Filtrlash
yordamida
sterillash.
Filtrlash
yordamida
vitaminlar,
aminokslotalar (sistein va sistin), oqsillar, uglevodlar antibiotiklar kabi bir qator
yuqori harororatda tez parchalanuvchi va uchuvchi tarkibga ega bo‗lgan ozuqa
muhitlar hamda mikroorganizm kultural suyuqliklar sterillanadi. Suyuqliklar
kichik porali meteriallardan iborat bo‗lgan filtrlar yordamida o‗tkazilsa,
mikroorganizm hujayralari esa oson adsorbtsiyalabuvchi materiallar: azbest,
selluloza, farfor, kaolin va boshqalardan iborat bo‗lgan filtrlardan o‗tkaziladi.
Sterillovchi filtrlarning poralari nazariy jihatdan 0,20 mkm dan oshmaydi.
Mikrobiologiya amaliyotida keng qo‗llaniladigan filtrlar bu – membranali filtrlar
bo‗lib, ularning poralar o‗lchamiga qarab turli sterillash va filtrlashda qo‗llaniladi.
Azbest va sellulozadan iborat bo‗lgan disklar Zeyts filtrida ishlatiladi.
Ularga poralar o‗lchamiga ko‗ra turli indekslar qo‗yiladi.
Membranali filtrlar 1 atmda 15 daqiqa davomida yoki qaynatish orqali
sterillanadi.
Shisha idishlarni sterillash. Laboratoriyada ishlatiladigan shisha idishlar
issiq quruq havo yordamida 180 °C dan yuqori bo‗lmagan haroratda 1-3 soat
19
davomida sterillanadi. Bunday haroratda mikroorganizmning vegetativ hujayralari
va sporalari nobud bo‗ladi.
Sterillash avtomatik ravishda haroratni ushlab turuvchi maxsus
sterilizatorlar yoki quritish shkaflarida hamda belgilangan haroratda amalga
oshiriladi (2-jadval).
Sterillanadigan shisha idishlar sterillashdan avval yaxshilab yuvilib,
sterillashdan so‗ng yana mikroorganizmlar bilan ifloslanmasligi uchun qog‘oz
bilan o‗ralishi shart. Undan so‗ng quritish shkaflariga sterillanadigan ididshlar
tig‘iz bo‗lmagan holatda havo oqimi yaxshi aylanadigan holatda qilib
joylashtiriladi.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |