Ishning borish tartibi:
1. Tuproq namunasini sterillangan shpatel yoki spirt surtib yoqib
sterillangan pichoq yordamida tuproqning yuzasidan 2 sm ni olib tashlab, undan
sterillangan konvertga yoki bankaga olinadi;
2. Tuproq namunasidan 1 g tarozida o‗lchab olingandan so‗ng uning
ichidagi ortiqcha o‗simlik qoldiqlaridan tozalanadi;
3. Tozalangan tuproq namunasi chinni xovonchaga solinadi va uning ustiga
1-2 ml sterillangan suv solinib tuproqni rezina qo‗lqop kiyilgan barmoq
yordamida yaxshilab eziladi va bu namunani 100 ml sterillangan suv solingan
Erlenmeyer kolbasiga solinadi;
4. Tuproq namunasi solingan kolba 5 daqiqa chayqatilgandan so‗ng 30
sekund yirik tuproq zarralari cho‗kishi uchun qoldiriladi va undan 1 ml
suyultirilgan tuproq suspenziyasi steril pipetka yordamida olinib 9 ml sterillangan
vodoprovod suvi solingan probirkaga solinadi. Bu probirkadan yana 1 ml
suspenziya olinib, keyingi probirkaga solinadi va xuddi shunday tartibda
suyultirish amalga oshiriladi;
5. So‗ngra 10
-3
, 10
-4
darajada suyultirish amalga oshirilgan probirkalarning
har biridan 0,1 ml olinib ozuqa muhiti quyib qotirlgan petri chashkasiga solinadi
va Dragiliskiy shpateli yordamida ozuqa muhitiga ekiladi;
6. Mikroorganizm ekilgan chashkalar termostatga joylashtiriladi va
mikroorganizm hujayrasining o‗sishi kuztib boriladi;
7. Keyingi
mashg‘ulotda chashklar olinib, unda o‗sib chiqqan
mikroorganizm koloniyalardan fiksirlangan bo‗yalgan preparat tayyorlab
mikroskop ostida immersion obyektivda kuzatiladi;
8. Ish daftariga mikroskop yordamida o‗rganilgan mikroorganizm shakli
chiziladi va uni qaysi mikroorganizm ekanligini o‗qituvchi hamda aniqlagich
yordamida aniqlashtiring.
Tuproq bo‗lakchalari usuli yordamida mikroorganizmlarni aniqlash
quyidagicha amalga oshiriladi:
1. 5-10 gr tuproq olinib, uni chinni hovonchaga solib pastasimon holatga
kelguncha eziladi;
2. Petri likopchasi ostiga trafaret qo‗yilib, ozuqa muhit yuzasiga 50
tagacha tuproq bo‗lakchasi qo‗yiladi va 26-28°C da hafta davomida termostatda
saqlanadi;
3. Azotobakternni ajratish uchun Petri likopchasiga quyilgan Eshbi ozuqa
muhitidan foydalaniladi.
4. Ma‘lum inkubatsiyadan so‗ng tuproq bo‗lakchalari atrofida rangsiz
shilimshiq holdagi mikroorganizm kulturasini kuzatish mumkin;
51
5. Ushbu kulturadan bakteriologik ilmoq yordamida olinib fiksirlangan
bo‗yalgan preparat tayyorlab, mikroskopda kuzatiladi va kuzatilgan
mikroorganizm rasmini ish daftariga chziladi.
Dostları ilə paylaş: |