Anaerostat - bu qalin davorga ega bo‗lgan metalldan yasalgan, og‘zi
germetik qopqoq bilan yopiluvchi, monometr va ikkita jumrakdan iborat idish
hisoblanadi. Ulardan biri havoni so‗rib olish uchun qo‗llanilsa, ikkinchisi esa inert
gazlar (argon, azot, vodorod, geliy) bilan to‗ldirishda ishlatiladi. Anaerostat uzoq
muddat vakuum sharoitini saqlaydi va u anaerob mikroorganizmlarni ko‗paytrish
va tozalashni osonlashtiradi, mikroorganimzlar odatda Petri chashkasi va
probirkalarda o‗stiriladi. Kulturalar joylashtirilgandan so‗ng anaerostat germetik
tarzda yopiladi va havosi so‗rib olinib, 15-20 mm ga tenglashtiriladi. Undan so‗ng
anaerostat ma‘lum gaz bilan to‗ldidriladi yoki to‗ldirilmagan holatda ma‘lum
haroratda ushlab turish maqsadida termostatga joylashtiriladi. Har kuni anaerostat
monometri nazorat qilib borilishi va zarur bo‗lgan taqdirda uning havosi so‗rib
olinishi kerak bo‗ladi.
Kislorod miqdorini nazorat qilish uchun anaerostat devorida joylashtirilgan
shishа trubkada ornatilgan maxsus indikatorlardan foydalaniladi.
Ayrim hollarda anaerostat o‗rnida vakum eksikatordan foydalanish
mumkin, ammo u manometr bilan jihozlanmagan, ammo vakumni bu hodisada
birgina kislorod indikatori yordamida nazorat qilish mumkin.
Germaniya va bir qator davlatlarda anaerob bakteriyalarni ko‗paytirish
uchun anaerob termostatlar ishlab chiqariladi, unda harorat 30-70°C hamda
naytral kislorodsiz atmosfera sharoiti yaratiladi.
Sovutgichlar. Odatda laboratoriyalarda maishiy xo‗jalik muzlatgichlari
ishlatiladi, ammo ilmiy tadqiqot ishlari uchun isitish va sovutish sistemasiga ega
bo‗lgan SR-114 Labor kabi maxsus qurilma zarur bo‗lib, bu zarur harorat rejimini
tez va aniq ushlab turish imkoniyatini beradi. Laboratoriya sovutgichlari haroratni
4-5°C oralig‗ida ushlab turadi va ular keng miqyosda qo‗llaniladi. Ularda tayyor
va sterillanmagan ozuqa muhitlarini (bir sutkadan ortiq bo‗lmagan muddatda),
tekshirish uchun yig‗ilgan tuproq, go‗ng va o‗simlik namunalari saqlanishi
mumkin. Yig‘ilgan bunday namunalarning mikrobiologik analizi tez muddatlarda
o‗tkazilishi zarur, chunki ularning mikroflorasi son va sifat jihatdan o‗zgarishi
mumkin.
Mikroorganizmlar kulturalarini alohida sovutgichda (5°C), namlik bilan
zararlanishini oldini olgan holda saqlanishi zarur. Uchuvchan moddalar va gazlar
13
solingan idishlar germetik holatda yopilgan bo‗lishi zarur. Oziq ovqat
mahsulotlarining mikrobiologik laboratoriyada saqlanishi mutlaqo ta‘qiqlanadi.