+
0
1.4.2-rasm. Xufyona iqtisodiyot samaralarining uning miqyosiga bog‘liqligi21
Ijobiy samara parabola bo‘yicha o‘sib boradi, ya’ni xufyona iqtisodiyotning nisbiy kattaligi oshib borgan sari uning o‘sish sur’atlari sekinlashib boradi. Ammo yashirin iqtisodiyot kattalashib borgan sari salbiy samara keskin o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bu holda natijaviy samara avvaliga ijobiy (+) belgiga ega bo‘lgan holda o‘sib boradi (0A qism), so‘ng uning o‘sishi to‘xtaydi (A nuqtasi), pasayish jarayoni boshlanadi (AВ qism), undan keyin natijaviy samara salbiy qiymat (-)ga ega bo‘ladi, va u jadal o‘sib boradi (В nuqtadan keyin).
Ushbu grafik model xufyona iqtisodiy faoliyat miqyosini nazorat qilish muhimligini aks ettiradi. Agar xufyona iqtisodiyot kattaligi 0Aga teng bo‘lsa, jamiyat farovonligi maksimallashadi, chunki bu holda natijaviy samara maksimal darajadagi ijobiy qiymatga ega
21 Латов Ю. В., Ковалев С. Н. Теневая экономика. Учебное пособие для вузов
/ под ред. д.п.н., д.ю.н., проф. В.Я. Кикотя; д.э.н., проф. Г. М. Казиахмедова. М., 2006. 336 с.
bo‘ladi. Xufyona iqtisodiyot kengayib borishining maksimal chegarasi 0В gacha borishi mumkin, bunda ijobiy va salbiy samaralar o‘zaro so‘nib boradi. Xufyona iqtisodiyotning hajmi 0Вdan oshib ketsa, jamiyat zarar ko‘ra boshlaydi.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida MDH mamlakatlarida yuqori darajadagi xufyona (eng avvalo yuqori darajada jinoiylashgan) iqtisodiy munosabatlar tizimi shakllana boshlandi22 va u bir qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Birinchidan, xufyona iqtisodiyot ulushi katta bo‘lib, iqtisodiyotning dominant, norasmiy va g‘ayrihuquqiy munosabatlar muhim o‘rin tutuvchi sektoriga aylanib bormokda. Ba’zi MDH mamlakatlarida davlat apparatining yoppasiga korrupsiyalashgani, huquq va sud tizimi rolining sustligi, ularning ma’muriy apparatiga, yashirin moliyaviy kapitalga tobeligi bugungi kunning real voqeligidir.
Dostları ilə paylaş: |