10.2.2-rasm. O‘zbekistondan “ish” safari maqsadi bilan chiqib ketgan fuqarolar soni195.
195 Меҳнат мигрантлари ва тенденциялар //https:// uzanalytics com iqtisodi% D0%B5t/ graphics /4423/
Ish topish maqsadidagi migratsiya geografiyasi so‘nggi 5 yilda o‘zgara boshladi hamda AQSh, Turkiya, Isroil, Janubiy Koreya, BAA va Qozog‘istonga ishchilar oqimi tobora o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Qariyb 95 foiz pul o‘tkazmalari mehnat migratsiyasining “ajoyib yettilik”ka kiruvchi mamlakatlaridan jo‘natilgan (qarang: 10.2.1-jadval). Ish topish maqsadida Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar soni yiliga 850 ming – 1 million kishi bo‘lib turgan paytda boshqa mamlakatlarga ketayotgan mehnat migrantlari oqimi tobora oshib bormoqda. 2018 yilda Rossiyadan yuborilgan pul 2 foiz kamaygan bo‘lsa, qolgan mamlakatlardan jo‘natilgan o‘tkazmalar ulushi ortdi.
10.2.1-jadval O‘zbekistonga jismoniy shaxslarning transchegaraviy pul
o‘tkazmalari (2016-2018 y.), mln.AQSh dollari196
-
JAMI
|
2016
|
2017
|
2018
|
3780,7
|
100%
|
4896,6
|
100%
|
5114,1
|
100%
|
Rossiya
|
2998
|
79.3%
|
3907,3
|
79,8%
|
3963,1
|
77,5%
|
Qozog‘iston
|
248,9
|
6.6%
|
317,9
|
6,5%
|
320
|
6,3%
|
AQSh
|
150
|
4.0%
|
162,5
|
3,3%
|
203,8
|
4,0%
|
Turkiya
|
98,4
|
2.6%
|
150,1
|
3,1%
|
188,4
|
3,7%
|
Koreya Respublikasi
|
49,9
|
1.3%
|
64,4
|
1,3%
|
108,3
|
2,1%
|
BAA
|
34,1
|
0.9%
|
353
|
0,7%
|
54,5
|
1,1%
|
Isroil
|
20,7
|
0.5%
|
2,4
|
0,7%
|
34,2
|
0,7%
|
Boshqa mamlakatlar
|
180,7
|
4.8%
|
227
|
4,6%
|
241,8
|
4,6%
|
Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari dinamikasi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu o‘tkazmalarning umumiy miqdori Rossiya fuqarolari va norezidentlar – O‘zbekiston fuqarolari jo‘natgan mablag‘lardan iborat. Pulning aksariyat qismini O‘zbekiston fuqarolari (norezidentlar) jo‘natgani yuqoridagi grafikdan ham ko‘rinib turibdi. O‘tgan 10 yillik dinamikaning ko‘rsatishicha, 2009 yildan 2013 yilgacha pul o‘tkazmalari miqdori barqaror o‘sib, yiliga
196 O‘sha yerda
6,69 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Lekin undan keyingi 3 yil ichida bu ko‘rsatkich 2,74 milliard dollargacha kamaydi. Bunga Rossiyada yuz bergan iqtisodiy inqiroz va 2014 yilda rublning keskin qadrsizlanishi sabab bo‘ldi. 2016 yildan boshlab 2018 yil oxirigacha Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori atigi 4 milliard dollarga yetdi197.
Endilikda, xalqaro migrantlarning huquqlarini himoya qilish va migratsion jarayonlarni samarali, oqilona va barqaror boshqarish vositalarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Narkobiznes. Taqiqlangan narkotik moddalar jahon bozori sayyoramizdagi eng katta bozorga aylanib, jahon neft bozori bilan tenglashish darajasigacha bordi. Ekspertlarning baholashlari ko‘ra narkotik moddalari aylanmasi jahon savdo aylanmasining 8 foizini tashkil etadi. Xalqaro narkobiznesning ishtirokchilari bo‘lib transmilliy mafiya uyushmalari namoyon bo‘ladi: Kolumbiya va Meksika narkokartellari “And uchburchagi”dan Shimoliy Amerikaga kokain va geroin eksportini nazorat qilishadi, Xitoy triadalari “Oltin uchburchakdan” geroin eksportini tashkillashtiradi, turk, italyan va alban mafiyalari “Oltin yarimoy”dan geroin eksportini amalga oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: |