Ishningaprabatsiyasi.Bitiruv malakaviy ish Qarshi davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasida ma’ruza qilingan.
Ishning tuzilishi va tarkibi. Tadqiqot ishi o`z strukturasiga ko`ra kirish, ikki bob, bеsh paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iboratdir.
I-BOB. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilshning asosiy tamoyillari va manbalari
Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilshning asosiytamoyillari.
O`zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi qonunning 4-moddasida aniq qilib ko`rsatilgan ekologik prinsiplardan biri "Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg`unlashtirish"dir, chunki tabiatda sodir bo`ladigan jara-yonlar va holatlar, jamiyatdagidan farqli, na ma'muriy na tabiiy chegarani biladi. Qirg`izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi so`zsiz O`zbekiston va Qozog`iston Respublikalarida ekologik xavfsiz muhitga o`zining salbiy ta'sirini o`tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning "yashash huqu-qi"ning zaruriy elementlaridan biri bo`lgan ekologik xavfsiz muhit holatiga salbiy ta'sir etmoqda. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotining 50- sessiyasidagi ma'ruzasida Orol muammosini xalqaro miqyosda hal qilishni taklif etdi va uning salbiy oqibatlari nafaqat O`zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati uchun tahdid solayotgan dolzarb masala qilib ko`rsatgan edi.
Ekologiya huquqi manbalarining boshqa huquq sohasidagi manbalardan farqi yoki o`ziga xos tomoni - milliy ekologik qonunlarda xalqaro-huquqiy me'yorlarni ko`proq aks etganligidadir.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro muhofaza qilish deb insonlarning ekologik xavfsiz muhiti va davlatlarning bir me'yorda rivojlanishini ta'minlovchi xalqaro huquq prinsiplari, normalari va munosabatlari yig`indisiga aytiladi.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish XIX asrning boshlarida yuzaga keldi. Avvaliga bu masala ikki davlat o`rtasidagi tabiiy obyektlardan teng huquqli foydalanish ko`rinishida namoyon bo`lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o`rtasida tuzilgan umumiy shartnomalar tarkibidan joy olgan. 1913-yil 17-19-noyabrda Shveysariyaning Bern shahrida
bo`lib o`tgan xalqaro konferensiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasiga ko`tardi.
Shunday bo`lsada insoniyat tarixida ekologik muammolar XX asrning o`rtalarigacha mahalliy yoki milliy masalalar doirasidan o`rin olgan. Bu davrgacha davlat va jamiyat xavfsizligiga yoki ularning bir me'yorda rivojlanishi va inson huquqlariga global ta'sir qiluvchi muammolar turkumiga faqatgina harbiy va siyosiy masalalar kirgan. XX asrning ikkinchi yarmida, ya'ni ikkinchi jahon urushi yakunlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan masalalar jumlasiga ekologik muammolarni ham kiritdi. Shu asrning 60-70 yillarida "sovuq urush" oqibatida Yer kurrasidagi insonlar hayotiga tajovuz solayotgan uch muammo - yadro to`qnashuvi, yoppasiga tarqaluvchi kasalliklar va uchinchi o`rinda ekologik muammolar qo`yilgan bo`lsa, 90-yillarga kelib ekologik muammo va ularni xal qilish masalasi yetakchi o`rinni egallab oldi.
Rivojlanish va tabiatni muhofaza qilish bo`yicha Butunjahon Komissiyasi (Brundtlend) ma'ruzasida "xavfsizlik g`oyasi tubdan o`zgargani, endilikda davlatlarning milliy suverenitetiga xavf solayotgan siyosiy va harbiy masalalar toifasiga mahalliy, milliy, regional va global miqyosda namoyon bo`layotgan ekologik inqiroz hisobiga kengayishi kerak"1 deb bejiz aytilmagan.
Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta'minlash - atrof muhit sifatini tirik organizmlar uchun yetarli darajada ushlab turadigan, qayta tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllantirishni taqazo qiladi. Undan tashqari, ekologik xavfsizlikni ta'minlash uchun albatta butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining bir me'yorda rivojlanishi, ekologik siyosat tizimida davlatlarning integratsiyalanishini taqazo qiladi. Bu borada BMT, davlatlararo va nodavlat tashkilotlarining egallagan o`rni va ularning ekologik masalalarini yechimini topishdagi ahamiyati kundan kunga o`sib bormoqda.
XXI asr bo`sag`asida insonlarning ekologik ong va tafakkurida keskin o`zgarishlar davri bo`ldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Endilikda ekologik muammo har bir insonning qalbida va uning hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi mas'uliyat
1 Spravochnik ekologa-eksperta. – T.: Goskompriroda, 1997
hisi uyg`ona bormoqda. Lekin bu hissiyot amalda o`z ifodasini topa olmayapti. Odamzodning yagona yashash makoni Yer kurrasi ekanligi, atrof tabiiy muhit esa uning "o`tirgan shoxi" ekanligi, bu shoxni insoniyat o`z faoliyati natijasida sekin astalik bilan arralayotganligini ular tomonidan anglab olinishining o`zi katta ekologik qadamdir. Keyingi qadam esa xalqaro-huquqiy me'yorlarga asoslangan holda ekologik madaniyat va ma'rifatni o`stirish, davlat boshqaruv va na-zorat tizimida ekologik talablarni "birlamchi masalalar" turkumi darajasiga ko`tarishdir.
Insoniyatning ekologik tafakkurining shakllanishiga sababchi bo`lgan "Ekologiya" fanining yuzaga kelishi va bu sohadagi ilmiy izlanishlarning keng qamrovli olib borilish hamda atrof muhit holati bo`yicha ko`pgina ma'lumotlarni oshkora qilinishidir. So`ngi vaqtlar xalqaro "grand" uchrashuvlarida (Rio-de- Janeyro, 1992; Stambul, 1999...) aynan inson huquqlari va uni ta'minlab beruvchi asosiy omillardan biri bo`lgan ekologik xavfsizlik masalasi ularning kun tartibida asosiy joyni olmoqda.
1972-yil BMTning kishilarni o`rab turuvchi atrof muhit muammo-lariga bag`ishlangan maxsus Stokgolm (Shvetsiya) konferensiyasida xalqaro ekologik prinsiplar va harakatlar rejasiga doir Deklaratsiya qabul qilindi. Bu anjumanda BMTning atrof muhit bo`yicha dasturi - YUNEP tashkiloti tuzildi va Bosh Assambleyaning rezolyutsiyasiga binoan uning Markaziy qarorgohi Keniya poytaxti Nayrobi shahri etib tayinlandi. Stokgolm konferensiyasi xalqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga solish-ning asosiy ko`rinishlaridan bir -regional ekologik harakatlarga asos soldi.
Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yo`nalishda amalga oshirilmoqda:
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va millatla-raro hamkorlik va ulardagi ijobiy tajribalarni keng targ`ib qilish;
ma'lum bir geografik mintaqa (regionda) yoki cheklangan tegralarda tabiatni regional muhofaza qilishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliy tadbiq qilish;
global ekologik muammolarni yechimini topishda BMTning idoralari, davlat va nodavlat tashkilotlar orqali universal yo`llarni ishlatish.
Umuman olganda, atrof muhit muhofazasi xalqaro miqyosda nafaqat ekologik talablar orqali amalga oshiriladi, balki ular ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy talablarni ham o`z ichiga qamrab olgan holda shakllanadi. Lekin, nazariy jihatdan qaraganda tabiatni muhofaza qilish me'yorlari faqatgina xalqaro ekologik munosabatlarni inobatga olishi kerak. Chunki ekologik muammolar dunyoviy muammolar - inson huquqlari, iqtisodiy, energetik, yadro urushi, oziq-ovqat, ta'lim kabilar muaamolar bilan uzviy bog`langandir. Har biri ekologik munosabatlar bilan bevosita yoki bilvosita aloqadorlikda bo`lgani uchun ham mahalliy, regional, global masalalar qatoridagi yagona muammo bo`lib qarab kelinmoqda.
Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, har bir huquq sohasi jamiyatdagi ma'lum bir munosabatlarni tartibga solishda aniq qoida-prinsiplarga yon-doshadi. Milliy qonunchilikni ishlab chiqish va shakllantirishda bu prin-siplar har bir millat yoki davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'rifiy-madaniy, milliy an'analariga asoslangan holda belgilansa, xalqaro huquqda esa ikki va undan oshiq millat, xalq yoki davlatlarning umumiy manfaat-larini va eng avvalo inson huquqlariga yondoshgan tarzda belgilanib olinadi.
Xalqaro prinsiplar - xalqaro huquq subyektlari harakatlarining boshqaruv qoidalari. Xalqaro ekologik prinsiplar esa xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining, ya'ni subyektlarining, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va xalqaro huquq obyektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalari.1 Bu qoidalar xalqaro huquq me'yorlari zaminida yotishi va o`zaro munosabatlarni huquqiy me'yorlash va mexanizmini ishlab chiqishda yo`nalish beruvchi ko`rsatma tarzida xizmat qilishi kerak.
BMT Nizomining 2-moddasida ko`rsatib o`tilgan va uning hamma a'zolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro munosabat prinsiplari xalqaro ekologik prinsiplar zaminida yotadi. Xalqaro ekologik prinsiplar BMTning atrof muhitni
1 Hakimov N.H., Abirqulov Q.N., Rajabov N., Islomov A.A. Atrof muxit muxofazasi. O‘quv qo‘llanma. T.: 2010., 156б
muhofaza qilish bo`yicha o`tkazilgan Stokgolm (1972) va biologik xilma-xillikni saqlash bo`yicha o`tkazilgan Rio-de-Janeyro (1992) konferensiyalarida, Yevropada xavfsizlikni ta'minlashning yakuniy Xelsin-ki hujjatida (1975) va Umumjahon tabiat Xartiyasida o`z aksini topgan.
Xalqaro ekologik huquqiy prinsiplar qo`yidagilardan iborat:
Tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi. Bu prinsip BMT Bosh Assambleyasining 1962-yil 14-dekabrdagi avval "Tabiiy resurslarga nisbatan ajralmas suverenitet" va so`ngra, Stokgolm (1972) konferensiya-sining deklaratsiyalarida o`z ifodasini topgan. Bu prinsipga binoan har bir xalqaro huquq subyekti xalqaro munosabatlarda o`z tabiiy boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni milliy qonunchilik asosida olib borish huquqiga ega. Bu prinsipga binoan har bir mustaqil davlat tabiiy boyliklarni nafaqat egallash, foydalanish, balki tasarruf qilish huquqidan to`la foydalanish imkoniyati ochib berildi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi - deb ta'kidlagan edi mamlakatimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov, o`zining "O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarraqiyot kafolatlari" degan asarida - avvalam bor juda boy xom ashyo va tabiiy boyliklaridan o`zi bilganicha foydalanish huquqini paydo bo`lishidadir. Bunday foydalanish Chor Rossiya, so`ngra Sobiq Ittifoqi davridagi ekstensiv, ya'ni pala-partish va chala- yarim emas, balki mustaqillik davrida intensiv tarzda, ya'ni yuqori darajada samaradorlik bilan amalga oshirilmoqda. Milliy manfaatlar milliy qonunchilik asosida himoya qilina boshlandi va texnogen buzilgan landshaftlarni qayta tiklash talablarini keng joriy qilish imkonini berdi. Chunki har bir davlatning tabiiy resurslarga bo`lgan suverenitetligi, uning xalqi va fuqarolarining yashash huquqini ta'minlash, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi buyuk ma'suliyat-milliy ekologik xavfsizlikni ta'minlash hissini tadbiq qilish imkonini berdi. Turkiston o`lkasi, so`ngra O`rta Osiyo respublikalari Chor Rossiyasi yoki Sobiq Ittifoqning mehnat taqsimoti yoki iqtisodiy rivojlanish tizimidagi uzluksiz ta'minot va progressiv o`sish talablarini qondirishda tabiiy xom ashyo va arzon mehnat resurslari o`lkasi
bo`lganligi hech kimga sir emas. Shuning uchun ham bu "chekka o`lka"1 XXI asr bo`sag`asida ekologik inqirozli hududlar toifasiga kirib qolgan edi.
Davlatlar o`z yuridiksiyasidan tashqaridagi atrof muhitga zarar yetkazmaslik. Bu prinsip 60-yillarda oddiy bir xalqaro huquq me'yori sifatida ishlatilgan bo`lsa, 1972 yil Stokgolm konferensiyasida xalqaro ekologik hamkorlikning asosiy qoidalari toifasiga kirgazildi. BMTning Nizomiga binoan har bir davlat yoki xalqaro huquq subyekti o`z hududi yoki nazorat doirasidagi harakatlari o`zga hudud yoki nazorat doirasida turgan davlatlarga zarar yetkazmasligi kerak va bular uchun javobgardir.
Afsuski, ma'lum bir siyosiy yoki iqtisodiy sharoitlarda bu qoida o`z kuchini o`tkaza olmayapti. Bunga misol qilib Tojikiston Respublikasi Tursunzoda shahrida ishlab turgan Alyumin zavodini olsak bo`ladi. Bu zavod qo`shni Tojikiston iqtisodiyotiga katta ulush qo`shayotgan va respublika uchun valuta tushumini ta'minlovchi yagona korxona desak mubo-lag`a bo`lmaydi. Lekin uning faoliyati qo`shni O`zbekistonning ekologik xavfsizligiga salbiy ta'siri 40 ziyod turdagi ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishida ifodalanmoqda. Surxandaryo viloyatining shimoliy tumanlarida birgina ftor birikmalarining atmosfera havosi va tuproqlarda to`pla-ganlik darajasi sanitar normalardan 7,2 barobarga ko`pdir.
Insonlarning ekologik huquqining afzalligi. Bu prinsip bevosita inson huquqlaridan biridir. Chunki Yer yuzidagi barcha insonlar, ularning irqiy, milliy, diniy, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, yashash huquqiga egadirlar. Yashash huquqi esa inson huquqlarining birlamchi omilidir. BMT Nizomining 3-xat boshi 1-moddasiga binoan xalqaro hamkorlikni davlatlar "inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishlari va ularni rag`barlantirishni rivojlantirishlari" asosida olib borishlari kerak2.
Hamma bosqichda ekologik nazoratlash prinsipi yuqorida sanab o`tilgan xalqaro-huquqiy qoidalarni amaliy tadbig`ini kuzatib borish va kafillovchi institutlar tizimini yaratishni talab qiladi. Agarda xalqaro ekologik hamkorlik
1 I. Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari..- T.: «O`zbekiston», 1997, 112-b.
2 Международное право в документах. -М.:Юриздат, 1982.
me'yorlarini amaliy tadbiqi uning qatnashchilari yoki uchinchi bir vakolatli idoralar tomonidan nazorat qilinmasa, har qanday xalqaro hujjat deklarativ ko`rinishda bo`ladi va ular qog`ozda qolib ketadi. Bunday xalqaro nazorat institutini universal tarzda BMTning EKOSOS, YUNEP, YUNESKO, TMXI, JSST, XDK hamda MAGATE kabi umumiy yoki maxsus masalalar bo`yicha tuzilgan tashkilotlar yoki regional tarzdagi - OBSE, ADA, ABT, ADT, ASEAN kabi tashkilotlar olib borishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo mintaqasida maxsus vakolatli davlatlararo ekologik tashkilotni tuzish (masalan, "Turkiston bizning uyimiz", "Turk eko nazorat", "Turkistonda ekologik xavfsizlik") va uning qoshida qatnashuvchi davlatlardan nazorat, tergov va sud organlarini barpo etish zamon talabidir.
Ekologik axborot almashuvni erkinligi prinsipi xalqaro hamkorlik qatnashchilaridan o`z milliy chegaralarida yuz berayotgan atrof tabiiy muhitning salbiy o`zgarishlari haqida vaqtida axborot berib borishni nazarda tutadi. Chunki ekologik jarayonlar ma'muriy chegarani "tan olmaydi" va ular qo`shni mamlakatning ekologik xavfsizlik darajasiga salbiy ta'sir etishi mumkinligini e'tirof etadi. O`z paytida va tezkor olingan axborot ekologik xavfni oldini olish va uni birgalikda yoki xalqaro hamjamiyat yordamida bartaraf qilish imkonini beradi.
O`zaro ekologik konsultatsiyalash prinsipi bundan oldini axborotlash prinsipini davomi desak bo`ladi. Konsultatsiyalash yoki maslahatlash prinsipi- yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatini keng yoyilishini oldini olish va uni bartaraf qilishning xalqaro strategik maqsad va taktik vazifalarini aniqlab olish, unga qarshi kurashishning chora-tadbirlar qo`lami va yo`llarini aniqlashtirishga imkon beradi.
Ekologik inqirozli holatda davlatlarning o`zaro yordam ko`rsatish prinsipi davlatlarning o`zaro gumanitar yordam ko`rsatish va oqibatda o`z milliy xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan harakatlar toifasiga kiradi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan "Orol muammosi"ni xal qilishda 100dan ziyod davlat yoki nodavlat tashkilotlarning ishtirok etishi va keyingi 10 yil mobaynida ularning yuz
millionlab AQSH dollari miqdorida bizlarga moddiy yordam ko`rsatishlari bunday olijanob prinsipni amalda qo`llanilayotganiga aniq bir misol bo`la oladi.
Huquqiy-ekologik nizolarni tinchlik bilan xal qilish prinsipi xalqaro huquq subyektlari orasida ushbu nizolar orqali atrof tabiiy muhitga yanada ko`proq zarar yetkazuvchi "sovuq urush"larni yoki harbiy to`qnashuvlarni oldini olishga qaratilgandir.1 Zamon talabi har qanday salbiy jarayonlarni diplomatik vositalar orqali xal qilish va davlatlarning butun kuchini har qanday urushlarga emas, balki insonlarga xavf solayotgan ekologik inqirozlarga sarf qilishlarini da'vat qiladi.
Xulosa qilib aytganda BMT Nizomining 2-moddasida ko`rsatib o`tilgan va uning hamma a'zolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro munosabat prinsiplari xalqaro ekologik prinsiplar zaminida yotadi.