Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə18/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari


Yashirin iqtisodiyotni makrodarajada o‘lchash uchun bilvosita usullardan foydalaniladi. Ular ko‘pincha rasmiy statistikaning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga, soliq va moliya organlarining ma’lumotlariga asoslanadi. Makrousullarga quyidagilar kiradi: tafovut usuli, bandlik ko‘rsatkichlari usuli (“italyancha” usul), monetar usul, texnologik koeffitsiyentlar usuli, ekspert usuli, tarkibiy usul, mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli.



2.2.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullar26




26 Головина Е.Б. Теневая экономика. Конспект лекций.-Челябинск,2015.-С.24. asosida mualliflar tomonidan tuzildi.

Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini o‘lchashning makro usullarini ko‘rib chiqamiz.



  1. Tafovut usuli

Bu usul bir xil iqtisodiy ko‘rsatkichlar borasidagi ma’lumotlar va statistik hujjatlarni solishtirishga asoslangandir. Ushbu usuldan foydalanishga misol qilib turli usullar bilan hisoblangan daromadlar va xarajatlarni taqqoslash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil baholash; tovar oqimlari usulini ko‘rsatish mumkin.
Daromadlar va xarajatlarni taqqoslash. Ushbu usuldan xonadon xo‘jaliklarining barcha daromadlarini barcha xarajatlar bilan taqqoslash orqali foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda, daromadlar xarajatlardan kam bo‘lib chiqadi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni muqobil baholash. Ushbu usuldan bilvosita ma’lumotlar yordamida hisoblangan YaIM hajmini rasmiy statistika ma’lumotlari bilan solishtirish yordamida yashirin sektor hajmini aniqlashda foydalaniladi. XVJ tomonidan Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqot ushbu usuldan foydalanishga klassik misol hisoblanadi, bunda iqtisodiyot indikatori sifatida va yashirin iqtisodiyot miqyosini aniqlash uchun elektr energiyasidan foydalanish ko‘rsatkichidan foydalanilgan edi.
Tovar oqimlari usuli. Bu usuldan statistika xizmatlari yaxshi rivojlangan ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida keng foydalaniladi. Tovar oqimlari usulining asosiy mazmuni shundaki, tovar oqimlari (ya’ni, ishlab chiqarishdan to foydlangunga qadar bo‘lgan harakat) makroko‘rsatkichlarni emas, balki alohida muhim mahsulotlar yoki tovarlar guruhini aniqlash uchun qo‘llaniladi.

  1. Bandlik ko‘rsatkichlari usuli ( “italyancha” usul) Italyancha” usul Italiya statistika instituti tomonidan ishlab

chiqilgan va qo‘llaniladi. Ushbu usul yashirin iqtisodiyot parametrlarini aniqlash masalalarida keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu usulni ishlab chiqish jarayonida mutaxassislar ishlab chiqarish (ayniqsa, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida) bo‘yicha aniq ma’lumotlarni to‘plash juda murakkabligini e’tiborga olishgan. Buning asosiy sababi – soliqlar to‘lash bazasini yashirish maqsadida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatishdir.
Kichik korxonalar faoliyatini statistik registrga kirgizish uchun ham ulardan ma’lumot olish juda murakkabdir. Shu bilan birga, Italiya iqtisodiyoti uchun sonli kichik korxonalar soni juda ko‘pligi xosdir.
Italiyalik statistika mutaxassislari asosiy urg‘uni ishchi kuchi sarflarini o‘rganishga qaratishgan. Birlamchi ma’lumotlar maxsus tashkil etilgan xonadon xo‘jaligini tadqiq etish natijasida olinadi. Xonadon xo‘jaliklari tasodifiy tanlov asosida tadqiq etiladi. Tekshirish jarayonida beriladigan savollar so‘rov qilinuvchilar tomonidan u yoki bu tarmoqda ishlab bergan soatlar hajmi bilan bog‘liqdir. Ushbu yondashuvning yutug‘i shundaki, daromadlari to‘g‘risida so‘ralmayotgan kishilarga o‘zlarining ish vaqtlari haqidagi axborotni yashirish yoki o‘zgartirib ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lmaydi. So‘ngra ushbu axborotlar umumlashtiriladi va ishlab berilgan o‘rtacha inson- kun o‘lchoviga o‘tkaziladi. Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish me’yorlarini belgilash uchun ham shunday tekshirishlar o‘tkaziladi.
Ushbu usulning quyidagi turlari mavjud: 1) amaldagi va rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bandlik darajasi o‘rtasidagi farq asosida; 2) hafta davomida amalda ishlab berilgan ish vaqti va rasmiy qayd etilgan ish vaqti o‘rtasidagi farq asosida.

  1. Monetar usul

Ushbu usul yashirin iqtisodiyotning muhim bir jihatiga asoslanadi: agar qonuniy iqtisodiyotda anchadan beri deyarli barcha hisob-kitoblar naqdsiz pul yordamida amalga oshirilsa, yashirin iqtisodiyotda bitim tuzishda naqd pullardan foydalaniladi.
Ushbu g‘oyadan konkret foydalanishning ko‘pgina variantlari mavjud. Bular – pul operatsiyalari hajmi tahlili, naqd pulga bo‘lgan talab tahlili, hamda ekonometrik usullar.
Pul massasi hajmini kuzatish orqali yashirin iqtisodiyotning hajmi va dinamikasiga baho berish mumkin. Har bir mamlakatda pul massasi markaziy bank tomonidan emissiyalanadi va uning hajmi ma’lumdir.
Ammo ushbu mezonni tanlash doimo ham to‘g‘ri emas, chunki foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar ko‘pgina jarayonlarga bog‘liqdir (masalan, inflyatsiyaga). Bir tomondan pul massasini va taqdim etuvchi veksellari hajmini, ikkinchi tomondan yalpi ichki mahsulotning o‘sishi sur’atlarini taqqoslash ishonchliroqdir.
Monetar usulga asoslangan yashirin iqtisodiyotni baholashning yanada murakkabroq usullari mavjud. Bunda qo‘shimcha ravishda daromadlar, soliqlar, foiz stavkalari o‘zgarishi natijasida, hamda yashirin iqtisodiyotning faoliyati natijasida naqd pul mablag‘larining ulushi tebranib turadi deb taxmin qilish kerak. Hisobga olinmagan omillarni baholash yashirin iqtisodiyot miqyosini aniqlash imkonini beradi.
Norasmiy sektorda to‘lovlar nafaqat naqd pul bilan, balki boshqa usullar bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, barter, ya’ni ayirboshlashda to‘lov vositasi sifatida taqdim etuvchining qimmatli qog‘ozlaridan foydalanish odatiy holdir.
Ikkala sektorda pul aylanishi tezligi bir xilligini aniqlash murakkabdir. U norasmiy sektorda samaraliroq bo‘lishi mumkin. Norasmiy sektorda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ri iste’molchiga kelib tushadi, va buning uchun kamroq pul va vaqt kerak bo‘ladi. Rasmiy sektorda esa tovarlar ko‘p sonli vositachilar qo‘lidan o‘tib boradi.

  1. Ekspert usuli

Ekspert baholashlardan foydalanish murakkab va kam o‘rganilgan yashirin iqtisodiyotni o‘rganishning zarur shart-sharoiti hisoblanadi.
Ushbu usulning mazmuni quyidagicha. Ekspert birinchi navbatda biron-bir tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarga qay darajada ishonish mumkinligini aniqlaydi. Oddiy manbalardan ma’lumotlar to‘plangandan so‘ng ularni avtomatik tarzda ma’lum darajagacha hisoblab chiqishadi. Ekspertlar tomonidan ekspert bahosi usuli ishlab chiqiladi.
Ushbu usulni qo‘llashni muammosi shuki, malakali ekspertni topish qiyin.

  1. Texnologik koeffitsiyentlar usuli elektr quvvati ishlab chiqarish va iste’mol qilish, transportda yuk tashish va boshqa bilvosita yengil hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni rasmiy ma’lumotlar bilan taqqoslash yordamida sanoat ishlab chiqarish dinamikasini taxminiy aniqlashni ifodalaydi. Bu usuldan foydalanish shart-sharoitlari bo‘lib yuqori darajada rivojlangan bozor munosabatlari, elektr quvvati va yuk tashishning adekvat narxlari hisoblanadi. Agar narxlar tartibga

solinadigan bo‘lib, elektr quvvatining real qiymatini aks ettirmasa yoki imtiyozlar mavjudligi sababli elektr quvvatini iste’mol qilish uchun uzoq vaqt pul to‘lanmasa, elektr quvvatini iste’mol qilish dinamikasi sanoat ishlab chiqarishi dinamikasidan katta farq qilishi mumkin.

  1. Mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli yashirin iqtisodiyotni aniqlovchi omillar yig‘indisi bilan bog‘liq va uning hajmini o‘lchashga yo‘naltirilgandir.

  2. Tarkibiy usul ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida yashirin iqtisodiyotning hajmi to‘g‘risida ma’lumotni qo‘llay olishga asoslangandir.

Bir qator rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning ko‘lami to‘g‘risida yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullar yordamida olingan ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lib, yalpi milliy mahsulot(YaMM)ga nisbatan 1 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan oraliqda tebranib turadi.
Hisob-kitoblar ko‘satmoqdaki, bevosita (to‘g‘ri) usullar ishonchli, lekin eng pasaytirilgan natijalarni beradi. Ularning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish murakkabligi va so‘rov natijasida olingan ma’lumotlarni ataylab buzib ko‘rsatish.
Jahon amaliyotida qo‘llaniladigan usullarning turli-tumanligi yashirin iqtisodiyot tarkibi hajmining miqdorini va natijalar to‘g‘riligi mezonini baholashning yagona uslubiyati yo‘qligidan dalolat beradi. Har bir mamlakatning o‘ziga xosligi, statistik materiallarda kamchiliklarning mavjudligi har bir muayyan hodisada ushbu hodisaga mos bo‘lgan usul yoki bir qancha usullar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan usullarni tanlashga asoslanadi. Har xil usullarni birgalikda qo‘llash yashirin iqtisodiyotni ob’ektiv baholashning yo‘nalishlaridan sanaladi.

    1. Yüklə 0,99 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin