Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida yangi – 2023-2024-oʻquv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qoʻllab-quvvatlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida


III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN ILGARI SURILGAN 5 TASHABBUSNI KENG JORIY ETISHGA QARATILGAN TADBIRLAR



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#212214
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Бўйруқ лойиҳа мустақиллик дарслари

III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN ILGARI SURILGAN 5 TASHABBUSNI KENG JORIY ETISHGA QARATILGAN TADBIRLAR


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni amalga tatbiq etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil sentabr



Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor,Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi


Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga talabalarning munosib ishtirokini ta’minlash va tayyorgarlik ko‘rish.

2023 yil


Sentabr-noyabr

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor,Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi


5 muhim tashabbus yoʻnalishlari boʻyicha fakultetlar reyting koʻrsatkichlarini aks ettiruvchi elektron maxsus stendlar va tarqatma materiallarni tayyorlash.

2023-yil
sentabr

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, fakultet dekanlari,
OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi


1-tashabbus doirasida talabalarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar:
“Yoshlar” teatr-studiyasi, milliy qoʻshiq va raqs ansambli, “Akademik xor” kabi toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.
“Tasavvurimda jonajon Oʻzbekistonim”, “Teatr – ibrat maskani”, “Nazm va navo” mavzularida tanlovlar oʻtkazish;
“Talabalar teatr studiyasi” festivali OTM bosqichini oʻtkazish;
talabalarning ijodiy ishlar koʻrgazmasi, yaratgan ishlanmalari va maʼrifiy targʻibot aksiyasini oʻtkazish;
sanʼat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, sanʼatkorlar bilan vebinar uchrashuvlar, mushoiralar, badiiy kechalar tashkil etish;
“Men chizgan surat” koʻrgazmasini tashkil etish;
“Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish;
talabalarning badiiy-ijodiy ishlari koʻrgazmasi, yarmarkasi, dramaturgiyasi va konsertlarini tashkil etish.

2023-2024-oʻquv yili davomida

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor,Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, fakultet dekanlari, jamoat tashkilotlari, kafedra mudirlari, Tyutorlar, psixolog, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi


2-tashabbus doirasida sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha Osiyo, jahon va olimpiada chempionlari, musobaqa gʻoliblari ishtirokida vebinar uchrashuv va mahorat darslarini oʻtkazish.
mamlakatimizning sport sohasida erishayotgan yutuqlarini yoshlarga keng targʻib etish maqsadida “Olimpiya shon-shuhrati muzeyi”ga tashrif asosida “Mahorat darslari”ni oʻtkazish;
fakultetlar kesimida dars mashgʻulotlaridan soʻng sport turlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Oltin kuz” sovrini uchun yengil atletika boʻyicha kross yugurish (yigitlar-3000 m, qizlar-2000 m) musobaqasini oʻtkazish, yugurish musobaqalarini tashkil etish;
oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport-sogʻlomlashtirish hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish ishlarini muntazam targʻibot qilish maqsadida seminar-treninglar, suhbatlar, maʼruzalar va konferensiyalar oʻtkazish;
yoshlar oʻrtasida “Sport bilan ogʻusiz hayot sari” shiori ostida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, badminton, shaxmat va shashka turlari boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish.

2023-yil sentabr,
2024-yil iyun

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Tyutorlar, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, OTM sport klubi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi


3-tashabbus doirasida talabalar oʻrtasida kompyuter dasturlash, robototexnika va kompyuter sporti (kibersport)ni ommalashtirish:
IT-yoʻnalishi boʻyicha talabalar oʻquv kurslarini tashkil etish;
Bilimlar bellashuvi” tanlovi tashkil etish;
umumtaʼlim maktab oʻquvchilari uchun OTM talabalari tomonidan kompyuter dasturlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari, mahorat darslarini tashkil etish.

2023-yil sentabr-
2024-yil iyun



Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Tyutorlar, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, fakultet dekanlari, Matematika fakulteti kafedra mudirlari, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi


