Bitiruv oldi amaliyoti kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan dasturga muvofiq ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot obyektiga individual tarzda yondashgan holda ishni tashkil etadi. Shuningdek, talabaning kalendar ish rejasi aniq maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Bitiruv oldi malaka amaliyotning dastlabki kuni bank boshqaruvchisi va bankning boshqa rahbarlari hamda bank tarkibi bilan tanishuvdan boshlanadi. Bank boshqaruvchisi yoki uning muovini talabalarga bankning ichki tartib intizomi, uning bo‘limlarining ish faoliyati va jamoat ishlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beradi.
Amaliyot davomida talaba dekanat tomonidan berilgan kundalikni yuritish, unda har kuni bajargan ishlarining qisqacha mazmunini yoritib borishi lozim.Har bir ish kunining oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
Amaliyot rahbarlari ko‘rsatmalari asosida hamda talabaning shaxsiy faolligi asosida bankning boshqa ko‘rsatkichlarining iqtisodiy tahlili yoki xulosalarini hisobotda keltirilishi mumkin.
Bundan tashqari, talabalar amaliyot yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha institutdan tayinlangan ilmiy rahbari yoki kafedraning boshqa o‘qituvchilaridan imkoniyatdan kelib chiqib, haftaning shanba kunlari kafedraga tashrif buyurish yoki aloqa vositalari telefon, (ijtimoiy tarmoqlar) elektron pochta orqali murojaat qilib, qo‘shimcha maslahatlar olishlari mumkin.
Uzoq viloyat va tuman bank filiallarida malakaviy amaliyot o‘tayotgan talabalar telefon yoki internet vositalari orqali maslahatlar olishlari mumkin.
Sirtqi (2-oliy ta’lim) “Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida bitiruv oldi amaliyotini o‘tash uchun ajratilgan vaqtning mavzular bo‘yicha taqsimlanishi quyidagi tartibda bo‘lishi tavsiya etiladi: