Ikkinchidan,iqtisodiyotda moliyaviy guruhlar (klanlar) shakllandi. Ular yirik kapital qo‘yilmalarini boshqaradigan davlat hokimiyati organlari «qanoti» ostida bo‘lgan hokimiyat xo‘jalik tuzilmasi bo‘lib, keng ko‘lamdagi tadbirkorlik (eng avvalo, tijorat) faoliyati bilan shug‘ullanadilar. O‘z faoliyati bilan bu moliya guruhlari bozorda, asosiy tovar guruhlari bozorida va, ayniqsa, tashqi savdoda raqobat kurashini cheklaydilar. Yashirin moliya kapitalining iqtisodiyotdagi monopol hukmronligi orqali o‘ta katta daromadlar olishining yana bir oqibati – aholining katta qismi qashshoqlashib ketishidir.
Uchinchidan,xufyona iqtisodiyot rivojlanishi oqibatida mamlakatning budjet tizimi buziladi, daromad va xarajatlarini taqiklash yoki kamaytirish, cheklashlar yuzaga keladi. Moliya kapitali guruhlari budjet mablag‘laridan katta daromadlar olish yo‘lida foydalanadilar, budjet mablag‘lari va davlat mulki bilan turli qing‘ir ishlarni amalga oshiradilar, bunday sharoitda davlat moliyaviy
22Artikovich, A.S., Kurbandurdievich, M.K. (2020). THEORETICAL BASIS OF METHODS OF MEASUREMENT AND FUNCTIONING OF THE SHADOW
ECONOMY. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (2), pp. 1360- 1370. https://www.psychosocial.com/article/PR200435/10137/. DOI: 10.37200/IJPR/V24I2/PR200435
muammolarni hal qilish uchun qarz mablag‘larini olishga majbur bo‘ladi. Shu bilan birga, bu voqelik iqtisodiyotning real sektori qisqarishiga, korxonalarning ko‘p qismi sinishiga va, oxir oqibatda, ularning deyarli 30 foizi bankrotlikka uchrashiga, uchdan ikki qismi esa bankrotlik ostonasiga kelib qolishiga olib keladi.
To‘rtinchidan,xufyona iqtisodiyot milliy daromad iste’mol qilinishiga, foyda qayta taqsimlanishiga olib keladi. Yashirin daromadlarning ortib borishi esa yashirish ishbilarmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi noishlab chiqarish tuzilmalarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Xalq xo‘jaligining aksariyat aholining turmush farovonligini ta’minlovchi tarmoqlari (xalq iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va shu kabilar) inqirozga yuz tutadi.