4-tashabbus doirasida akademik guruhlarda har haftada bir marotaba shaklda badiiy adabiyot taqdimotini tashkil qilish. Uning doirasida “Mening birinchi kitobim” maʼrifiy loyihasini oʻtkazish. Loyiha doirasida talabalar ijod namunalarini toʻplam sifatida nashr etish.
Talabalarning ilmiy-maʼrifiy, badiiy, ensiklopedik va ilmiy adabiyotlarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida mamlakatimiz nashriyotlarida mavjud kitoblarning elektron katalogini yangilash;
ARMning kutubxona fondini oʻquv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, maʼrifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Talabalarni badiiy adabiyot mutolaasiga qiziqishlarini yuksaltirishga qaratilgan “Bir oyda 10 kitob — 1 yilda 100 kitob bilan doʻstlashdim”, “Jahondagi javohirlar” loyihasi doirasida OTM tanlovlarini tizimli oʻtkazish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish ishlarini amalga oshirish;
«Talaba oʻqishi zarur boʻlgan 100 kitob» roʻyxatini tuzish, yil davomida ushbu asarlar OTM veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida oʻqib borilishini tashkil etish, turli roliklar, bosma targʻibot ishlarini amalga oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashabbusning keng tashviqotini olib borish.
Oʻqituvchi va talabalar oʻrtasida “Eng kitobxon talaba”, “Eng kitobxon murabbiy”, «ARMning eng faol aʼzosi” kabi koʻrik-tanlovlarni oʻtkazish;
Talabalar oʻrtasida milliy va jahon mumtoz adabiyotining yuksak namunalarini targʻib qiluvchi “Kitob bu – moʻjiza”, “Kitobga mehr – maʼnaviyatga, maʼrifatga mehrdir” mavzularida “Kitob bayrami” va “Kitob yarmarkalari”ni tashkil etish;
Birga kitob oʻqiymiz” loyihasini amalga oshirish;
ARMga Axborot resurs markaziga, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi axborot-kutubxona muassasalariga talabalarni faol jalb etish borasidagi tadbirlarni amalga oshirish;
ARM qoshida “Kitobxonlar klubi”ni tashkil etish;
Professor-oʻqituvchilari oʻrtasida “Oʻqituvchining talabalarga 3 ta badiiy adabiyot sovgʻasi” va “Rahbarning taʼlim muassasasiga 10 ta badiiy adabiyot sovgʻasi” aksiyasini tashkil etish.
Oʻzbek adabiyoti vakillari ijodi bilan yaqindan tanishish va ularning badiiy asarlarini mutolaa qilish hamda allomalarning tavallud kunlariga bagʻishlangan adabiy-badiiy kechalar tashkil etish.

Oʻquv yili davomida



Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Tyutorlar, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari,
OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi


5-tashabbus doirasida talabalarni tarbiyaviy jarayonlarga toʻliq qamrab olish, ularni bandligini taʼminlash, darsdan boʻsh vaqtini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar:
OTMda tikish-bichish, kashtachilik, milliy hunarmandchilik boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish, “Qizlar davrasi”, “Oilaga va turmushga tayyorlash” mavzularida psixologik seminar-treninglar oʻtkazish.
Imkoniyati cheklangan talabalarning ijtimoiy moslashuvi uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan “Oltin qanot” OTM volontyorlar guruhi faoliyatini takomillashtirish.
“Qizlarjon” klubi faoliyatini tizimli tashkil etish hamda guruhdagi lider qizlarni guruhga va klub faoliyatiga masʼul qilib biriktirish;
“Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida OTMda “Mahorat maktabi” yarmarkalarini tashkil etish;
Toshkent shahri va viloyatlardagi maktablarda tashkil etilayotgan toʻgaraklar faoliyatini oʻquv-metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy tarqatma va didaktik materiallar bilan taʼminlashda ishtirok etish;
Iqtidorli talaba-yoshlarning (Xalqaro va Respublika tanlovlari va musobaqalari, fan olimpiadalari, davlat mukofotlari, stipendiantlari, “Zulfiya” mukofoti, “Nihol” va boshqa tanlovlar sovrindorlari) erishgan yutuqlarini yuzaga chiqarish hamda oʻz tengdoshlariga oʻrnak qilish maqsadida “Madaniyat va maʼrifat” telekanali orqali “Teleiqtidor” koʻrsatuvini tashkil etish.

2023-yil sentabr-
2024-yil iyun



Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Tyutorlar, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, fakultet dekanlari, OTM psixologi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi

IV. TALABALARDA MUTAXASSISLIK MADANIYATI, KASB ODOBI VA FAOL FUQAROLIK POZITSIYASINI SHAKLLANTIRISH BOʻYICHA MALAKA-KOʻNIKMALARNI RIVOJLANTIRISH YOʻNALISHIDA
AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR



Fakultetlarda 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida davra suhbatlarini oʻtkazish.

2023-yil
sentabr

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Tyutorlar, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, fakultet dekanlari, OTM psixologi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi


OTM pedagogik jamoasida umummilliy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan:
“Rahbar kadrlar, pedagoglar va talabalarning axloqiy sifatlari” mavzusidagi nazariy seminarlarini oʻtkazish va uning natijalari asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.

Har chorak yakunida

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Tyutorlar, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, fakultet dekanlari, OTM psixologi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi


OTMdagi taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda umumtaʼlim maktablarida “Toshkent shahrining taʼlim sohasidagi tajribalari: qadriyatlar, anʼanalar”, “OTMda maqsadli kadrlar tayyorlash tizimi va uning tarbiyaviy asoslari”, “OTM + maktab = Taraqqiyot” mavzusida maʼnaviy targʻibot aksiyalarini oʻtkazish.



Har chorakda

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Tyutorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari, OTM psixologi, OTMdagi jamoat tashkilotlari, matbuot kotibi


Talaba yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlash hamda ularning taʼlim muassasalaridagi amalga oshirilayotgan ishlarga nisbatan daxldorlik tuygʻularini shakllantirish va faol fuqarolik pozitsiyalarini rivojlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarning
kelib chiqish sabablarini oʻrganishga qaratilgan sotsiologik tadqiqot oʻtkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash.

2023-yil dekabr
2024-yil yanvar

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Oʻquv-tarbiya jarayonini sotsiologik oʻrganish va psixologik tahlil qilish guruhi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, OTMdagi jamoat tashkilotlari


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin