Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida yangi – 2023-2024-oʻquv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qoʻllab-quvvatlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#212214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Бўйруқ лойиҳа мустақиллик дарслари


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida yangi – 2023-2024-oʻquv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qoʻllab-quvvatlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6260-son Farmoni, 2023-yil 3-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-son Qarori, 2023-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-241 son Qarori, 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son, 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda 2023-2024-oʻquv yilini munosib kutib olish maqsadida




BUYURAMAN:

1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yilligini munosib nishonlash maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etiladigan “Mustaqillik darslari”ni tashkil etish boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalar maʼlumot uchun qabul qilinsin.


2. Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan talabalarni tabriklash boʻyicha “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar 1-ilovaga;
Oliy taʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yili davomida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishida amalga oshiriladigan vazifalar boʻyicha namunaviy ish rejasi 2-ilovaga;
Akademik litseylar va professional taʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yili davomida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan namunaviy ish rejasi 3-ilovaga;
Oliy taʼlim muassasalarida psixologlar ish faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha 2023-2024-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy ish rejasi 4-ilovaga;
Taʼlim muassasalaridagi Xotin-qizlar maslahat kengashlarining 2023-2024-oʻquv yilida amalga oshiradigan ishlari boʻyicha namunaviy reja 5-ilovaga;
Tyutorlar uchun 2023-2024-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy ish rejasi 6-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari (Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutor hamda tarbiyachi pedagog) faoliyatini o‘rganish bo‘yicha reja-jadval 7-ilovaga muvofiq;
“Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini oʻtkazishga qaratilgan namunaviy dastur 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yoshlar siyosati va maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi (N.Qosimov), vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi (R.Xudoyberganov) zimmasiga:
Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etiladigan “Mustaqillik darslari” boʻyicha tavsiyalarni barcha taʼlim muassasalariga elektron variantda yetkazilishini taʼminlash;
yoshlar tarbiyasi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishidagi faoliyatni mazkur buyruqning ilovalari bilan tasdiqlangan tavsiyalar va ish rejalar asosida tashkil etilishi hamda taʼlim muassasalarida “Mustaqillik darslari”ni yuqori saviyada oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirib borish vazifalari topshirilsin.
4. Oliy taʼlim muassasalari rektorlari, filiallar, akademik litseylar direktorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari hamda professional taʼlim muassasalari direktorlariga:
Yangi – 2023-2024-oʻquv yilini puxta tayyorgarlik bilan boshlash maqsadida bir hafta muddatda taʼlim muassasalaridagi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishida amalga oshiriladigan targʻibot-tashviqot va sohaga doir boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun zarur barcha sharoitlarni yaratib bersin;
taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining birinchi oʻn kunligida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darslari”ni vazirlik tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar asosida sifatli tashkil etsin;
Mazkur darslarga vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish tizimlarining masʼul vakillari, taniqli olim va sanʼat ustalari, yozuvchi-shoirlar, fan arboblari hamda yirik tadbirkorlar, shu oliy taʼlim muassasasining muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchilarini, mehnat faxriylari, mahalliy hokimlar, ularning oʻrinbosarlari, vazirlik hamda yirik korxonalar rahbarlarini mashgʻulotlar oʻtkazish uchun taklif qilsin;
mustaqillik darslarida milliy gʻoya targʻiboti, xalqimizning milliy yuksalish yoʻlidagi maqsadlari, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” gʻoyasi hamda “Uchinchi Renessans”, “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, “Yangi O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tushunchalarining mazmun-mohiyati, ahamiyati va masʼuliyatini barcha taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talaba-oʻquvchilari va xodimlari oʻrtasida keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlar (uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, seminarlar, konferensiyalar) tashkil etishga alohida eʼtibor qaratsin;
professor-oʻqituvchilar tomonidan darslarning qiziqarli va sifatli oʻtilishini nazoratga olsin;
“Mustaqillik darsi”ni oʻtkazish va boshqa hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish uchun tajribali va mahoratli professor-oʻqituvchilarning oliy taʼlim muassasasiga biriktirilgan maktablarga yuborsin;

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin