III. Taʼlim muassasalarida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi
8
|
Talaba-qizlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.
|
Oʻquv yili davomida
|
1.Reja-grafik ishlab chiqish
2.Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda reja-grafik asosida tibbiy koʻrikni tashkil etish
|
Taʼlim muassasasi
Xotin-qizlar maslahat kengashi
|
9
|
Ogʻir ijtimoiy sharoitda boʻlgan, yolgʻiz, boquvchisi yoʻq, farzandli boʻlgan talaba-qizlarni ishga joylashtirish choralarini koʻrish.
|
Oʻquv yili davomida
|
1.Ogʻir ijtimoiy sharoitdagi xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish
2.Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
Taʼlim muassasasi
Xotin-qizlar maslahat kengashi
|
10
|
Taʼlim muassasasidagi xotin-qizlar umumiy roʻyxatini shakllantirish;
Unda nogironligi boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, notinch oilada tarbiyalanayotgan talaba-qizlar, 30 yoshgacha boʻlgan ayol-xodimlar, iqtidorli talaba qizlar, TTJ da yashayotgan oʻquvchi-qizlar roʻyxati, shaxsiy xonadonda yashayotgan oʻquvchi-qizlar va yaqin qarindoshlari bilan yashayotgan oʻquvchi-qizlar va x.k roʻyxatini shakllantirish va yangilab borish.
|
Har chorakda
2023-yil
25-sentabr
doimiy
|
Umumiy oʻquvchi-qizlar roʻyxatini tuzish;
Ular bilan tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish.
|
Taʼlim muassasasi
Xotin-qizlar maslahat kengashi
|
11
|
Taʼlim muassasasida mehnat qilayotgan xotin-qizlar oʻrtasida iqtidorli, salohiyatli kadrlarni aniqlab, ulardan zaxira kadrlarini shakllantirish.
|
Oʻquv yili davomida
|
Roʻyxatlarni shakllantirish, kadrlar boʻlimi bilan hamkorlikda ularni zaxira kadrlar roʻyxatiga qoʻyish va ularning rahbarlik malakasini oshirish kurslariga jalb qilish.
|
Taʼlim muassasasi
Xotin-qizlar maslahat kengashi,
Kadrlar boʻlimi
|
12
|
Notinch oilalar bilan ishlash va bunday oilalarda yashayotgan talaba-qizlarga alohida eʼtibor qaratish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazilishini taʼminlash.
|
Har chorak yakunida hisobot taqdim etish
|
Roʻyxat asosida ularga murabbiy (masʼul) biriktirish
Mahalla bilan hamkorlikda oila aʼzolari bilan psixologik suhbatlar tashkil etish, oila bilan psixolog oʻrtasida doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bandligini taʼminlash, turli toʻgaraklarga jalb etish.
|
Psixolog,
Taʼlim muassasasi
Xotin-qizlar maslahat kengashi
|
13
|
Axloqida oʻzgarishlar boʻlgan, nosogʻlom turmush tarzini kechirayotgan qizlar bilan individual ishlash
|
Oʻquv yili davomida
|
Roʻyxat shakllantirish, qizlar bilan doimiy individual ishlash hamda ota-onasini xabardor etish
|
Psixolog,
Taʼlim muassasasi Xotin-qizlar maslahat kengashi
|
14
|
Separatizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish.
|
Oʻquv yili davomida
|
1.Ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda Separatizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan pedagog xodimlar, talabalarni aniqlash, roʻyxatini shakllantirish.
2. Ular bilan individual ishlash.
|
Taʼlim muassasasi
Xotin-qizlar maslahat kengashi
|
15
|
Ishlash istagi boʻlgan qizlarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida monomarkazlarda oʻqitish va kasb oʻrganishga koʻmaklashish va huquqiy maslahatlar berish.
|
Oʻquv yili davomida
|
1. Oʻzini-oʻzi band qilish istagida boʻlgan ishsiz yoshlar roʻyxatini shakllantirish.
2. Kasb oʻrganish istagida boʻlgan yoshlarni mono-markazlarga yoʻnaltirishga koʻmaklashish.
2. Ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish.
|
Taʼlim muassasasi
Xotin-qizlar maslahat kengashi
|
|