Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida yangi – 2023-2024-oʻquv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qoʻllab-quvvatlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#212214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Бўйруқ лойиҳа мустақиллик дарслари

TAVSIYALAR

I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu hujjat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan talabalarni tabriklash tadbirini (keyingi oʻrinlarda – Tadbir deb yuritiladi) tashkil qilish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tadbir oliy taʼlim muassasasi uchun qulay boʻlgan vaqtda, sigʻimi ishtirokchilar soniga mos keladigan, oʻtkazilishi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish talablariga javob beradigan holda oʻtkaziladi.

II. Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan talabalarni tabriklash tadbirlarini oʻtkazish tartibi
3. Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan talabalarni tabriklash tadbiri “Talabalikka bagʻishlov” deb nomlanib, joriy yilda noanʼanaviy tarzda sentabr oyida oliy taʼlim muassasalari tomonidan yuqori saviyada oʻtkaziladi.
4. “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingan talabalar soni va tadbir oʻtkaziladigan elektron obyekt sigʻimidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, fakultetlar, bakalavriat va magistratura bosqichlari kesimida oʻtkazilishi mumkin. Bunda, tadbirlar bir kunni ikki yoki uch qismga boʻlgan holda tashkil etiladi.
5. “Talabalikka bagʻishlov” tadbirini oʻtkazishning ssenariysi joriy yil sentabr oyining 10-sanasiga qadar ishlab chiqiladi va oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
6. Ssenariyda quyidagilar aks ettiriladi:
tadbir boshlovchilari oʻtiradigan xonaning bezatilishi, gullarning mavjudligi, shiorlarning joylashtirilishi;
mazkur xonada koʻrgazmalar tashkil etilishi (bunda avvalgi yillardagi tadbirlarning fotoalbomlari va oliy taʼlim muassasasining oʻziga xosligini koʻrsatuvchi koʻrgazmali vositalar aks ettiriladi);
oliy taʼlim muassasasi tarixi va bugungi faoliyati haqida videorolik namoyish etilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasining ijro etilishi;
Tadbirning ochilishi;
davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining tabrik soʻzlari;
oliy taʼlim muassasasi boʻysunuviga koʻra vazirlik yoki idora vakilining chiqishlari;
ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonasi yoxud muassasa vakiliga soʻz berilishi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklari vakillariga soʻz berilishi;
ushbu oliy taʼlim muassasasida oʻqib, koʻp yillar tegishli sohada muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan faxriylar yoki akademiklarning chiqishi;
oliy taʼlim muassasasini oldingi yillarda tamomlab, hayotda oʻz oʻrniga ega boʻlgan sobiq talabalarning chiqishi;
ota-onalarga soʻz berilishi;
oʻqishga qabul qilingan talabalarga soʻz berilishi (shuningdek, mazkur oliy taʼlim muassasasining faxriga aylangan talabalarga soʻz beriladi);
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakiliga soʻz berilishi;
oliy taʼlim muassasasini mazkur yilda tamomlagan bitiruvchilar tomonidan yangi qabul qilingan talabalarga oliy taʼlim muassasasining ramziy kaliti, ramziy reyting daftarchasi (tibbiyot yoʻnalishida fonendoskop ham) va talabalik guvohnomasining topshirilishi;
yakuniy qism va boshqalar.
Ssenariy oliy taʼlim muassasasining oʻziga xos xususiyati, koʻp yillik anʼanalari va ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.
7.Tadbir oʻtkazilgan kunning oʻzida (yoki ertasiga) uning tafsilotlari turli shakldagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi lozim.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin