Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Huquqiy qoidalardan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq xarajatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq to‘lash; ishlab chiqarish hajmining cheklanishi va reklama natijasida yo‘qotilgan foyda (korxona qanchalik katta bo‘lsa va u reklama kampaniyasini qanchalik faol yuritsa, nazorat qiluvchi organlarning e’tibori doirasiga tushish imkoniyati unda shunchalik katta); «ikkiyoqlama» buxgalteriyani yuritish xarajatlari va shu munosabat bilan yuzaga keladigan korxonadagi hisob yuritish va nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan ko‘riladigan yo‘qotishlar.

  • Daromadlar transferti bilan bog‘liq xarajatlar. Barcha iqtisodiy sub’ektlar bilvosita soliqlar va inflyatsiya solig‘ini to‘lashadi. Lekin oshkora iqtisodiy sub’ektlardan farqli o‘laroq, xufyona iqtisodiy sub’ektlar buzilgan mulkchilik huquqlarini himoyalash yuzasidan davlatga murojaat eta olishmaydi. Bunga, shuningdek, kredit olish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni ham qo‘shimcha qilish lozim.

  • Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog‘liq xarajatlar. Daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta fondiga va pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini to‘lashga tejash imkonini beradi, lekin bunda mehnatning o‘rnini sarmoya bilan bosish va texika bilan qayta jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi. De Soto xufyona qayd etilgan mulkchilik huquqlarini ta’riflash uchun «jonsizlantirilgan kapital»

    atamasidan foydalanadi: ushbu kapitaldan garov sifatida foydalanish, uni garovga investitsiya qilish, erkin sotish, ba’zan esa shunchaki meros qilib qoldirish mumkin emas.

    1. Shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bog‘liq xarajatlar. Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda ko‘plab iqtisodiy sub’ektlar ishtirok etadigan uzoq muddatli loyihalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi. Shartnomani qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilgan hollarda sud yoki arbitrajga murojaat eta olishmaydi.

    2. Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bog‘liq xarajatlar. Faoliyatni va uning natijalarini qonundan yashirishga urinish xufyona bitim ishtirokchilari doirasini mumkin qadar cheklashga undaydi.

    3. Nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari. Yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun birinchidan, ko‘p sonli qarindoshlar, yurtdoshlar va boshqa «o‘zinikilar» bilan yaxshi munosabatlarni ushlab turish e’tibor belgilarini qaratish uchun vaqt va xizmatlar almashish uchun mablag‘lar talab qiladi. Ikkinchidan, sud va kuchlilik tuzilmalari funksiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga murojaat etish o‘ziga xos soliqni to‘lash zarurati bilan shartlangan8.

    Xufyona iqtisodiyotga kategoriya sifatida metodologik yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

    • iqtisodiy yondoshuvda xufyona iqtisodiyot global, makro- va mikrodarajada, shuningdek, institutsional jihatlari tadqiqi qilinadi;

    • huquqiy yondoshuvda tartibga solishning normativ tizimiga munosabati, ya’ni rasmiy, davlat ro‘yxatiga olishdan, nazoratidan qochish e’tiborga olinadi;

    • hisob-statistik statitik organlarda ro‘yxatga va hisobga olinmagan;

    • kriminalogik yondashuvda jamiyatga, shaxsga zarar keltiruvchi faoliyatlar hisobga olinadi;

    • kompleks yondashuvda barcha yondashuvlar va kriteriyalar asosida xufyona iqtisodiyot tadqiq qilinadi;



    8Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. Беркинов; ТДИУ, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011.
    – 66-68-бетлар.

    • kibernetik yondashuvda xufyona iqtisodiyot o‘zini o‘zi tartibga soluvchi va boshqaruvchi tizim sifatida qaraladi, xufyona iqtisodiyot rivojlanishini prognozlashtirishning iqtisodiy-matematik modellari ishlab chiqiladi (1.1.1-rasm).







    Xufyona iqtisodiyotga metodologik yondashuvlar










    iqtisodiy







    huquqiy













    hisob-statistik







    krimonologik













    kompleks







    kibernetik






    1.1.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotga metodologik yondoshuvlar9


    Xufyona iqtisodiyot sohasidagi faoliyat miqyosi va xarakterining o‘zgaruvchanlik chegaralari juda kengdir – jinoiy faoliyatdan (masalan, narkobiznesdan) olinadigan katta daromadlardan tortib, to tuzatilgan jo‘mrak uchun vodoprovodchi ustani bir shisha aroq bilan “mukofotlash”gacha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Xufyona iqtisodiy faoliyat o‘zining natijaviyligi ko‘ra ishlab chiqarish va qayta taqsimlash faoliyatlari turlariga bo‘linadi. Rasmiy iqtisodiyotga munosabati bo‘yicha xufyona iqtisodiyotning ichki iqtisodiyot va parallel iqtisodiyot kabi turlari mavjud. Xufyona iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha quyidagi turlari aniqlanadi:




    9 Кормишкина Л.А., Лизина О.М. Теневая экономика: учеб.пособие для вузов
    /Л.А. Кормишкина, О.М. Лизина.-Саранск: Мордов. Ун-та, 2009.-С.11 asosida mualliflar tomonidan tuzildi.

    • xufyona ishlab chiqarish;

    • xufyona taqsimot;

    • xufyona ayirboshlash;

    • xufyona iste’mol.

    Xufyona ishlab chiqarish noqonuniy, hisobga olinmagan, yashirin, mayda ishlab chiqarish, sifatsiz mahsulotlar chiqarish, ishlab chiqarish resurslaridan noratsional foydalanishda namoyon bo‘ladi.
    Xufyona taqsimlash daromadlarni noqonuniy taqsimlash, maxsus taqsimot, davlat mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, fuqarolar xususiy mulkiga tajovuz qilish va unga nisbatan jinoyatlarda ifodalanadi.
    Xufyona ayirboshlash noqonuniy savdo, xaridorlarni aldash, noqonuniy tarzda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish shakllarida yuz beradi.
    Xufyona iste’mol noqonuniy yo‘l bilan topilgan ne’matlarni iste’mol qilish, xizmatlardan noqonuniy foydalanish, jamiyatda qabul qilinmagan, kishilarning destruktiv ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan mahsulotlarni iste’mol qilish hamda ana shunday xarakterdagi xizmatlardan foydalanish (Qarang: 1-.1.1-jadval).



    Yüklə 0,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin