kolba, probirkalar, Petri likopchasi, steril suv, termostat, mikroskop, kedr moyi,
buyum oynasi, qoplagich oyna, bakterial ilmoq, fuksin, filtr qogʼoz, spirt lampa,
Petri chashkasida amalga oshiriladi. Buning uchun bitta usul bir qator tuproq
mikroorganizmlari: bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar va achitqilarni
aniqlashda qo‗llaniladi. Ozuqa muhiti tagiga yoki qatlamiga ekish kam hollarda
ekishni tavsiya qiladi. Bunday holatda 1 ml tuproq suspenziyasi chashkaga
solingan va qotmagan agarga solib aylantiriladi va uning bir tekisda qotishi uchun
tekis yuzaga qo‗yiladi. Bunday usul shpatel yordamida tuproq suspenziyasini
tarqalishini oldini oladi. Ayrim hollarda bu usul bakteriyalarni aniqlashda ham
muhitidan har bir chashkaga 20-30 ml quyiladi. Ozuqa muhitlar odatda katta
kolbadan bir qancha chashkaga quyiladi. Shuni esda saqlash kerakki, chashkalar
bir xil formada va bir xil diametrda, tekis tagli bo‗lishi zarur. Ozuqa muhitini
chashkaga quyishda ularning barchasiga bir xil miqdorda solinishiga e‘tibor
berish kerak. Bir qator hollarda aniq o‗lchangan ozuqa muhitlar probirkalarga
solinadi, probirkalarda sterillanadi va Petri chashkasiga solinadi, bu usul
48
qo‗llanilganda chashkadagi ozuqa muhit miqdori standartga mos holda solingan
bo‗ladi. Ozuqa muhit solingan chashkalar tekis, qat‘iy gorizontal yuzaga
qo‗yilishi lozim, chunki undagi ozuqa muhit bir xil qalinlikda qotishi lozim.
Agar ozuqa muhiti chashkaga quyilayotganida qotib qolmasligi lozim,
yaxshisi uning harorati 50
o
C bo‗lganda quyish maqsadga muvofiq bo‗lar edi,
bunday holatda chashka qopqog‘iga kamroq suv kondensatlanadi. Agar
qotgandan so‗ng chashkalar quritish shkafiga quyiladi va 70-80
o
C gacha
qizdiriladi, qopqoqdan suv yo‗qolguncha hamda agar yuzasida silliq plyonka
hosil bo‗lguncha quritiladi. Bu agar yuzasidan suv plyonkasining ketganligidan
darak beradi. Chashkani quritishning boisi, ekilgan namunadan o‗sib chiqqan
mikroorganizmlar xo‗jayinlari agar yuzasida suzib aralashib ketmasligi uchun
zarur bo‗ladi. Zamburug‘larni ajratish va sonini aniqlashda chashka har doim
ham quritilmaydi.
Chashka quritilgandan so‗ng ekish amalga oshirilishi lozim. Ozuqa muhit
solingan chashkani uzoq muddat ekilmasdan saqlab bo‗lmaydi, chunki havodan
mikroorganizmlar tushib, ko‗z bilan ko‗rib bo‗lmaydigan mikrokoloniyalar hosil
qilishi mumkin. Ekish vaqtida ular shpatel orqali butun ozuqa muhit yuzasida
tuproq mikroflorasiga tegishli bo‗lmagan koloniyalarni hosil qilishi mumkin.
Ekish uchun tayyorlangan tuproq suspenziyasini 5 daqiqa chayqatilgandan
so‗ng 30 sekund davomida yirik tuproq zarralari cho‗kishi uchun tindiriladi.
So‗ngra sterillangan pipetka yordamida undan 1 ml olinib 9 ml sterillangan suv
solingan probirkaga solinadi. Suspenziyani yangi pipetka yordamida yaxshilab
aralashtiriladi va undan 1 ml olinib keying probirkaga solinadi va xuddi
yuqoridagidek aralashtiriladi. Keyingi suyultirishlar ham xuddi shunday amalga
oshiriladi. Zarur suyultirishlardan chashkaga ekish amalga oshiriladi. Buning
uchun 1 tomchi suspenziya agarli ozuqa muhit yuzasiga surtib chiqiladi. Ekish
amalga oshirilgan chashka to‗nkarilgan holatda termostatga joylashtiriladi.
Odatda bakteriyalar soni 3 sutkadan so‗ng hisoblanadi, aktinomitsetlar 7-
15, 20 kunda zamburug‘lar va achitqilar 5-7 sutkadan so‗ng hisoblanadi. Agar
mikroorganizmlar kambag‘al ozuqalarda, jumladan agarli suv, tuproq ekstrakti
kabilarda ekilgan bo‗lsa 7-14 sutkada hisoblash amalga oshiriladi. Ma‘lum bir
guruh mikroorganizmlarning miqdor ko‗rsatkichlari to‗g‘risida solishtirma
ma‘lumot olish uchun bir xil muddat hisoblash ishlarini amalga oshirish zarur.
Shuni e‘tiborga olish zarurki, uzoq muddat inkubatsiya vaqtida juda ko‗p
mikroorganizmlar koloniyasi o‗sib chiqadi.
Chashkadagi koloniyalar soni odatda chashkani qora fonga to‗nkarilgan
holatda qo‗yib sanaladi. Ikki marta sanalmasligi uchun sanalgan koloniyalar
o‗rniga ruchka yoki moy qalam yordamida nuqta qo‗yiladi. Sanash qulay bo‗lishi
uchun chashkaning osti qalam bilan qismlarga bo‗linadi. Tiniq bo‗lmagan
muhitlarda esa sanash chashka yuzasidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: