Yengilmodellashtirishuslubi, ya’ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi.
Tarkibiyuslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborotlardan foydalaniladi.
Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan ya’ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan holda modellar yaratiladi.
Rasmiystatistikako‘rsatkichlariniturliqaytavaqo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyotni va uning alohida elementlarini baholash1.
Xufyona xo‘jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois, xufyona iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash muammosi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
monetarusul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risidagi gipoteza asosida quriladi (naqd pul massasi harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlari haqida fikr yuritish imkonini beradi);
xarajatlarvadaromadlarbalanslariusuli, unda deklaratsiya qilinadigan daromadlar va xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste’molining real hajmlari bilan taqqoslanadi;
bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib kelayotgan ro‘yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (ro‘yxatga olinmagan ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlaridan bilvosita dalolat beradi);
texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning ma’lum texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, iste’mol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslanadi);