63
Ishning borish tartibi:
Aerob selluloza parchalovchi bakteriyalar bilan tanishish maqsadida
"ezilgan tomchi" preparati tayyorlanadi. Buning uchun quyidagi ishlar bajarish
talab etiladi:
1.
Getchinson va Kleyton ozuqa muhitiga shpatel yordamida tuproq
namunasi ekiladi va paxta tiqini yopilib, 28-30°C da bir hafta davomida
termostatga inkubatsiya qilinadi;
2.
Buyum oynasiga bir tomchi metilen ko‗kining suvli eritmasidan
tomiziladi, hamda ozuqa muhitiga solingan filtr qog‘ozining suyuqlik va havo
orasidagi qo‗ng‘irlashgan filtr qog‘oz kesmasidan shilimshiqlashgan qismidan
bakteriologik ilmoq yordamida qirib namuna olinib, metilen ko‘kiga
aralashtiriladi;
3.
Ustiga qoplag‘ich oyna yopilib, immersion moy tomiziladi va
mikroskopning ×90 obyektivda, immersion sistemada kuzatiladi;
4.
Bunda chirigan qog‘ozning tolalarini, alohida-alohida bakterial
hujayralarni va yumaloq sistalarni ko‘rish mumkin.
Nazorat savollari:
1.
Kletchatkaning parchalanishida qanday mikroorganizmlar ishtirok etadi?
2.
Sellulozani parchalovchi mikroorganizmlar qanday fermantlar ajratadi?
3.
Sellulozaning aerob parchalanishi asosan qanday mikroorganizmlar
ishtirok etadi?
4.
Miksobakteriyalar qanday xususiyatlariga qarab sistematik guruhlarga
birlashtiriladi?
20-labоratоriya mashg‟ulоti
Mavzu: Sirka kislotali bijg‟ish jarayonini qo„zg‟atuvchi tirik
organizmlarni aniqlash
Ishning maqsadi:
Sirka kislotali bijg‘ituvchi mikroorganizmlarning
morfologik tuzilishi bilan tanishish.
Аsbob va uskunalar:
konussimon kolbalar, pivo, shakar, yod eritmasi,
FeCl
3
tuzi eritmasi, eritmani neytrallash uchun kristal soda, filtr qogʼozi,
immersiya moyi, toluol, fuktsin, spirt lampasi, mikroskop.
Dostları ilə paylaş: