Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida yangi – 2023-2024-oʻquv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qoʻllab-quvvatlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida


III. Tadbirga qoʻyiladigan talablar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#212214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Бўйруқ лойиҳа мустақиллик дарслари

III. Tadbirga qoʻyiladigan talablar
8.Tadbirda rektor (direktor) shaxsan ishtirok etadi va raislik qiladi hamda dekan va guruh murabbiylari ishtirokini taʼminlaydi.
9.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, qoʻmita va idoralar, ishlab chiqarish korxonalari va muassasalar rahbarlari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklari vakillari, mazkur oliy taʼlim muassasasini Tadbirlar oʻtkazilayotgan yilda tamomlab, hayotda oʻz oʻrniga ega boʻlgan sobiq talabalar, ushbu oliy taʼlim muassasasida oʻqib, koʻp yillar shu sohada faoliyat olib borgan faxriylar, talabalarning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillarining tashrifi uyushtiriladi.
11.Tadbir jarayonida oliy taʼlim muassasasining oʻtgan oʻquv yilidagi bitiruvchilari yutuqlari toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar (necha nafar bakalavr va magistr bitirdi, ulardan necha nafari qiz, necha foizi qayerlarga ishga joylashdi, necha nafari taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtdi, necha nafar talaba yoki magistr turli nomdor stipendiyalar sohibi boʻldi, talabalar safidan chiqarilganlar soni qancha) toʻligʻicha oʻqib eshittiriladi.
12.Tadbirda talabalikka qabul qilingan yoshlarni ilm-fanga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ularni oliy taʼlim muassasasida eʼlon qilingan tanlovlar gʻoliblari oliy taʼlim muassasasi tomonidan qanday taqdirlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (videorolik koʻrinishida) bilan tanishtiriladi.
13.Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida tashkiliy ishlarga malakali mutaxassislar, taniqli sanʼatkorlar, shoir va yozuvchilar jalb etilishi lozim.
14.Tadbirni tashkil etish jarayonida (agar ommaviy tadbir yoki birinchi toifadagi ommaviy tadbir sifatida oʻtkazilsa) Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, tibbiyot xodimlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmati navbatchiligi tashkil etilishi taʼminlanadi.

IV. Yakunlovchi qoidalar
15.Oliy taʼlim muassasasining birinchi rahbari (rektori yoki direktori) tadbirni oʻtkazish qoidalari va talablariga rioya qilinishining nazoratini olib boradi va shaxsan javobgar hisoblanadi.
16.Tadbir yakuni boʻyicha bayonnoma yoziladi va oliy taʼlim muassasasining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimida saqlanadi.
Vazirlikning 2023-yil “___ ” __________dagi_____________ -son buyrugʻiga 2-ilova



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin