Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

Ishning borish tartibi: 
1.
Bu mashgʼulotni o‗tkazish uchun avval 3-5 g quruq achitqiga shakarning 
10% li eritmasidan 10 ml qoʼshib, hovonchada eziladi (eritiladi) va 40-60 daqiqa 
tindiriladi.
2.
So‗ngra 100 ml hajmli kolbaga 50 ml quyib unga oldin tayyorlab 
qo‗yilgan achitqi-shakar aralashmasidan qo‗shiladi. 
3.
Kolbaning ogʼzi egri shisha nay o‗rnatilgan kauchik tiqin bilan mahkam 
berkitiladi. Bijgʼish jarayoni faol o‗tishi uchun kolba 30-35
o
C li issiqlikdagi suv 
hammomiga joylashtiriladi.


57 
4.
Nayning ikkinchi uchiga suv to‗ldirilgan probirka to‗nkarib kiygizilib, 
suvli idishga botirib qo‗yiladi.
5.
Oradan 20-30 daqiqa oʼtgach, bijgʼish jarayonida ajralib chiqayotgan 
karbonat angidrid (CO
2
) probirkaga to‗planadi.
6.
Keyin probirkaning ogʼzi barmoq bilan berkitilib, pastga qaratilgan 
holda barmoq olinadi va darhol 10% li ishqor quyilgan stakanga botirib qo‗yiladi.
7.
Probirkadagi CO
2
gazi ishqor bilan reaktsiyaga kirishadi va undagi gaz 
o‗rnini ishqor oladi, yaʼni probirkani to‗ldiradi.
8.
Аyni vaqtda kolbadan ajralib chiqayotgan gaz ikkinchi probirkaga yigʼib 
olinadi va u yonishga yordam bermasligi aniqlanadi. 
Аchitqi zamburugʼlarini mikroskopda ko‗rish uchun pivo achitqisidan 
foydalanish mumkin. Аgar pivo achitqisi bo‗lmasa, quruq achitqi (xamirturush) 
suvda eritiladi. Shu tartibda tayyorlangan eritmadan buyum oynasiga bir tomchi 
tomizilib, usti qoplagich oyna bilan yopiladi.
Preparatda kurtaklanish yo‗li bilan ko‗payayotgan achitqi zamburug‘i 
(
Saccharomyces cerevisiae
) borligi ko‗zga tashlanadi. U oval shaklda bo‗ladi. 
Shu preparatning oʼzida boshqa shakldagi zamburugʼlarni ham koʼrish mumkin.
Zamburugʼlar tarkibida hayvon kraxmali – glikogen to‗planadi. Uni 
aniqlash uchun preparatga yod eritmasidan tomiziladi. Yod taʼsirida glikogen 
qizgʼish-qo‗ngʼir rangga kiradi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin