginsev D.G. i drug., ―Biologiya pochv: Uchebnik.
-3-ye izd., ispr. i dop.‖ (Izd-vo MGU, 2005.) kabi bir qator tayyorlangan o‗quv
adabiyotlardan foydalanildi.
Shu
bilan bir qatorda ushbu o‗quv qo‗llanma mualliflar va
mutaxassislarning fikr mulohazalari asosida tayyorlangan bo‗lib, unda mavjud
xato va kamchiliklarni tuzatish uchun bildirilgan fikrlar uchun mualliflar jamoasi
o‗z minnatdorchiligi bildiradi.
|