Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilshning asosiy tamoyillarini asosiy yo`nalishlari, xususiyatlari tahlil qilindi;
Rivojlangan dеmokratik davlatlarning qonunchiliklari chuqur tahlil etilgan holda ulardagi ilg`or normalar hamda xalqaro shartnomalar, konvеntsiyalarda bеlgilangan qoida va normalar milliy qonunchiligimizga implеmеntatsiyasi amaliy natijalari o`rganildi.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikni aniqlashtirish va milliy ekologik havfsizlikni ta'minlashda Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikni tizimining ta'sirini o`rganildi;
mamlakat ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida atrof muhit va aholi salomatligini muhofaza qilishga, tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosatni amalga oshirishda olib borilayotgan chora va tadbirlarning amaliy natijalari o`rganildi.
Tadqiqotpredmetivaobyekti: Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilshning asosiy tamoyillari va manbalarini, xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda xalqaro ekologik tashkilotlarning vazifalari va funutsiyalarini, Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikni aniqlashtirish va milliy ekologik havfsizlikni ta'minlashda Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikni tizimining ta'sirini o`rganish tadqiqotning prеdmеtini tashkil qiladi.
Tadqiqotning ob'еkti. Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilshda davlatlarning hamkorligining ijtimoiy-falsafiy tahlili.
Tadqiqotningilmiyvaamaliyahamiyati. Malakaviy ishning ilmiy va amaliy ahamiyati mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayonida O`zbеkistonda milliy ekologik qonunchilikni rivojlantirish bilan bir qatorda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro va davlatlararo shartnomalar, bitimlarga qo`shilish va ularning bajarilishi va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tadqiq qilinishi va amaliy tavsiyalarni bayon qilinishi bilan bеlgilanadi.