Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə15/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Yengil modellashtirish uslubi, ya’ni determinantlarni baholash. Ushbu uslubda xufyona iqtisodiyotni aniqlashtiruvchi jami ko‘rsatkichlar tanlab olinib, uning nisbiy hajmlari hisoblanadi.

  • Tarkibiy uslublarda turli ishlab chiqarish tarmoqlarida xufyona iqtisodiyot hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborotlardan foydalaniladi.

  • Aralash uslublarda xufyona iqtisodiyot hajmlariga bog‘liq o‘lchovlardan ya’ni determinant va indikatorlarni hisobga olgan holda modellar yaratiladi.

  • Xufyona iqtisodiyotni baholashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni integral baholash.

  • Rasmiy statistika ko‘rsatkichlarini turli qayta va qo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyotni va uning alohida elementlarini baholash1.

    Xufyona xo‘jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois, xufyona iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash muammosi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:

    • monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risidagi gipoteza asosida quriladi (naqd pul massasi harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlari haqida fikr yuritish imkonini beradi);

    • xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan daromadlar va xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste’molining real hajmlari bilan taqqoslanadi;

    • bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib kelayotgan ro‘yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (ro‘yxatga olinmagan ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlaridan bilvosita dalolat beradi);

    • texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning ma’lum texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, iste’mol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslanadi);


    • Yüklə 0,99 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin