15
mikroorganizm nomi va ekish vaqtini yaxshilab yozish zarur.
Ekish uchun olinadigan mikroorganizm hujayralari bakteriologik ilmoq
yoki igna bilan olinadi (10-rasm), agar mikroorganizm qattiq ozuqa muhitida
o‗stirilgan bo‗lsa. Agar mikroorganizm suyuq ozuqa muhitida o‗stirilgan bo‗lsa,
uni ilmoq bilan emas balki sterillangan pipetka yordamida ekish qulay
hisoblanadi. Bakteriologik ilmoq va ignani yupqa volfram yoki nixromdan
yasaladi va metal yoki shisha dastakka mahkamlanadi. Bakteriologik ilmoq uchki
ilmog‘ining diametri 4-5 mm bo‗ladi.
Bakteriologik ilmoq (igna) yordamida mikroorganizm hujayrasini olish
uchun, uni sterillash zarur. Buning uchun ilmoq olovda laqqa cho‗g‘ rangiga
kirguncha qizdiriladi va ilmoq dastagining yarmigacha olovda qizdirib olinadi,
chunki u mikroorgaznizm ekilgan idishga kiritiladi. Ilmoqni gaz gorelkasi olovida
deyarli vertikal holatda ushlab turishni talab etadi. Shuni esda saqlash zarurki, gaz
garelkasi alangasining eng yuqori harorati uning uchki va markazdan chetki
qismida shakllanadi (11-rasm), shuning uchun ilmoqni to‗liq gaz gorelkasiga
tushirish tavsiya etilmaydi.
10-rasm. Bakteriologik ilmoq
(1) va bakteriologik igna (2).
11-rasm. Gaz garelkasi
Dostları ilə paylaş: