Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

 Nazorat savollari: 
1.
Konsetratsiyasiga ko‗ra ozuqa muhitlarning qanday turlarg bo‗linadi? 
2.
Qattiq ozuqa muhiiti qanday tayyorlanishini izohlab bering? 
3.
Bakteriyalarning turlarini aniqlashda va ularni bir-biridan ajratishda 
qanday ozuqa muhiti ishlatiladi?
4.
Go‘sht peptonli jelatina qanday tayyorlanadi? 
5.
Go‘shtli pepton agari ozuqa muhiti qanday tayyorlanadi? 


56 
16-labоratоriya mashg‟ulоti 
Mavzu: Spirtli bijg‟ish jarayoni va unda ishtirok etuvchi 
mikroorganizmlarni o„rganish 
Ishning maqsadi
: Spirtli bijg‘ish jarayoni va unda ishtirok etuvchi 
mikroorganizmlarni o‗rganish. 
Аsbob-uskunalar
: kolbalar, egri shisha nay o‗rnatilgan kauchikli tiqin, 
bakterial ilmoq, vannacha, narvoncha, buyum va qoplagich oynalar, spirt 
lampasi, kolbada vodoprovod suvi, shisha tayoqchalar, gentsian violet bo‗yogʼi 
shimdirilgan filtr qogʼozi, aichtqi, pivo achitqisi, shakarning 10% li eritmasi, 
ishqorning 10% li eritmasi, yod eritmasi, suv hammomi, hovoncha, termometr, 
mikroskop, immertsiya moyi, toluol. 
Nazariy ma‟lumot: 
Bijg‗ish – oksidlanish va qaytarilish jarayoni bo‗lib, ATF hosil bo‗lishiga 
olib keladi. Bijg‗ishda vodorodni donori va akseptori rolini (yoki ularga to‗g‘ri 
keladigan elektronlarni) odatda bijg‗ish jarayonida hosil bo‗ladigan organik 
birikmalar o‗ynaydi. Demak, bijg‘ish ichki oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. 
Bijg‘ishda substrat oxirgi mahsulotgacha parchalanadi, ularni bijg‘ishda hosil
bo‗ladigan moddalarini summasi xuddi bijg‘iydigan moddalarni oksidlanish 
darajasidagidek bo‗ladi. Hosil bo‗lgan mahsulotlar juda ham oksidlanmagan va 
juda ham qaytarilmagan bo‗lishi kerak. Ko‗pincha bijg‗ish jarayonida 
mikroorganizmlar uglevodlarni va boshqa moddalarni (organik kislotalar, 
aminokislotalar, purinlar va pirimidinlarni) ishlatadi. Bijg‘ishda ATF hosil 
bo‗lishi substratni fosforirlanishi yo‗li bilan boradi. Bijg‘ish jarayoni obligat 
anaerob yoki faqat anaerob sharoitda boradi. Pasterning tasdiqlashicha, bijg‘ish 
– kislorodsiz hayotdir. Hozirgi dunyo qarash bo‗yicha tirik organizmlar Yer 
atmosferasida hali kislorod paydo bo‗lmasdan avvalhosil bo‗lgan, shuning 
uchun ham bijg‘ishni eng sodda biologik oksidlanish deb qarab, kerakli 
energiyani ozuqa moddalardan anaerob sharoitda olgan. 
Hozirgi kunda bijg‘ishni juda ko‗p tiplari mavjud bo‗lib, bu jarayonni 
oraliq mahsulot sifatida hosil bo‗lgan organic modda nomi bilan nomlanadi, 
jumladan, spirtli bijg‘ish, sut kislotali bijg‘ish kabilar. Har bir bijg‘ish tipi ayrim 
guruh mikroorganizmlar tomonidan amalga oshirilib spesifik mahsulotlar hosil 
bo‗ladi. Bijg‘ishni ko‗p turlari xalq xo‗jaligida katta ahamiyatga egadir. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin