Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: 
Odam va hayvon virus 
kasallik alomatlari simptomlar haqida ma‘lumot beruvch plakatlar, jadvallar, 
broshyralar, xujjatli filmlar va hok. 
Nazariy ma‟lumot: 
Gripp virusining va xususiyatlari hamda tarqalishi
: aksirganda, 
yo‗talganda va gapirganda havoda tarqaladigan suyuqlik tomchilari orqali bo‗ladi 
(22-rasm). Gripp virusi – bronxit, plevrit kabi ―ikkilamchi kasalliklarga‖ yo‗l 
ochib beradi.
Morfologik va kultural xususiyatlari
. Gripp virusi sharsimon shaklli
tovuq embrionida va to‗qimalar kulturasida o‗sadi. 
Antigenlik xususiyatlari va tipi. 
Antigenlik xususiyatiga ko‗ra gripp 
virusi 
4 tipga (A, B, C, D
) bo‗linadi. Gripp virusining antigeni eruvchan 
xususiyatga ega. Bu antigen uzoq saqlanadi, u 100ºC da parchalanib ketadi (Y. 
Ahmadjonov, 1964). Bu antigen ribonukleoproteiddan iborat bo‗lib, virusning 
tipiga spetsifikdir, lekin virusning antigenlik xususiyati o‗zgarib turadi. Agar
gripp virusini kuchsizlantirib, u bilan immunizatsiya qilinsa, organizmda immun 
modda - antitelolar hosil bo‗ladi. Immun modda kasallik natijasida virusning 
eriydigan qismi - antigeniga qarshi hosil bo‗ladi. 
Toksigenligi
.
 
Gripp virusining zaharli moddasi borligi hayvonlarda sinab 
aniqlangan. Virusni quyon yoki dengiz cho‗chqasining ko‗ziga kiritilsa, toksin 
ta‘sirida ko‗zda 
keratit 
paydo bo‗ladi. Agar gripp virusini tuxum embrionida 


76 
o‗stirib, allantois suyuqligidan sichqonga qon tomiridan va miyasiga kiritilsa, 
sichqon 24 soatda zaharlanib o‗ladi. 
Gripp virusining zaharli moddasi gripp kasalligining boshlang‘ich davrida 
odam qonida ham topiladi. Bu zaharli modda virus zarrasining xususiyatiga 
bog‘liqdir. Virusning tiplariga ko‗ra, uning zaharli moddasi ham har xil bo‗ladi, 
ular o‗ziga mos keladigan immunmoddali (gomologik) qon zardobi bilan 
neytrallanadi. 
Gripp virusining toksini gripp kasalligidan tuzalganlarning qon zardobi 
bilan neytrallanadi. 
Chidamliligi.
Gripp virusi chidamsiz bo‗lib, uy temperaturasida bir necha 
soatda o‗ladi. Muzlatilgan holda bu virus virulentligini bir necha oylab saqlaydi. 
Liofil usulda vakuumda quritilib, past temperaturada saqlansa, bu virus bir necha 
yilgacha tirik qoladi. 65 
°
C da gripp virusi 5-10 minutdan
so‗ng halok bo‗ladi. 
Ishqoriy va nordon
muhitga, efir ta‘siriga hamda dezinfeksiya qiluvchi 
moddalarga chidamsizdir. Ultra binafsha nur, ultratovush ta‘sirlariga sezgirdir, 
glitserinda bir qancha oy saqlanishi mumkin. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin