Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullariga qanday usullar kiradi?
Xufyona iqtisodiyotni baholashning turli usullarini taqqoslang.
Xufyona iqtisodiyot miqyoslarini ko‘rsatib bering.
Nima uchun rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot miqyoslari rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga qaraganda kamroq?
O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot miqyoslari to‘g‘risida qanday ma’lumotlarga egasiz?
42 Вазир ўринбосари: «Ўзбекистонда 8 миллионга яқин киши бир тийин ҳам солиқ тўламайди»//https://kun.uz/news/2020/02/18/vazir-orinbosari-ozbekistonda-8-millionga-yaqin-kishi-bir-tiyin-ham-soliq-tolamaydi
BOB. IQTISODIY TIZIMLAR TARAQQIYOTIDA XUFYONA IQTISODIYOTNING O‘RNI
Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtiruvchi omil sifatida
Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotnisekinlashtiruvchiomilsifatida
Xufyona iqtisodiyot jahon iqtisodiy tarixining elementi
O‘z fuqarolariga ma’lum bir majburiyatlar yuklovchi va cheklovlar o‘rnatuvchi davlat paydo bo‘lishi bilan “ijtimoiy kelishuv”ni pisand qilmaydigan shaxslarning davlatdan tashqari faoliyati – yashirin iqtisodiyot vujudga keladi.
Industriyalashtirishgacha bo‘lgan rivojlanish sharoitida – osiyocha ishlab chiqarish usuli hukmron jamiyatlarda – yashirin iqtisodiy faoliyatning har uchchala turi uchraydi. “Suvda suzib yurgan baliq uni ichmoqdami yoki yo‘qmi, aniqlash qanchalik qiyin bo‘lsa, amaldorning davlat mulkini o‘zlashtirayotganini aniqlash ham shunchalik qiyindir”43. Bunday fikrlar uzoq zamonlar Misrdan Xitoygacha bo‘lgan kenglikda keng tarqalgan edi. Davlat boshqaruvi ilmi to‘g‘risidagi Sharq traktatlarida davlat cho‘ntagi bilan o‘z cho‘ntagini adashtiradigan amaldorlarning riboxo‘rligi (poraxo‘rligi) ustidan arzlar juda ko‘p uchraydi. Xitoy jamiyatshunoslik fanining yuksak yodgorligi hisoblangan – “Yan te lun” (“Tuz va temir to‘g‘risida bahs”) asarini xo‘jalik yuritishning norasmiy (“kul rang”) sektori to‘g‘risidagi eng qadimgi “stenogramma” (eramizdan avval 81 y.) deb hisoblash mumkin: tuz va temirga davlat monopoliyasi ushbu noyob mahsulotlarni ommaviy ravishda yashirin ishlab chiqarishga olib keldi. “Qora” yashirin iqtisodiyotga misol qilib papiruslarda yozilgan Qadimgi Misrdagi maqbaralarni talon-taroj qiluvchilar faoliyatini keltirish mumkin.
Yevropada antik va o‘rta asrlarda davlat hali jamiyat ustidan ommaviy nazorat o‘rnatishga intilmas edi, va yashirin iqtisodiy faoliyat Sharq mamlakatlaridagiga nisbatan kam darajada rivojlangan
43“Artxashastra” qadimgi Hindiston traktati
edi. Shunday bo‘lsa-da, yevropaliklar ham bu davrda yashirin iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lganlar. Masalan, G‘arbiy Yevropada “kul rang” (norasmiy) iqtisodiy faoliyat sexlarda qabul qilingan tartib-qoidalarga, imtiyozlarga rioya qilmaydigan sexdan tashqari faoliyat ko‘rinishida rivoj topgan. “Oq yoqali” yashirin iqtisodiyotga misol qilib nasroniy mamlakatlardagi sudxo‘rlikni keltirish mumkin. Diniy huquq bilan foiz evaziga qarz berish taqiqlangan bo‘lsa-da, bu bilan kichik milliy-diniy guruhlar (birinchi navbatda, yahudiylar)dan tashqari oqsuyak va cherkov feodallari ham shug‘ullanganlar.
Jamiyatni industriyalashtirishgacha bo‘lgan sharoitda industriyalashtirish jamiyatdagi o‘zgarishlar yashirin tadbirkorlik faoliyatining barcha turlari keskin rivojlanishiga olib keldi. Kapitalistik ishlab chiqarishning ilk shakllari (masalan, tarqalib ketgan manufaktura) qonuniy sex hunarmadchiligiga nisbatan ommaviy “maxfiy” oppozitsiyani namoyon etadi. XVI–XVIII asrlarda O‘rta va Karib dengizlarida, Hind okeanida dengiz qaroqchiligi rivojlanib, dengiz marshrutlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Davlatchilik rivojlangan barcha mamlakatlarning davlat apparati korrupsiya va davlat mulkini talon-taroj qilishga duchor bo‘ldi.
“Protestant etikasi” raqobatga ijozat beruvchi, lekin zo‘ravonlik va qonunbuzarlikni inkor etuvchi “halol biznes” shaklida boylik ortidan quvishni boshlagandan so‘ng kapitalizm mustahkam oyoqqa tura boshladi. Yangi davrda yashirin biznesning ba’zi shakllari qonuniylashib bordi (masalan, bank sohasi) va uning eng jinoiy shakllari bilan (qaroqchilik, korrupsiya) kurash qat’iylashib bordi. “Klassik” kapitalizm davrida yashirin iqtisodiyot biroz chekinsa-da, lekin butunlay yo‘q bo‘lib ketmadi. Masalan, XIX asrga qadar amal qilgan savdoni cheklash oddiy tovarlarning ommaviy kontrabandasini yuzaga keltirdi; qullar bilan savdo qilish kontrabandasi esa XIX asr o‘rtalariga qadar ravnaq topdi. XX asr boshlaridagi bozor xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solishning kuchaytirilishi zamonaviy tipdagi uyushgan jinoyatchilik shakllanishiga olib keldi.
Xufyona iqtisodiyot rivoj topishining yangi bosqichi XX asrning o‘rtalaridan boshlandi44. U xo‘jalikning global transformatsiyasi,
44Муминов Н.Г. Иқтисодий тизимлар тараққиётида яширин иқтисодиётнинг ўрни // Иқтисод ва молия, №2, 2018. Б.11.
o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashirin iqtisodiy faoliyatning kengayib borishi ushbu mamlakatlarning zamonaviy industrial mamlakatlarga va jahon bozoriga qo‘shilib borishi bilan bog‘liqdir. 1970-yillardan boshlab “sotsialistik” mamlakatlar iqtisodiyoti jinoiylashuvi industrial jamiyatni ma’muriy boshqaruv modelining bozor boshqaruvi modeli oldidagi yengilishi natijasida yuzaga keldi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda 1990- yillardagi radikal iqtisodiy islohotlar davomida “buyuk jinoiy inqilob” bo‘lib o‘tdi, va yashirin iqtisodiy faoliyatning barcha turlari keskin rivoj topa boshladi.
Xufyona iqtisodiyotning o‘sishi industrializatsiyadan keyingi jamiyatga qadam qo‘yayotgan rivojlangan mamlakatlar uchun ham xos bo‘lib, ularda shaxs erkinligi sifat jihatdan o‘sishi alohida ahamiyatga molik. Norasmiy bandlikning o‘sishi, “qo‘llarni bog‘laydigan” davlat cheklovlarini aylanib o‘tishga intilish, iste’molchilarning “taqiqlangan ne’matlar”ga intilishi yuqori darajada rivojlangan jamiyatlarni tizimli modernizatsiyalashning qo‘shimcha samarasidir.
Shunday qilib, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimning rivojlanishi (ibtidoiy jamoa tuzumidan tashqari) albatta yashirin iqtisodiy munosabatlarni rivojini ham taqazo etadi. Shunday ekan, bu munosabatlar tasodifiy emas, balki formatsion taraqqiyot natijasida qonuniy yuzaga kelgandir.