OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BANK ISHI” KAFEDRASI
BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA USLUBIY QO‘LLANMA
Sirtqi (2-oliy ta’lim) 4-kurs 5230700 – “Bank ishi” bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi uchun
TOSHKENT-2022
A.S.Vasiyev, M.M.Jumayev
BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOTINI TASHKIL ETISH
bo‘yicha
USLUBIY QO‘LLANMA
2
Toshkent – 2022
KIRISH
Respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o’z vaqtida zarur ixtisosliklar bo’yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita banklar, nobank kredit tashkilotlarning istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar to’liq yechimini topmagan.
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
Banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” PF-5992-son Farmoni qabul qilindi.
Bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash asosan milliy ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Mazkur ishlab chiqarish amaliyoti dasturi “Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, amaliyot dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |