Mintaqa
|
Aholi
(2020)
|
Yillik
o'zgarish
|
Dunyo
ulushi
|
Osiyo
|
4 641 054 775
|
0,86 %
|
59,5 %
|
Afrika
|
1 340 598 147
|
2,49 %
|
17,2 %
|
Yevropa
|
747 636 026
|
0,06 %
|
9,6 %
|
Lotin Amerikasi
|
653 962 331
|
0,9 %
|
8,4 %
|
Shimoliy Amerika
|
368 869 647
|
0,62 %
|
4,7 %
|
Okeaniya
|
42 677 813
|
1,31 %
|
0,5 %
|
Yer sharida aholi sonining mintaqa bo’yicha miqdori 9 Yer kurrasi aholisi 2023-yilda 8 milliarddan oshdi. BMT
malumotlariga qaraganda. dunyo aholisi 2015-yilgacha har yili 80-85
million kishidan ko‘payib borgan. Statistik ma’lumotlar
ko‘rsatishicha, Yer shari aholisi asrimiz boshidan to hozirgi davrga
qadar 3.5 marta ko’paygan. Aholining tez surat bilan ko‘payishi XX
asrga to‘g‘ri keldi va bu, asosan, rivojlanayotgan davlatlar hisobiga
bo‘lmoqda. Agar 1950-1990-yillarda aholi butun Yer sharida yiliga
o‘rtacha 1,8 % ko'paygan bo‘lsa, rivojlangan davlatlarda esa bu
ko‘rsatkich 0,9 % ni va rivojlanayotgan davlatlarda esa 2,1 % ni
tashkil qiladi. 2000-yil avval Yer sharida 200 million kishi yashagan
va uning aksariyati Osiyoda joylashgan. BMT prognoziga ko‘ra, 2030 yilda dunyo aholisi 8,5 mlrdga, 2050 yilda esa 9,7 mlrdga yetishi mumkin. Dunyoda aholi soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy davlati
bo’lib, 2023-yilda uning aholisi 1,4 milliarddan oshdi. Ikkinchi
o'rinda esa Hindiston davlati turadi. 2023-yilda Hindiston aholisi 1,4
milliardga yetdi. Xitoy va Hindiston aholisi Yer shari aholisining 36,7
foizini tashkil etadi. Aholi soni bo'yicha keyingi o'rinlarda AQSH (336.3 million),
Indoneziya (281,5 million),Pokiston (233 million), Nigeriya (220 million), Braziliya (216,6 million),. Bangladesh (169,2 million), Rossiya (146,1 million), Yaponiya (125,4 million) va Meksika (123,1 million) davlatlari turadi. Yer sharida aholi soni million kishiga yetmaydigan kichik
davlatlar ham mavjud. Ularga 2023-yilda Amerikada 15ta, Osiyoda
4ta, Afrikada 9ta, Yevropada 9ta, Avstraliya va Okeaniyada 13ta
davlatni kiritish mumkin. Aholi soni bo'yicha dunyoda eng mitti
davlatlar Afrikadagi Tuvalu (0.01 mil), Nauru (0.01 mil.) Palau
(0.02 mil.), Yevropadagi Monako (0.04 mil), Lixtenshteyn (0.04 mil.),
San-Marino(0.03mil.) davlatlaridir. 10 XX asming ikkinchi yarmida dunyoning hamma mintaqasi
aholining o‘rtacha yillik o‘sish surati pasaydi. Xorijiy Yevropada, bu
ayniqsa, sezilarli bo‘ldi, faqatgina Afrikada bunday hodisa ro'y
bermadi. Mazkur qora mintaqada hamon “demografik portlash”
kuzatilmoqda. 2000-2025-yillarda ham Afrikada bu holat saqlanib
qoladi. Oxirgi 30-40 yil ichida aholisi tez ko‘payib borishi
xos bo'lgan, rivojlanayotgan davlatlardagi demografik vaziyat qator
mutaxassislami “dunyoda aholi ortiqchaligi paydo bo‘ladi” degan
tashvishga ham olib keldi. Rivojlanayotgan davlatlarda aholi ko'payishining asosiy sababi
o'limning keskin kamayishi, tug‘ilish darajasining yuqoriligi hamda
o‘rtacha umr ko‘rish muddatining oshganligidir. Hozirgi paytda dunyo
aholisining deyarli 60 % i Xorijiy Osiyoda. 17 % ga yaqini -
Afrikada, 13 %i - Amerikada, 10 % i Xorijiy Yevropada, 0,7 % -
Avstraliya va Okeaniyada hamda 6 % - MDH tarkibiga kirgan
davlatlarda istiqomat qilishadi. Aholi sonining tez oshib borishi Afrika va Lotin Amerikasi
davlatlarida kuzatilib, ularda aholi yiliga 2.5-3 % dan ko’payib
bormoqda.11
Dostları ilə paylaş: |