Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti " iqtisodiyot" fakulteti global iqtisodiy rivojlanish fаnidаn kurs ishi


Demografiya muammosi yechimi global miqyosda



Yüklə 101,59 Kb.
səhifə8/9
tarix16.05.2023
ölçüsü101,59 Kb.
#114528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
global iqt kurs ishi

2.2.Demografiya muammosi yechimi global miqyosda
Demografik muammoni hal qilish maqsadida BMT tomonidan “Jahon aholisi bo‘yicha harakatlar rejasi” qabul qilindi. Shu bilan birga, ilg'or kuchlar oilani rejalashtirish dasturlari aholining takror ishlab chiqarishini yaxshilashga yordam berishi mumkinligidan kelib chiqadi. Ammo demografik siyosatning o‘zi yetarli emas. Bu odamlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilash bilan birga bo'lishi kerak.BMT va mintaqaviy hukumatlar tomonidan olib borilayotgan tug‘ilishni cheklash siyosati aholi, birinchi navbatda, ayollar savodxonligini oshirishni taqozo etadi. Savodxonlik tug'ilishni nazorat qilishga yordam beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi savodsiz kattalarning 2/3 qismini ayollar tashkil qiladi. Rivojlanayotgan davlatlarda aholi soni XX asr oxirlarida tez oshib ketdi. Aholining tez sur'at bilan ko’payib borishi rivojlanayotgan davlatlarda bugungi
kunda ham davom etmoqda. "Aholi ko’payishi” muammosi, ayniqsa,
Hindiston va Xitoy kabi davlatlar uchun juda tashvishli kechmoqda.
Hindistonda XX asming 90-yillarida aholining ko'payib borishida
rekord tezlik qayd qilingan. Ushbu davrda Hindiston aholisi 1 yilda
15,6 millionga ko‘paygan. XXI asrga kelib bu davlatda aholi soni
1 milliarddan oshdi. Bxarat (hindlar o‘z mamlakatlarini shunday
ataydilar) garchi iqtisodiy o’sish ko'rsatkichlari bo‘yicha dunyoda
birinchi o'nlikka kirgan bolsa ham. biroq ulaming barchasi uzluksiz
o‘sib borayotgan aholi tomonidan “yeb tashlanmoqda”. “Biz uchun
eng xavflisi Xitoy yoki Pokiston atom bombasi emas, balki tug'ilish
bombasidir!”, - degan edi o‘z zamonida Gandi. Hindiston rahbariyati “tug‘ilishni nazorat etish” dasturlarini
tuzishga majbur bo’ldilar. Bolalaming ko‘payishini oilada baraka
timsoli deb hisoblaydigan odamlar yashovchi mamlakatda
tug'ilishning kamaytirilishi oson kechmadi. Qadimda bu yerda
xudolarga qilinayotgan iltijolarda odamlar yomg'ir va farzandlar,
ayniqsa, o‘g‘il bolalarni ularga yuborilishini so‘rar edilar.
Shu bois, 1951-yilda mustaqil Hindistonning birinchi premer ministri
Javoxarla’l Neru “Oilani rejalashtirish dasturi”ni boshlaganda, bu hol
hind va musulmon ruhoniylarining keskin qarshiligiga va aholining
ko’p qismi tomonidan tushunmovchiliklarga olib keldi. Shunday
bo‘lsada. Neruning qizi India Gandi, 1966-yilda premer ministrlik lavozimini egallab, mazkur dasturni faollashtirishga kirishdi. Biroq
Indira Gandining besh yillik (1969-1974) rejalarida ko‘zda tutilganidek tug‘ilishi 35 % dan 32 % ga kamaytirishning iloji
bo’lmadi. Lckin kcyingi besh yillikda bolalar tug‘ilishini 30 % gacha
tushirish rejalashtirildi. Davlatda tug’ilishni cheklash, nazorat etish
bo‘yicha turli harakatlar amalga oshirildi, lekin bu harakatlar qator
qarshiliklarga ham uchradi. 70-yillar o’rtalarida bo‘lib o‘tgan siyosiy noroziliklardan so'ng davlatning demografik dasturi “Oilaning farovonlik dasturi” deb
ataladigan bo’ldi, uning asosiy maqsadi qilib esa “targ‘ibot ishlari”
qo’yildi. Ularni amalga oshirish uchun xorijiy mutaxassislar,
shuningdek, jamoatchilik tashkilotlari ham taklif etildi. 1980-yili Hind
davlati rahbariyati 2000-yilga moijallangan yangi dasturni qabul
qildi. Unga ko‘ra: har bir oilada o‘rtacha bolalar sonini 4,4dan 2,3ga
kamaytirish, tug‘ilishning umumiy koeffitsientini esa 33 % dan 21 %
gacha qisqartirish, hech bo’lmaganda 60% er-xotinlar doimiy ravishda
homiladorlikning oldini oluvchi vositalardan foydalanishi,
shuningdek, bolalar o’limini kamaytirish ko‘zda tutilgan edi. Bugungi
kunda Hind sog’liqni saqlash va oila farovonligi departamenti
ma’lumotlariga ko‘ra hind oilalarining yarmidan ko‘pi homiladorlikni oldini oluvchi vositalardan foydalanishadi. Tug'ilish esa har bir oilaga
2,7 bolagacha kamaydi. Xitoyda ham aholi ko'payishi muammosi mavjud. Bu holni
chuqur anglash uchun demografik omilni va siyosatni hisobga olish
lozim. Rasmiy xabarlarga ko‘ra 2023-yil mamlakat aholisi 1.4 milliarddan oshdi (bu sayyora aholisining 17,5 foizini tashkil etadi).
2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 1,5 milliardga yetadi. Biroq, ko‘p g’arb
analitik markazlari Xitoy aholisini hozirning o‘zidayoq 2,2 milliard
deb hisoblaydilar. Lekin, ko’p hollarda 1,6 milliard raqami
qo’llanilmoqda. G‘arb mutaxassislari bu borada, Xitoy rahbariyati
dunyoni xitoyliklaming haqiqiy soni bilan qo'rqitib yubormasligi va
aholining tabiiy o‘sishini kamaytirish borasidagi o‘z
muvaffaqqiyatsizliklarni yashirish uchun shunday ma'lumotlar beradi
deb hisoblaydilar. Biroq rasmiy ma'lumotlarni hisobga olgan holda
ham Xitoyda xitoyliklarning soni butun jahonda negroid12 irqiga oid
aholidan: Yevropa, Rossiya va AQSHdagi Yevropaliklardan
ko‘proqdir. Bu ko‘p sonli aholi atrof-muhitga juda ulkan ta’sir qiladi:
axir har bir inson yeyishi, kiyishi, ta’lim olishi va mehnat qilishi zarur.
Iqtisodiyot ko’lamlari bo'yicha Xitoy AQSHdan so‘ng ikkinchi
o‘rinda turishiga qaramay. yangi milliy daromad borasida (bir kishiga
o‘rtacha daromad hisobida) hali ham rivojlanayotgan mamlakatlar
qatorida qolyapti. Xitoy aholisining soni shunchalik ko‘pki. dunyo unga boshqa
davlatlarga qaraganday munosabatda bo‘la olmaydi. Xitoyni ozuqa
bilan ta’minlash muammosi kundan kunga keskinlashmoqda. Bugungi
Xitoy aholisining ko'payishi - bu Pekinning ichki iqtisodiy inqirozini
susaytirish maqsadida invcstitsiyalar olish uchun boshqa
rivojlanayotgan mamlakatlarga qilayotgan bosimidir. Bu hol,
shuningdek, Pekinni G’arbning ehtimolidan holi bo‘lmagan shubhali
harakatlariga qarshiligidir: xitoyliklar qancha ko‘p bo'lsa, Xitoyni
shuncha "portlatmoqchi” bo’lganlar kamayadi. 1970-yillarning birinchi yarmida Mao Szedunning

muallifligidagi “Odamlar to’lqinlari” konsepsiyasi natijasida aholi


soni keskin ko'payishi tufayli XXRning demografik rivojlanishini
qayta ko‘rib chiqish haqida jiddiy qarashlar boshlandi. 10 yilning
ichida (1964-1974) Xitoyda aholi soni 700 mln.dan 900 mln.gacha
ko‘paydi. Biroq rasmiy siyosat doirasida tug'ilishni nazorat qilish
faqatgina 70-yillarning oxirida boshlandi. Ana shu davrda agar
Xitoyda aholi soni o‘sishini tartibga solmasa mamlakatning taqdiri
xavf ostida qolishi mumkin bo'ldi (Xitoyda butun sayyoramiz
aholisining 1/5 qismi yashaydi, xaydaladigan yerlarning esa atigi 7
foizi to’g‘ri keladi). Biroq, bunday vaziyatda faqat buyruqbozlik va
ta'qiqlashlar orqali ta'sir ko'rsatishning o‘zi yetmasdi. Shu bois ham
Xitoyda tushuntirish va zo‘rlash usullaridan baravar qo‘llanilgan -
mamlakatda kech nikohga kirish va kech farzand ko‘rish,
rag’batlantiriladi. Xitoyda 2016-yilning oxiriga qadar “bir oila - bir farzand"
tamoyili tavsiya etilgan edi, 2016-yilning oktabr oyidan har bir oilada
2tadan farzand ko'rishga ruxsat berildi. Demografik siyosatning
mazkur asosiy qoidalariga rioya etish xitoy fuqarolariga qonun bilan
belgilab qo'yilgan - XXR konstitutsiyasining 49-moddasida har bir
oila farzandlar tug’ilishini nazorat etishi zarur deb ta’kidlangan.
Xitoyda tug’ilishni cheklash siyosatining natijalari yaqqol namoyon
bo‘ldi. Xitoy aholishunoslik jamiyatining vitse-prezidenti so'zlariga
ko’ra, tug'ilishni rivojlantirish siyosati olib borilayotgan 20 yil
davomida. Xitoy rahbariyati uch ko'rsatkichni: tug'ilish, o‘lim,
aholining o‘sish darajasini pasaytirishga muvaffaq bo’ldi. Agar 1969-
yilda tug‘ilishining koeffitsienti har 1000 kishiga 34.1 promilleni13
tashkil qilgan bo’lsa, o’ttiz yil o‘tgach - 16,0 promillega tushdi. O’sha
davr (20 yil) mobaynida aholining tabiiy o'sishi deyarli 6 martaga
kamaydi. (1000 kishiga 26,l dan 4,5 kishiga). Shunday qilib Xitoy
qo'shimcha 300 mln. “og'iz” kulfatidan xalos bo’la olgan. Xitoyda aholi o‘sishini cheklash muammosining hal etilishi bilan
va boshqa muammo vujudga kelmoqda, Hayotning o'rtacha
davomiyligini uzaytirish ko’lamida bola tug'ilishini kamaytirish
Xitoyda aholining qarib borishi muammosini yuzaga keltirmoqda.
Mutaxassislaming fikriga ko'ra 2040-yilda qari yoshdagi xitoyliklar
aholining ¼ % qismini tashkil qiladi. Qariyalar salmog‘i 20 yoshgacha
bo’lgan yoshlarga nisbatan 2-3 marta ko'p bo‘ladi. Har bir oila bir
farzandidan tashqari yana 4 nafar qariyani ta’minlashi kerak bo'ladi;
bu esa o’z navbatida, davlat byudjeti uchun qo'shimcha xarajatga
(nafaqaga, ijtimoiy muhofazaga, tabiiy xizmatga) olib keladi. Xitoy oldida turgan yana bir demografik muammo - bu butun
mamlakat bo'ylab shaharlarda ish izlab yurgan dehqonlardagi tug'ilish
masalasi. Bunday aniq ro‘yxatga olishni iloji bo’lmagan migrantlar
soni 80 mlndan oshiq. Har birini kuzatishning iloji yo‘q, shuning
uchun ham ular muhitida aholini takror barpo etishni rejalashtirish
mushkuldir. Statistik ma'lumotlarga ko’ra, tug'ilishning rekordli
ko’rsatkichlari mamlakatning chet viloyatlarida kuzatilmoqda; u
yerlarda erta nikoh qurish hollari juda ko‘p uchraydi, ekspertlarning
malumotlariga ko'ra bu holning sababi. chet hududlarda aholi
savodlilik darajasining pastligidir. Rasmiy ma’lumotlarga ko'ra,
XXRda 15 yoshdan oshgan savodsizlarning soni 180 mln.ni tashkil
etadi, bu esa butun aholining 16 foizidir. Shuning uchun Xitoyda
