64
Ishning borish tartibi:
1.
Bu mashgʼulotni o‗tkazish uchun 4 ta konussimon kolba olinib, ularning
har qaysisiga 50 ml dan pivo quyiladi va ichida 2 g shakar eritiladi.
2.
Birinchi va ikkinchi kolbalarga tegilmaydi.
3.
Uchinchi kolbadagi eritmaniki 20 % yetguncha sirka kislota qo‗shiladi.
Birinchi va uchinchi kolbalar + 30
o
C termostatda, ikkinchi va to‗rtinchi kolbalar
esa xona haroratida saqlanadi.
4.
Kolbalardagi eritmalarning kislotalilik darajasi va harorati bir hilda
bo‗lmasligi sababli sirka kislotali bijgʼish turi rivojlanadi.
Bu bakteriyalar ular tomonidan hosil qilingan pardalarning o‗sish xiliga
qarab, bir-biridan farq qiladi:
1. Аtsetobakter atseti (
Acetobakter aceti
) nomli bakteriyalar shilimshiqqa
o‗xshash silliq parda hosil qiladi. Ularning pardasi kolba devoriga ko‗tariladi va
yod taʼsirida sargʼayadi.
2. Аtsetobakter ransens (
Acetobakter rancens
) nomli bakteriyalar sernam
parda hosil qiladi. Ularning pardasi ham kolba devoriga ko‗tariladi va yod
taʼsirida sargʼayadi.
3. Аtsetobakter pasterianum (
Acetobakter
pasteurianum
)
nomli
bakteriyalarning pardasi quruq va gʼadur-budir bo‗lib, yod taʼsirida ko‗karadi.
4. Аtsetobakter kutzingianum (
Acetobakter kutzingianum
) nomli
bakteriyalarning pardasi shilimshiqsimon silliq bo‗ladi, kolba devoriga yopishib
ko‗tariladi va yod taʼsirida ko‗karadi.
Bakteriyalar pardasining oʼsish shakli va yod taʼsirida bo‗yalishi
tekshiriladi:
1.
Eritmada sirka kislota bor-yo‗qligi aniqlanadi.
2.
Buning uchun kolbadan olingan suyuqlik soda kristallari biln
neytrallanadi va ustiga FeCl
3
tuzi eritmasi quyiladi, natijada eritma qizgʼish-
qo‗ng‘ir rangga kiradi.
3.
Eritmaning rangi bunday o‗zgarishi tarkibida sirka kislota borligidan
dalolat beradi. Bakteriyalarning kolba devoriga yopishgan pardasidan kichik
bo‗lakcha olib surtma tayyorlanadi.
4.
U spirt lampasida fiksatsiya qilingandan keyin fuksin bilan bo‗yalib,
so‗ngra mikroskopda kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: