Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat universiteti tarix va madaniy meros fakulteti 5-1 arx-17 guruh Arxivshunoslik yo’nalishi arxiv evristikasi fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Doimiy saqlanadigan yig’ma jildalar ro’yxatlari


Ma’lumotnoma kartotekalari, axborot-qidiruv massivlari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə3/9
tarix02.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#106229
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Doimiy saqlanadigan yig’ma jildalar ro’yxatlari.

Ma’lumotnoma kartotekalari, axborot-qidiruv massivlari

Ro‘yxatdan o‘tkazish-nazorat kartochkalari kartotekalarga joylashtiriladi. Ma’lumotnoma kartotekasi ikki qismga: bajarilgan va bajarilmagan hujjatlarga bo‘linadi.
Kartotekaning birinchi qismi bo‘limlari va ruknlari hujjatlar yig‘majildi nomenklaturasi bo‘limlari va ruknlariga muvofiq bo‘ladi, ya’ni kartoteka bo‘limlari muassasaning tarkibiy bo‘linmalariga, ruknlari esa — hujjatlar yig‘majildi sarlavhalariga va ularning nomenklatura bo‘yicha indekslariga muvofiq keladi. Korrespondentlar, tarkibiy bo‘linmalar (ijrochilar)ning nomlari yoki oyning kuni ijro etilmagan hujjatlardagi kartotekaning ikkinchi qismi bo‘limlari hisoblanadi.
39. Ikkinchi qism bo‘limlaridagi kartochkalar hujjatlarning ijro etilishiga ko‘ra, ularga qo‘yilgan zaruriy belgilar bilan kartoteka birinchi qismining tegishli bo‘limiga va rukniga qayta joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
. Aniq vazifalarga ko‘ra tashkilotlarda, ma’lumot kartotekalaridan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha kartotekalar va idoraviy normativlarga, buyruqlarga, qarorlarga tematik kartotekalar tashkil etilishi mumkin.

  1. (40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)

Hisobga olish kartochkalari hujjatlarni mashinada ishlashda hujjatlarning vazifalari, nomlari va kodlari bo‘yicha, har qaysi turning ichida esa — bo‘linmalarning tartib raqamlari yoki nomlari bo‘yicha turkumlanishi mumkin.
Hisobga olinadigan hujjatlar katta hajmda bo‘lganda tez-tez bo‘ladigan so‘rovlarga tegishli ravishda hujjatlarni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish maqsadga muvofiqdir.

  1. IV. HUJJATLARNING IJRO ETILIShI USTIDAN NAZORATNI TAShKIL QILISh

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni nazorat qilish hujjatni nazoratga qo‘yishni, tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari bo‘yicha nazorat qilish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishni, ijroning borishini dastlabki tekshiruvni va taxlilini, hujjatlar ijrosini nazorat qilish natijalarini hisobga olish va umumlashtirishni, rahbariyatni xabardor qilishni, o‘z vaqtida va sifatli ijroni ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsan javobgarlik choralarini ko‘rishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ro‘yobga chiqarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan Asosiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Nazorat qilish bo‘yicha asosiy ishlar quyidagi sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi:
1-sxema — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning apparati xodimlarining topshiriqlari ijro etilishi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etish (1-Ilova);
2-sxema — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini tayyorlash, ijro etish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etish (2-Ilova);
3-sxema — vazirliklar va idoralar apparatiga kelib tushgan xat-xabarlarning hisobga olinishi, harakati va ularning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil etish (3-Ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
4-sxema — vazirliklar va idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni tashkil etish va ularning ijrosini nazorat qilish (4-Ilova).
(42-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
43. Tashkiliy-boshqaruv hujjatlarining ijro etilishini nazorat qilish tashkilot rahbariyati topshirig‘i bo‘yicha ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘lim, kanselyariya tarkibiga kiruvchi maxsus xizmat, maxsus tayinlanadigan guruh yoki shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin