2023-yil 4-sentabrga qadar barcha taʼlim muassasasida yangi oʻquv yili hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha ishlarni yakunlasin;
barcha auditoriyalar va ulardagi jihozlarni yangi oʻquv yiliga tayyorlik darajasini koʻrib chiqish hamda muammolarni zudlik bilan bartaraf etsin;
barcha talabalar turar joylarini talabalarni qabul qilishga tayyor holatga keltirsin, taʼlim muassasasini zamonaviy tashqi va ichki targʻibot vositalari bilan taʼminlasin;
2023-yil 4-sentabrga qadar3-7-ilovalardagi namunaviy ish rejalarga muvofiq maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul rahbar xodimlar (Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlar, direktorning birinchi oʻrinbosarlari, akademik litseylar va professional taʼlim muassasalarining direktor oʻrinbosarlari, tyutorlar, psixologlar, xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari)ning 2023-2024-oʻquv yiliga moʻljallangan ish rejalarini ishlab chiqib tasdiqlasin va amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari S.Buzrukxonov zimmasiga yuklatilsin.
Vazir I.Abduraxmonov
Loyiha kirituvchisi: Yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy
ishlar boshqarmasi boshlig‘i N.Qosimov
Kelishildi: Vazirning birinchi o‘rinbosari K.Karimov
Vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov
Vazir kotibiyati boshlig‘i Sh.Ergashev
Moliya-iqtisodiyot va
investitsiyalar departamenti boshlig‘i B.Oxunov
Ishlar boshqaruvchisi A.Tulanov
Inson resurslarini rivojlantirish va
boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Xamidov
Yuridik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i A.Qo‘chqarov
Vazirlikning 2023-yil “___ ” __________dagi
_____________ -son buyrugʻiga
1-ilova
Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan talabalarni tabriklashga qaratilgan “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlarini tashkil etish boʻyicha