ta'lim muammosini ham tug’ilishni cheklash bilan bir qatorda hal
etish lozim. Xitoy mutaxassislari prognoziga ko‘ra. 2050-yilda aholining
o‘sishi nolga tushar ekan. Aynan mazkur 100 yillikning o'rtalarida
Xitoy dunyoning o’rtacha rivojlangan mamlakatlar qatoriga
qo’shilishni rejalashtirgan. G'arbiy, Sharqiy, Markaziy Afrikadagi
qator davlatlar; Shimoliy Afrikadagi G‘arbiy Saxara, Sudan: Janubiy
Afrikadagi Namibiya, Svazilend davlatlari; shuningdek, G‘arbiy Markaziy va Janubiy Osiyodagi ba'zi davlatlar (Saudiya Arabistoni Quvayt, Eron, Omon,Falastin, Yaman, Afg’oniston, Butan, Laos)da hozirgi davrda ham aholining tabiiy o‘sishi ancha yuqori darajada saqlanib kelmoqda va ularda ham aholini tez ko‘payish muammosi qayd etilmoqda. Aholining bunday tez sur’atlar bilan o‘sishi esa aholini oziq-ovqat, ish va yashash joylari bilan ta’minlashdek muhim,jiddiy iqtisodiy muammolarini keltirib chiqaradi. Ilmiy manbalarda XX asr oxirlarida planetamizda 1 milliard aholi kambag'allikda yashayotganligini, 500 million aholi to'yib ovqat yemayotganligini, har kuni 35 ming kishi ochlikdan halok bo'layotgani, dunyodagi 36ga yaqin davlatlar mavjud aholisini o‘z resurslari yordamida boqa olmasligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
XXI asr boshlariga kelib sayyoramizda shiddat bilan ko'payib
borayotgan aholini boqish muammosi bilan bir qatorda ekologik
muammolar ham keskinlashib bormoqda. Ularga yer hosildorligining
kamayib borishi, yer, suv va o’simlik dunyosining ifloslanib,
o‘rmonlarning kamayishi, natijada, azon tuynugining kattalashib,
aholi salomatligiga salbiy ta'sir etayotganligini qayd etish mumkin. Yer shari aholisi soni uning ba‘zi hududlarida juda tez ko’payib
borayotgan bo’lsa, ba’zi hududlarida esa aholi soni ko‘payishi
demografik mezon darajasidan kamayib kelgan. Bunday holatni
Yevropadagi barcha davlatlarda, shimoliy Amerika davlatlari,
shuningdek, janubiy Amerika va Osiyodagi ba’zi davlatlarda kuzatish
mumkin. Dunyo aholisi soni dinamikasi va hududiy tarqalishi
xususiyatlarini o‘rganish aholi geografiyasining muhim
vazifalaridandir. BMT ma’lumotlariga ko’ra 2023-yilda dunyo
aholisining soni 8 milliarddan oshib ketdi. Mutaxassislar prognoz
etishlaricha dunyo aholisining soni 2025-yilda 8.5 milliardga, 2050-
yillarda esa 9.4 milliardga yetar ekan. Yer kurrasida insonning paydo bo'lishi va ko‘payib borishi
haqida ilmiy manbalarda qator ma’lumotlar mavjud bo’lib, ularda
aholining ko‘payib borish tabiiy-biologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar bilan bog‘liq bo’lganligi qayd etilgan. BMT tomonidan jahon
davlatlari bo‘yicha ishlab chiqqan demografik ko‘rsatkichlari guvohlik
berishicha, 2017-yili Yevropa davlatlari bo'yicha tug’ilish va o‘lish
koefiitsientlari 11 % ga tenglashib, aholining tabiiy o‘sishi 0 ga
tushib qolgan. Latviya, Litva. Germaniya, Belorussiya, Bolgariya,
Vengriya. Moldaviya. Ruminiya, Rossiya, Ukraina, Xorvatiya,
Serbiya kabi davlatlarda esa aholi tabiiy o'sishi ko‘rsatkichi “0”dan
ham kamayib -0,1, -0,5 foizni tashkil etmoqda. Boshqacha qilib
aytganda, mazkur davlatlarda ‘’demografik inqiroz” jarayoni
boshlangan. 2022-yilda dunyoning 83ta davlatida tug’ilish darajasi
oddiy aholi takror barpo bo‘lishi darajasining eng past ko'rsatkichidan
ham kichik bo'ldi (bitta ayolga 2,l tadan bola), keyingi avlod vakillari
o‘zidan oldingi avlod vakillariga nisbatan kam sonli bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, Yevropaning 15ta davlatida qisqargan aholi takror
barpo bo’lishi qayd etildi, yoki demografik inqirozga yuz tutdi.
Dunyo aholisining soni dinamikasi ko‘rsatishicha sayyoramizda aholi
muntazam ko‘payib kelgan. Aholining eng tez ko‘paygan davri XX
asrga to’g’ri keladi. 1900-1950-yillarda Yer shari aholisi har yili
o‘rtacha 0,90% dan ko‘paygan bo'lsa, 1950-2000-yillarda bu
ko’rsatkich 1,75 % ga yetdi, 2000-2020-yillarda esa aholining o‘sish
surati 1,42 foizni tashkil etgan.

Xulosa
Hozirgi vaqtda dunyoda demografik rivojlanish muammosi ham olimlar, ham siyosatchilar va davlat tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganishni va jiddiy e’tiborni talab qiladi. Yer yuzida aholi sonining ko'payishining tabiiy jarayonlari, yagona davlatning davlat tomonidan tartibga solinishi o'zini oqlamaydi, lekin ko'plab olimlar dunyoda va ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda demografiya muammolari organlari tomonidan " aralashuvi bo'lmagan" siyosati tufayli keskinlashayotganiga rozi bo'lishadi. Xitoy tajribasi shuni ko'rsatadiki, mamlakat aholisi soni ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar bilan tartibga solinishi va ta'sir qilishi mumkin, ammo bunday tajribani qabul qilishga shoshilmayapti. Shu bilan birga, oila kabi ijtimoiy institutning roli yil sayin kamayib bormoqda. Bu esa dunyoning rivojlangan davlatlarida tug‘ilishning kamayishiga olib keladi va bu asosiy muammolardan biridir. Demografiyaning yangi paradigmasida14 ajablanarli narsa yo'q. Jamiyatning o'zi o'zi o'tirgan shoxini aql bilan kesib tashlamoqda. Agar bitta farzandga ega bo'lish davlatga ham, shaxsga ham mos kelsa, har 25 yilda aholisi ikki baravar kamayib borayotgan mamlakatda hayot darajasining o'sib borayotganidan quvonish qoladi. Agar ommaviy kichkina bolalar va hatto bitta bola hamma uchun muammo tug'dira boshlasa, unda nikohning sabablari va oilada bir nechta farzand tug'ilishi, oilaviy turmush tarzining qadr-qimmatini oshirish haqida o'ylash vaqti keldi. Lekin buni qanday qilasiz? Impulsiya15 yoki majburlash orqalimi? Farzandlar sonini tanlash kambag'allik va boylik muammosidan butunlay xalos bo'lishi mumkinmi? Umuman olganda, demografiya muammolari murakkab, ular bu yerda va hozir paydo bo'lmagan, bu XXI asr muammosi emas, demografiyaga bunday yondashuvlar ko'p asrlar davomida shakllanib, kuchayib bormoqda. Albatta, demografik muammo ko'plab ijtimoiy muammolarni hal qilish orqali qandaydir chiqish yo'lini talab qiladi.Afsuski, na olimlar, na siyosatchilar bu vazifalarni hal qilishga tayyor emasdek. "Bugungi kunda hech qanday alternativa yo'q - insoniyat qisqarishi va ko'chishi va biz ikkalasida ham ishtirok etamiz" A.G. Vishnevskiy

Yüklə 101,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin