O‘zbekiston Respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami.
Xufyonaiqtisodiyotnio‘lchashningmikrousullari
Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash murakkab masaladir. Bu hol Xufyona iqtisodiyotning pinhoniy xususiyatga egaligi va u har qanday o‘lchash va hisoblardan chetda bo‘lishga intilishi bilan bog‘liqdir. Lekin yashirin faoliyatning hajmiga baho berish iqtisodiy rivojlanishni tahlil etish va davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirish uchun zarurdir. Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Indikatorlar uslubi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita (egri) uslublar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uslublar o‘z ichiga maxsus kuzatuv, so‘rovlar o‘tkazish, ayrim soliq to‘lovchilar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida tekshirishlar, tahlillar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bilvosita (egri) uslublar o‘z ichiga bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, monetar uslublarini o‘z ichiga oladi.