Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy global muammolar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə99/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy global muammolar


Xalqaro jinoiy faoliyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi dunyoni “boy Shimol” va “kambag‘al Janub”ga bo‘linishining qo‘shimcha oqibatidir. Bir tomondan G‘arbning rivojlangan mamlakatlari (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya)ning yetarli darajada boy aholisi “to‘qlikka – sho‘xlik” qilib, odob-ahloqqa to‘g‘ri kelmasa ham, eng nozik iste’mol ehtiyojlarini qondirishadi. Xippi va san’at ahli uchun narkotiklarga, burjua oliftalari uchun san’at buyumlariga, farzandsiz oilalar uchun yosh bolalarga talab shu mamlakatlardan chetdagi kapitalizmning jinoiy guruhlari tomonidan qondirilib kelinmoqda. Ikkinchi tomondan, chet (pereferiya)dagi kapitalizm mamlakatlari g‘arb sivilizatsiyasining ko‘pgina mahsulotlariga (nufuzli iste’mol tovarlari, zamonaviy qurollar) ehtiyoj sezadilar, lekin ularni qonuniy bozorlarda sotib olish uchun yetarli mablag‘ga ega emaslar. Ushbu tovarlarni endi rivojlangan mamlakatlardagi jinoiy tashkilotlar taklif etadilar.
Natijada rasmiy jahon bozoriga parallel ravishda, asosan chet (pereferiya)dagi kapitalizm mamlakatlari tomonidan nazorat qilinadigan, noqonuniy jahon bozori shakllanib boradi. Noqonuniy jahon bozoriga taqiqlangan tovarlar (narkotiklar, qurol-yarog‘) kontrabandasi, va umuman qonuniy (olmos, sigareta, avtomobil), hamda qalbaki tovarlarning qonuniy savdosi va noqonuniy migratsiya kiradi.
Qurol-yarog‘ni noqonuniy sotish. 1990-yillarda yashirin qurol- yarog‘ bozorining o‘rtacha yillik aylanmasi “noqulay” (tinchlik) yillari 1-2 mlrd.AQSh dollari miqdorida, yuqori o‘sish cho‘qqisi (masalan sobiq Yugoslaviyadagi urush davrida) vaqtida 5-10 mlrd.AQSh dollari miqdorida bo‘lgan. Taqqoslash uchun aytish lozimki, AQShdan (jahon qurol-yarog‘ bozorining yetakchisi) oddiy qurol-yarog‘ni turlarining rasmiy eksporti taxminan 10 mlrd.AQSh dollarini tashkil etadi.
Noqonuniy qurol-yarog‘ bozori ikki turga bo‘linadi: jinoiy, mafiyali (“qora”), va kvazi-jinoiy (“kul rang”). Birinchi bozorda asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi; katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari, vertolyotlar) ulgurji savdosida asosan hukumatlarning maxsus xizmatlari yoki yirik qonuniy biznes ishtirok etadi (qarang:10.2.1- rasm).




Kvazi-jinoiy (“kul rang”)







Rasmiy maxsus xizmat va biznes ishtirokida katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari, vertolyotlar) ulgurji savdosi





Jinoiy, mafiyali “qora” bozor







asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi







Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin