7
1.4. Mikroorganizmlarda modda almashinuvi
Mikroorganizmlarda amalga oshadigan konstruktiv va energetik jarayonlar
ko`p qirraliligi bilan ajralib turadi. Konstruktiv modda almashinuvida
foydalaniladigan uglerod birikmalariga ko`ra mikroorganizmlar avtotrof va
getgerotroflarga ajratiladi. Geterotroflarning asosiy qismini saprofitlar tashkil
qiladi.
Azot
birikmalarining
o`zlashtirilishida
mikroorganizmlarning
imkoniyatlari keng namoyon bo`ladi. Mikroorganizmlar orasida molekular azotni
o`zlashtiruvchilar, tayyor aminokislotalarga muhtoj bo`lganlar va azotni
anorganik birikmalardan o`zlashtiruvchilari bor. Fosfor, oltingugurt kabi
elementlarni mikroorganizmlar fosfat, sulfat va qaytarilgan oltingugurt
birikmalaridan oladi. Mikroorganizmlar amalga oshiradigan energetik jarayonlar
orasida fotosintez, bijg`ish, aerob va anaerob nafas olishlar ajratiladi.
1.5. Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati
Tabiatdagi ekologik sistemalarning butunligini ta'minlovchi muhim
omillardan
biri
mikroorganizmlar
yig`indisidir.
Ma'lum
sharoitlarda
mikroorganizmlar yagona hayot shakli bo`lishi mumkin. Evolutsiya davomida
ular orasida turli tipdagi munosabatlar takomillashib borgan (simbioz, mutualizm,
parazitizm va hokazo).
Yerdagi bo`lib o`tadigan moddalar aylanishida mikroorganizmlar faol
ishtirok etadi. Turli organik birikmalarni o`zlashtirib, CO va CO
2
ni yutib, metan
hosil qilib va o`zlashtirib, ular uglerod aylanishida faol ishtirok etadi. Molekular
azotni o`zlashtirib, ammiak va nitritlarni oksidlab, denitrifikatsiyani amalga
oshiradi. Ular tabiatdagi azot aylanishini ta'minlaydi, qaytarilgan oltingugurt
birikmalarini oksidlab va oksidlangan birikmalarni qaytarib oltingugurt
aylanishini amalga oshiradi. Ba'zi mikroorganizmlar inson va o`zga
organizmlarda kasalliklar chaqiradi, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, binolar,
truboprovodlar, metallkonstruksiyalarining chirishiga olib keladi. Bakteriya va
zamburug`lar yordamida non, vino, pivo, kvas, turli sut mahsulotlari, atseton,
butanol, sirka, limon kislotasi, vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar va hokazolar
olinadi. Mikroorganizmlarning amaliy ahamiyati beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: