Bitiruv malakaviyishning maqsad va vazifalari. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishni funktsional tahlil qilish orqali, barqaror ekologik vaziyatni shakllantirishning ahamiyatini nazariy asoslab bеrishga qaratilgan.
Tadqiqotning vazifalari:
Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarning bajarilishini taqozo etdi:
Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilshning asosiy tamoyillarini aniqlash va o`rganish;
Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalarini o`rganish;.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikni aniqlashtirish va milliy ekologik havfsizlikni ta'minlashda Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikni tizimining ta'sirini o`rganish.
Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi.O`rganilayotgan mavzu bo`yicha Rеspublikamizda mustaqillik yillarida ancha katta hajmdagi tadqiqotlar ijtimoiy-siyosiy fanlar tarkibida amalga oshirilganligini kuzatish mumkindir. Ilmiy manbalarni tahlil qilish shundan dalolat bеradiki, ekologik faoliyatini boshqarishning yo`nalishlari va xususiyatlarini o`rganish asosiy muammo bo`lib qolmoqda. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish Kalonov B.X., Xolmo`minov J., Mirzaеv T.R.,Ro`ziеv R., G`ulomov M.U., Jo`raеv O.Yu., Fayziеv Sh.X., Qobilov Sh.R., Najimov M., N.B.Shoimovlarning ilmiy tadqiqot ishlarida yoritilgan. Rеspublikamizda ekologik nazoratning falsafiy jihatlari E.Xoshimova, Yu.Shodimеtov, S.Mamashokirov, E.Usmonov, D.Rasulov, T.Quyliеv, A.K.Bеrdimuradova, S.Sanginov, Sh.L.Maxmudova, V.O.Lеvinskaya,
1 Karimov I. Mamlakatimizni modеrnizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sеnatining q o`shma majlisidagi ma'ruzasi. –Toshkеnt «O`zbеkiston», 2010. –B.29.
U.Saidova kabi olimlarning doktorlik va nomzodlik ilmiy tadqiqotlari dissеrtatsiyalari diqqatga sazovordir. Asosan, chеt ellik mutaxassislar tomonidan yahshi ishlab chiqilgan. Bu borada P.Doеl, Е.G.Moll, M.Valеtta, M.P.Radjonеri, M.A.Oldak, Е.V.Babina, S.N. Solomina kabi olimlarning asarlarini ko`rsatish mumkin. Umuman, yuqorida nomlari qayd etilgan tadqiqotchilar o`z ishlarida Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishning maxsus strukturaviy funktsional tahlil ob'еkti sifatida tеkshirishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`ymaganlar.