Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Bitiruv oldi malaka amaliyotiga bankdan tayinlangan rahbarning vazifalari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə9/13
tarix16.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#98755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Malakaviy amaliyot 4-kurs sirtqi(2-OLIY TA\'LIM)

Bitiruv oldi malaka amaliyotiga bankdan tayinlangan rahbarning vazifalari
Bank rahbariyati tomonidan talabaning amaliyoti uchun ma’sul javobgar rahbar biriktirilishi to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Bankdan talabaga umumiy rahbar qilib, har bir bank bo‘limida yetakchi mutaxassislardan (asosan bo‘lim boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari) rahbar etib tayinlanadi.Bitiruv oldi malaka amaliyoti bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan uch kun ichida amaliyot o‘tash grafigini quyidagi shaklda tuzishi va grafik asosida amaliyot o‘tishini nazorat qilib borishi talab qilinadi. Bitiruv oldi malaka amaliyoti grafigining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha:



Ish joyi

Ish joyidagi rahbarning lavozimi va nasl nasabi

Amaliyot boshlanish muddati

Amaliyotning tugash muddati

Hisobotni rasmiylashtirish va topshirish muddatlari































Bank rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida umumiy rahbar talabaning o‘quv amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi va nazorat qilib turadi.


Bitiruv oldi malaka amaliyotga bankdan tayinlangan rahbarning majburiyatlari:

  • talabalarning bitiruv oldi amaliyoti davrida zarur amaliy malaka va mutaxassislik mahoratiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;

  • talabalarga mavjud me’yoriy hujjatlar, ofis texnikalari, jihozlari hamda adabiyotlardan foydalanish imkonini yaratadi;

  • har bir bo‘limda amaliyot o‘tashdan oldin talabaga uni bajarish lozim bo‘lgan ish tartibi va usullar xususida tushuntirish ishlarini olib borish, amaliyotni o‘tash davomida maslahatlar berib boradi;

  • kundalikka yozilgan yozuvlarni to‘g‘riligini tekshirish va bankning muhri bilan tasdiqlashi;

  • talabalarga dasturda ko‘rsatilgan ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish va rejalashtirishga, ish yuritish hujjatlarini to‘g‘ri tuzishga yordam beradi hamda bank operatsiyalariga oid savollari bo‘yicha maslahatlar beradi;

  • talabalar tomonidan ichki tartib-qoidalar va intizomga rioya qilinishini nazorat qiladi va talabalar tomonidan tartib intizomga rioya qilmaslik holatlari bo‘yicha institutga xabar beradi.


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin