Oliy va o`rta maxsus ta'lim


BOB. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda xalqaro ekologik tashkilotlarning vazifalari va xalqaro ekalogik huquqiy javobgarlik



Yüklə 208,81 Kb.
səhifə8/13
tarix24.04.2023
ölçüsü208,81 Kb.
#102060
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
atrof-tabiiy muhitni xalqaro muhofaza qilishning huquqiy asoslari

BOB. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda xalqaro ekologik tashkilotlarning vazifalari va xalqaro ekalogik huquqiy javobgarlik


  1. Xalqaro ekologik tashkilotlar, konfеrеntsiyalar va jamg`armalar. Umuminsoniyat qadriyatlaridan biri bo`lmish Yer kurrasidagi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va xalqaro tabiiy resurslaridan samarali foydalanishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan ekologik tashkilotlar, muassasalar va idoralar o`zlarining faoliyat doirasiga ko`ra universal va regional (mintaqaiy) turlarga

ajratiladilar.
Universal, ya'ni faoliyat doirasiga ko`ra turli toifadagi, siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yo`nalishidagi hamda dunyoning barcha mintaqalardagi davlatlarning ekologik munosabatlariga qaratilgan xalqaro tashkilotlarga BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari kiradi.
BMT 1945 yil 25 oktabrdan buyon faoliyat yurgazib kelayotgan eng nufuzli xalqaro davlatlararo tashkilot bo`lib, o`z oldiga davlatlar o`rtasida tinchlik va xavfsizlikni saqlash, mustahkamlash va o`zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadini qo`yadi. Atrof muhitni muhofaza qilish masalasi BMTning Nizomidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Bosh Assambleya - BMTning eng yuqori toifadagi organlaridan bo`lib, u xalqaro masalalarga doir hamma dolzarb masalalarni kun tartibiga kirgazadi. Keyingi 20-30-yil mobaynida Bosh Assambleyaning kun tartibiga ko`pincha ekologik masalalar ham kirgazildigan bo`lib qoldi. Bosh Assambleya atrof muhit muhofazasiga doir muammolar yuzasidan unga a'zo davlatlar va Xavfsizlik Kengashiga tegishli tavsiyalar berishga haqlidir. Shuning uchun ham Bosh Assambleya sessiyalarida yirik jamoat, davlat va siyosiy arboblarning ma'ruzasi tinglanadi va unga muvofiq xulosalar qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48 va 50-sessiyalarida so`zlagan nutqlarida jahon hamjamiyati- ning diqqat e'tiborini Orol dengizining qurib borayotganligiga va uning oqibatida kelib chiqayotgan ekologik inqirozli holatga qaratdi. Natijada 1995 yil 18-20
sentabrda BMT rahbarligida Orol muammolariga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`tkazildi.
BMT ning ekologik tadbirlari, uning asosiy organlari yoki yordamchi idoralari orqali amalga oshiriladi. Bosh Assambleya qoshidagi BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) ma'lum bir turdagi aniq vazifalarni bajaradi. Ular toifasiga ekologik masalalar ham kiradi.1 Ekologik masalalar uning rahbarligi ostidagi qo`mita va komissiyalar vazifasiga yuklatilgan. Ulardan biri Tabiiy boyliklar qo`mitasi-ekologik vazifalarni bajarishda alohida o`rin tutadi. EKOSOS o`zining qo`mita va komissiyalar faoliyatini umumlashtirib Bosh Assambleyaga tavsiyanomalar beradi va konvensiyalar tayyorlaydi, o`z huquq doirasida xalqaro ekologik konferensiyalar chaqiradi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda ekologik bitimlar tuzadi.
Aniq bir turdagi ekologik masalalarni BMTning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari olib boradi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar BMT Nizomining 57- moddasiga muvofiq davlatlararo tuzilgan bitimlar orqali tashkil etiladi va o`zlarining ta'sis hujjatlariga binoan bevosita yoki bilvosita ekologik masalalar bilan 63-moddasida ko`rsatib o`tilgan qoidalarga asoslangan holda shug`ullanadilar. BMT qoshida faoliyat ko`rsatayotgan 16 dan ziyod ixtisoslashgan tashkilotidan quyidagilari atrof tabiiy muhit muhofazasiga doir masalalar bilan bevosita shug`ullanadilar.
YUNEP - BMTning atrof muhit bo`yicha dasturi 1972 yil 15 dekabrda tashkil topgan bo`lib, u Afrika qit'asidagi Keniya davlatining poytaxti Nayrobi shahrida bosh shtabi joylashgan. Bosh Assambleya rezolyutsiyasiga muvofiq tashkil etilgan.2 YUNEP ning uchta bo`limi boshqaruvchilar Kengashi, atrof muhit muhofazasini muvofiqlashtiruvchi Kengash va atrof muhit Jamg`armasi mavjud. Xal qiluvchi masalalar boshqaruvchilar Kengashi tomonidan ko`rib chiqiladi va amalga oshiriladi. Shu kunda uning kun tartibiga 8 yo`nalish bo`yicha ekologik masalalar kirgazilgan:


1 Hakimov N.H., Abirqulov Q.N., Rajabov N., Islomov A.A. Atrof muxit muxofazasi. O‘quv qo‘llanma. T.: 2010., 122b
2 O`sa erda.122b

  • atrof muhit sanitariyasi, aholi punktlari va kishilar salomatligi;

  • yer va suv muhofazasi, saxrolanishni oldini olish;

  • okeanlarni muhofaza qilish;

  • tabiat, yovvoyi hayvonlar va genetik resurslar muhofazasi;

  • energetik muammolar;

  • ekologik o`quv va mutaxassislarni tayyorlash;

  • tabiiy resurslar savdosi, iqtisodi va texnologiyalar;

  • xalqaro va milliy qonunchilikni kodifikatsiyalash va unifikatsiya-lash. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar yordamida O`zbekiston

Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlashning milliy dasturi va 10 dan ziyod milliy ekologik qonunlar ishlab chiqildi. O`zbekistonda ekologik axborot tizimi YUNEP/GRID - ARENDAL (Norvegiya) loyihasi tayyorlandi.
O`zining ekologik funksiyalari bilan YUNEP ga yaqin bo`lgan BMT tashkilotlaridan biri YUNESKO, ya'ni madaniyat, fan va moarif masalalari bo`yicha tashkilot. YUNESKO 1948 yil tashkil topgan va uning Nizomiga muvofiq atrof tabiiy muhit muhofazasiga doir quyidagi masalalarni xal qilishda faoliyat yurgazadi:

  • 100dan ortiq mamlakatlar ishtirok etadigan xalqaro ekologik dasturlarga rahbarlik qilish. Shular qatorida O`zbekiston Respublikasida faoliyat yurgazib kelayotgan "Inson va biosfera" (MAB), Tabiat muhofazasiga doir xalqaro maorif dasturi, Xalqaro gidrologik dastur (1995 yildan buyon YUNESKO va Germaniya fan va texnologiyalar vazirligi loyihasiga binoan Orol dengizi atrofidagi yer usti va osti suvlarini baholash va modellashtirish ishlari olib borilmoqda) va hokazo;

  • tabiiy obyektlar muhofazasini hisobga olish va tashkil etish. Shunga asosan Yer kurrasining turli burchaklarida biosfera qo`riqxonalari tashkil etilgan. Biosfera qo`riqxonalarini tashkil qilish, ularda atrof muhitga inson faoliyatining ta'sir etish darajasining monitoringini olib borish YUNESKOning universal dasturi asosida amalga oshiriladi. O`zbekiston hududida 1995-yildan buyon Chotqol tog`-o`rmon biosfera qo`riqxonasi yagona biosfera qo`riqxonalar tizimida ishtirok etib kelmoqda. Ammo uning faoliyati YUNESKO dasturining 3 tabaqali tegralash

bo`yicha qo`riqxona ishini tashkil qilish talabiga xanuzgacha javob bermaydi. Biosfera qo`riqxonasi-qo`riqxona, bufer (himoya) va yadro tegralariga ajratilmagan. Qo`riqxonadagi bunday tashkiliy ishlarni amalga oshirish ma'lum darajadagi moliyaviy qullab quvvatlashni taqazo qiladi, albatta.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) eng birinchilar qatori tuzilgan (1946-yil) BMT ning tashkiloti bo`lib, u atrof tabiiy muhitning salbiy o`zgarishi natijasida insonlar salomatligi holati, uni saqlash va mustahkamlashga o`z faoliyatini qaratadi. JSST quyidagi ekologik vazifalarni amalga oshiradi:

  • atrof tabiiy muhitning sanitar-epidemologik monitoringini olib borish;

  • atrof muhit holatiga qarab kishilarda kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishi bo`yicha ma'lumotlar to`plash va ularni umumlashtirish;

  • atrof muhitning sanitar-gigiyenik ekspertizasini olib borish va uning sifatiga baho berish;

  • shaharlarda inson salomatligi masalalarini tadqiq qilish;

  • rekreatsion tabiiy mintaqalar va ularda aholini xordiq chiqarish chora- tadbirlarini olib borish.

FAO oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti 1945 yilda tuzilgan bo`lib, uning qarorgohi Rim shahrida FAOning ekologik faoliyati xalqaro tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish orqali Yer yuzida kundan kunga ko`payib borayotgan aholini oziq-ovqatga bo`lgan talabini qondirish. FAOning sayl harakati orqali "Dunyo tuproq xaritasi" tuzilgan, "Umumjahon tuproq xartiyasi" qabul qilingan, aholini joylashtirish, oziq-ovqat muammolari, saxrolanishga qarshi qurash, suv resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish mavzusidagi bir qator xalqaro anjumanlar o`tkazmoqda.
Huqumatlararo dengiz kengashi tashkiloti (XDK) 1948 yilda tuzilgan bo`lib, uning qarorgohi London shahrida. XDK dunyo okeani va dengiz-larda suv transportidan foydalanishning ekologik xavfsizlik darajasini ta'minlab berishda faol ishtirok etmoqda hamda ularning ifloslanishiga qarshi kurash bo`yicha bir qator konvensiyalar ishlab chiqqan. Bu tashkilot o`z tarkibiga 100dan ziyod
mamlakatlarni birlashtirib, dengiz suvlarini muhofazasiga doir asosiy xalqaro prinsiplar va uning siyosatini olib boradi.
JMT-Jahon meteorologik tashkilot 1947 yilda tuzilgan bo`lib, uning qarorgohi Jeneva shahrida. JMTning maqsadi insonlarning xo`jalik faoliyatini planetamiz iqlimiga ta'sir ko`rsatish darajasini tadqiq qiladi va ularga oid materiallar to`playdi. U atrof muhitning global monitoring tizimi (AMGMT) bo`yicha JMT, JSST, FAO, YUNESKO tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat yurgazadi. Bu tizimni YUNEP tashkiloti muvofiqlashtirib turadi.1
AMGMT harakatdagi 5 dasturni muvofiqlashtirib turadi:

  • atmosfera havosi holatining monitoringi;

  • ifloslantiruvchi moddalarning uzoq masofalarga ko`chirish;

  • inson salomatligi;

  • Dunyo okeanlari;

  • quruqlikdagi resurslarni tiklash.

O`zbekiston Respublikasi AMGMT dasturi bo`yicha tuzilgan "Iqlimni o`zgarishi to`g`risidagi Konvensiya"ga 1993-yildan boshlab a'zo. Hozirgi kunda ushbu Konvensiyani 59 mamlakat ratifikatsiya qilgan. 1996 yil 12-14-noyabrda Toshkent shahrida o`tkazilgan ushbu Konvensiya bo`yicha seminar yig`ilishida quyidagi masalalar ko`rib chiqildi:

  • iqlimni o`zgarishi to`g`risidagi Konvensiya bilan Markaziy Osiyo davlatlari va nodavlat tashkilotlarini tanishtirish;

  • Konvensiyaga qo`shilmagan mamlakatlarni jalb qilish;

  • Markaziy Osiyo davlatlariga BMT, xususan YUNEP ning yordam ko`rsatish yo`llarini aniqlash;

  • Uzboshgidromet va boshqa respublikalar gidrometeorologik xizmatlaridan arid (quruq) iqlim sharoitlarida iqlimga sanoat ta'sirini aniqlash metodikalarini takomillashtirish.

BMTning Tabiiy ofatlarni bartaraf etishga yordam ko`rsatish bo`yicha byurosi - (YUNDRO) turli davlatlar va tashkilotlarga tabiiy ofat natijasida yuzaga
kelgan ekologik inqiroz holatida yordam ko`rsatishni tashkillashtiradi va olib boradi.1 Byuro Yer yuzasida sodir bo`layotgan tabii ofatlar bo`yicha ma'lumotlar bankiga va har bir salbiy ekologik jarayonni oldini olishning aniq tadbirlarini qo`llash tavsiyanomalariga ega.
1948-yilda tashkil topgan Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofazalash xalqaro ittifoqi (TMXI) nodavlat tashkiloti 100dan ziyod davlat va 500 dan ziyod nodavlat tashkilotlarni a'zo qilib olgan. TMXIning asosiy vazifasi unga a'zo bo`lib kirgan mamlakatlar va ularda faoliyat yurgazayot-gan tashkilot, birlashma, uyushma va fuqarolarning ekologik hamkorligini yanada rivojlantirish.
Bu tashkilot quyidagi masalalar bo`yicha faoliyat yurgazadi:

  • tabiiy o`simlik va hayvonot dunyosi hamda ekotizimlarni saqlab qolish;

  • noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot dunyosi turlarni hamda tabiiy yodgorliklarni saqlab qolish;

  • qo`riqxona, rezervatsiya, milliy tabiiy bog`larni tashkil qilish;

  • ekologik o`quvni tashkillashtirish.

TMXI tashabbusi bilan Yer sharida noyob, yo`q bo`lib ketayotgan yoki uni xavfi bor o`simlik va hayvon turlari bo`yicha "Qizil kitob" tuzil-gan va unga doimo qo`shimchalar kiritilib boriladi. "Tabiatni muhofaza qilishning Butunjahon strategiyasi" dasturi ishlab chiqilgan va bunga asosan O`zbekistonda "Biologik xilma-xillikni saqlab qolishning milliy strategiyasi va rejasi" ishlab chiqilgan.
MAGATE - atom energiyasi bo`yicha xalqaro agentlik 1957 yilda, atom energiyasidan harbiy va boshqa xalq xo`jaligi maqsadlarida keng foydalanishni bolash bosqichida tashkil etilgan davlatlararo tashkilot. Agentlikning Nizomiga binoan, uning maqsadi atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishga erishishga ko`maklashish va uni nazorat qilish MAGATE 34 mamlakatdan iborat boshqaruvchilar Kengashi orqali quyidagi ekologik masalalarni ko`rib chiqadi:

  • atom elektrostansiyalarni qurish va ishlatish qoidalarini ishlab chiqish;

  • ishlab chiqarish yoki loyihadagi atom elektrostansiyalarni ekologik xavfsizligini ekspertiza qilish;

  • atom qurilmalari va materiallarini atrof muhitga ta'sirini baholash;

  • radiatsion xavfsizlik me'yorlarini belgilash;

  • turli atom qurollarini sinash, unga tayyorlash yoki laboratoriya sinovlarini o`tkazish bo`yicha monitoringni olib borish.

MAGATE talablariga itoat etmaslik BMT Bosh Assambleyasi Xavfsizlik Kengashi qaroriga binoan Iroq va Eronga nisbatan qo`llanilgan yoki qo`llanilayotgan sanksiyalar orqali qarshi kurash chorasini tadbiq etishi mumkin.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilishda mintaqaviy (regional) tashkilotlarning ahamiyati juda katta. Chunki ular har bir mintaqaning konkret ekologik holatini, millatlarning azaliy yaqinligini, ekologik inqirozlarni bir-birlariga juda tezlik bilan ta'sir qilishini, diniy, ma'rifiy va madaniy yaqinlikni inobatga oladi.
Regional tashkilotlarga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Arab davlatlari ligasi (ADL), Afrika birligi tashkiloti (ABT), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT), Janubiy -Sharkiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Davlatlararo ekologik Kengash (DEK), Orol dengizi havzasi muammolari bo`yicha kengash va shu kabi mintaqaviy tashkilotlar kiradi.
OBSEga barcha Yevropa mamlakatlari, AQSH, Kanada va MDH a'zolari uning ishida ishtirok etadilar. Ushbu nufuzli regional tashkilot 1972-1975 yillarda Xelsinki shahrida bo`lib o`tgan uch bosqichli uchra-shuvlar va muzokaralar natijasida 1975 yil 1 avgustdan faoliyat yurgaza boshlagan tashkilot. OBSEning maqsadlaridan biri unga a'zo mamlakatlar doirasidagi hududlarda ekologik xavfsizlikni ta'minlash va bu sohada ular o`rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish. Xelsinkida imzolangan Yakuniy hujjatga muvofiq har qanday global masalalar bo`yicha uning qoidalarini bajarishni nazoratlash va muxokama qilish maqsadida uchrashuvlar o`tkazilib turiladi.
1995 yil 10-14 noyabrda Toshkent-Urgench shaharlarida OBSE ning atrof muhitni tiklash bo`yicha seminari bo`lib o`tdi. Bu seminarda BMTning YUNEP, PROON, JSST, MAGATE, MDH, Jahon banki hamda OBSEga a'zo 20 ta mamlakat,jumladan O`zbekiston Respublikasi ham qatnashdi. Bu seminar qarorida
Markaziy Osiyo respublikalarida insonlarni yashash huquqining asosiy elementlaridan biri bo`lgan ekologik xavfsizlikni to`laqonli ta'minlash bo`yicha olib borilishi kerak bo`lgan tadbirlar belgilanib olindi.
Arab davlatlari ligasi (ADL) – 1945-yilda tashkil qilingan bo`lib, 21 arab mamlakatlari va Falastin Ozodlik tashkilotining tabiiy resurslardan (ayniqsa neftdan) kelishgan holda foydalanish va sog`liqni saqlashning ekologik masalalarini ko`rib chiqadi.
Afrika birligi tashkiloti (ABT) – 1963-yilda Addis-Abebada bo`lib o`tgan konferensiyada tashkil etilgan. Ushbu regional tashkilot 50dan ziyod Afrika qit'asidagi mamlakatlarni ijtimoiy, iqtisodiy, ma'rifiy, madaniy, harbiy masalalarda birlashtirib turadi. Ekologik muammolardan hayvonot va o`simlik dunyosining rang-barangligini saqlab qolish bo`yi-cha milliy bog`lar tashkillashtirish va ularni muhofaza qilishning yagona rejasi ishlab chiqilgan.
Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) – 1947-yili Rio-de-Janeyroda tashkil topgan bo`lib, 27ta Lotin Amerikasi davlatlari va AQSH kiradi. Uning tarkibida atrof muhit muhofazasiga doir ixtisoslashgan tashkilot mavjud bo`lib, uning asosiy maqsadi Amerika qit'asidagi biologik xilma-xillikni saqlashdir.
Janubiy-Sharkiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) - shu kunda o`zining tarkibida yettita mamlakatni birlashtiradi. Bali shahrida imzolangan Nizomga muvofiq ekologik va sanitar holatni sog`lomlash-tirish bo`yicha hamkorlik qilish yo`llarini topish va ularni amaliy tadbiqini joriy qilish uning asosiy ekologik maqsadidir.
Davlatlararo ekologik kengash (DEK) – 1992-yil 8 fevralda mustaqil davlatlar hamdo`stligi (MDH) rahbarlarining Moskvada bo`lib o`tgan kengashida tasdiqlangan. O`zbekiston uning to`la huquqli a'zosi sifatida Sobiq Ittifoq mamlakatlari bilan atrof muhitni muhofaza qilishni kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan sa'y harakatlarini ko`zlab faoliyat yurgazadi.
DEK ka a'zo 10 davlat rahbarlari tomonidan imzolangan Kelishuvga muvofiq (1-modda) uning a'zolari o`z hududlari uchun atrof muhitni muhofaza
qilish dasturlarini ishlab chiqadilar va shu asosda huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy baza yaratadilar hamda o`zaro hamkorlik qiladilar.
1993-yil mart oyida Qozog`istonning Qizilo`rda shahrida bo`lib o`tgan Markaziy Osiyodagi besh davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari bo`yicha Davlatlararo Kengash va uning Ijroiya qo`mitasi hamda Orolni qutqarish Xalqaro fondi tashkil etildi.
1994-yil Nukus, Tashhovuz 1995 va 1997-yillarda Olmati shaharlarida BMTning ishtirokida bo`lib o`tgan uchrashuvlarda Nukus va Olmati deklaratsiyalari qabul qilindi. Ushbu uchrashuvlarda Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlarning Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish rejalarini ishlab chiqildi. 1998 yilni ushbu Kengash BMTning shafeligida atrof muhitni muhofaza qilish yili deb e'lon qilishni ham taklif qildi. O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning taklifiga binoan Markaziy Osiyo mintaqasi ekologik va yadroviy xavfsizlik mintaqasi deb e'lon qilindi va bu region yadro qurolidan holi tegra deb e'tirof qilindi.
Atrof tabiiy muhit muhofazasiga doir faoliyat yurgazayotgan tashki- lotlardan tashqari doimiy ravishda ekologik yo`nalish bo`yicha faoliyat yurgazib kelayotgan va o`zining ekologik harakatiga ko`pgina davlatlarni jalb qilayotgan xalqaro konferensiyalarning atrof muhit muhofazasidagi ahamiyati juda kattadir. Ular orasida 1972 yil atrof muhit bo`yicha BMTning Stokgolm konferensiyasi, 1975 yil Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Kengashi, 1986yil OBSE davlatlari boshliqlarining Vena uchrashuvi, 1992yil BMTning atrof muhit va rivojlanish bo`yicha Rio-de-Janeyro konferensiyasi, 1999 yil YEXHTning Istambul sammiti alohida o`rinda turadi.
Xalqaro ekologik jamg`armalar (fondlar) - tabiatni muhofaza qilish, atrof muhitni sanitar va gigiyenik holatini yaxshilash va ekologik dasturlarni moliyaviy ta'minlash kabi maqsadlarni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan ekologik jamg`armalar. Faoliyat yurgazish va amaliy harakat qilish ko`lamiga ko`ra ular umumjahon, regional va regionalaro turlarga ajratadilar.1


1 Nigmatov. O`zbеkiston Rеspublikasining ekalogiya huquqi.T.:-T.TDYuI 2004.,296b
Umumjahon ekologik jamg`armalarga BMTning YUNEP tashkiloti qoshidagi "Atrof muhit jamg`armasi"ni olsak bo`ladi. Bu jamg`arma o`zining pul mablag`larini BMTga a'zo davlatlarning badal to`lovlaridan, xalqaro tabiiy obyektlardan davlatlarning maxsus foydalanganlik uchun yig`ilgan to`lovlaridan, xalqaro Gaaga sudi qaroriga binoan atrof muhitga yetkazilgan zararlarni xalqaro ekologiya huquqi subyektlari tomonidan iqtisodiy qoplash bo`yicha to`lovlardan, yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan xayriyalardan va turli tuman lotereya, shou, sport o`yinlari kabi tadbirlardan tushgan pul yig`imlaridan to`ldirib boradi. Uning mablag`lari faqatgina atrof muhit muhofazasi va sanitar-epidemiologik holatini yaxshilashga yo`naltiriladi. Bu jamg`arma orqali Markaziy Osiyo mamla- katlariga 1994-2000-yillarda bir necha yuzlab millionlik AQSH dollarida Orolni qutqarish bo`yicha moliyaviy va moddiy yordam ko`rsatilgan.
Regionlararo ekologik jamg`armalar turiga Minsk shahrida qarorgohi bo`lgan MDH mamlakatlari orasida tashkil qilingan va Xalqaro Iqtisodiy Kengash (XIK) davlatlarining badal to`lovlari asosida tashkil qilingan "Xalqaro ekologik jamg`arma" kiradi. Uning nizom kapitali 60 mln. rubldan iborat. Yiliga unga a'zo mamlakatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasi, yalpi milliy daromadning 0,05% miqdorida pul mablag`larini o`tkazib turadilar. Jamg`arma XIK davlatlarining o`zaro Kelishuviga binoan (1-modda) tuzilgan Milliy ekologik dasturlarini moliyalab turadi.
XIKning keyingi yillarda o`tkazgan Oliy darajadagi uchrashuvlarida xalqaro ekologik jamg`arma tomonidan moliyaviy yordam ko`rsatish kerak bo`lgan quyidagi obyektlar aniqlandi: Chernobil tegrasi, Amudaryo va Dnepr havzalari, Balxash ko`li, Qora, Azov, Kaspiy dengizlari, Orol bo`yi tegrasi.
Markaziy Osiyo mintaqasida juda faol harakat yurgazayotgan regional jamg`arma-xalqaro "Ekosan" jamg`armasi. Nodavlat notijorat Ekosan tashkiloti 1992-yil Toshkent shahrida tuzilgan bo`lib, hozirgi kunda uning 3 milliondan oshiq a'zosi, 34 ta mamlakatda 63 bo`linma va vakolatxonalari bor. Prezidium raisi, falsafa fanlari doktori, professor Shodimetov Yusup Shodimetovich.
Ekosan - grekcha tilidagi "ekos" va "sanos" so`zlar yig`indisidan tashkil topgan bo`lib, ekologiya va salomatlik degan ma'noni anglatadi.1 Uning vazifalari Markaziy Osiyo davlatlarida dolzarb ijtimoiy-ekologik muammolarni tadqiq qilish, ilmiy konsepsiyalarni ishlab chiqish va dastavval bajarilishi kerak bo`lgan muammolarga tadqiqotlarni yo`naltirish, ilmiy asoslagan ekologik siyosatni ishlab chiqish, ekologik xavfsizlikni yagona tizimini yaratish, ekologik, o`quv ong va madaniyatni shakllantirish, yagona region uchun iqtisodiy-ekologik tizimni tuzish borasida davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarning sayl harakatlarini birlashtirishdir.
Ekosan qoshida mashhur Rim klubining filiali Toshkent klubi ishlab turibdi. Uning a'zolari dunyoga mashhur olimlar, artistlar, mutaxassislar va davlat arboblari.
1992-yildan buyon 100 dan oshiq dasturlar va loyihalar (DAN -EKOSAN, SES-EKOSAN, Aspera...), konferensiyalar va munozara majlislar (Huquq, ekologiya va salomatlik; Transport, ekologiya va salo-matlik; Yoshlarni ekologik o`qitish muammolari...), xalqaro uchrashuvlar va missiyalar (Novro`z, ekologiya va salomatlik; Buyuk Temir, tabiat va inson; Orol bo`yi, Farg`ona, Navoiy, Surxandaryo viloyatlariga missiya-lar...) xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb qilish (PROON, YUNEP, YUNESKO, ESKATO tashkilotlari; Adenauer va A.Ebert jamg`armalari, O`rta Osiyo mamlkatlarida akkreditatsiyalangan chet el davlatlarining elchixonalari; MEFA, ABAKO, Aziya treyding kabi kompaniyalar; "EKOLOT" o`zbek-gretsiya qo`shma korxonasi...) kabi faoliyatlari hammaga ma'lum.
Markaziy Osiyo davlat rahbarlarini Qizilo`rda uchrashuvida 1993 yil 4 yanvarda Toshkent shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi tashkil qilindi. Jamg`arma davlatlararo tashkilot bo`lib, uning mablag`i ishtirokchilari (O`zbekiston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston, Turk-maniston respublikalari)ning yillik badal to`lovlari orqali tashkil qilinadi. Badal to`lovi har bir ishtirokchi mamlakat uchun budjetning 0,3 % miqdorida belgilangan. Uning


1 Nigmatov. O`zbеkiston Rеspublikasining ekalogiya huquqi.T.:-T.TDYuI 2004.,298b
ijroiya qo`mitasi tuzilgan bo`lib, jamg`arma raisi uch yillik muddatga, ketma-ketlik asosda, biron bir davlat Bosh vazirning birinchi o`rinbosari darajasida saylanadi. Jamg`arma prezidenti esa 1 yillik muddatga davlat rahbarlaridan saylanadi. 1997- 98 yillarda O`zbekiston birinchi Prezidenti I.Karimov saylandi.
Orolni qutqarish xalqaro jamg`armaning asosiy maqsadi Orol dengizi atrofidagi ekologik inqirozli holatni yumshatish va aholining sanitar-gigiyenik hayot tarzini yaxshilash.

Yüklə 208,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin