Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


Xufyona iqtisodiyot miqyoslari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə19/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Xufyona iqtisodiyot miqyoslari


Xufyona iqtisodiyotning miqyosi ko‘pincha iqtisodiy tizim turiga bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik bir xil xarakterga ega emas27. Shu narsa


27Jahonning turli mamlakatlarida yashirin iqtisodiyotning miqyoslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan quyidagi adabiyotlarda tanishib chiqish mumkin: Шнайдер Ф. Черная дыра // Эксперт. 2000. № 12.; Шнайдер Ф., Энсте Д. Рост теневой экономики во всем мире // Экономическая теория преступлений и наказаний.;
ayonki, to‘liq davlatlashtirilgan (davlat tasarrufiga o‘tgan) va mutlaq davlat tasarrufidan chiqarilgan iqtisodiyotda yashirin iqtisodiyot bo‘lmaydi: birinchi holatda davlat har qanday yashirin faoliyatni taqiqlaydi, ikkinchi holatda esa hech qanday nazorat bo‘lmaydi va “soyada yashirinish”ga ehtiyoj ham qolmaydi. Xufyona faoliyat markazlashtirilgan va demarkazlashtirilgan xo‘jaliklar orasidagi “chegara hududlari”da kengayib boradi: bir tomondan, kuchsizlanib borayotgan markazdan boshqariladigan iqtisodiyotda nazorat qilish imkoniyatlari kamayib boradi; ikkinchi tomondan, davlatlashtirilayotgan bozor xo‘jaligida doimo ham samarali bo‘lmagan nazorat choralari ko‘payib boradi.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha (2.3.1-jadval), rivojlangan mamlakatlar orasida yashirin iqtisodiyot G‘arbiy Yevropaning ba’zi mamlakatlarida eng katta, AQShda nisbatan o‘rta, Yaponiya, Shveysariya kabi mamlakatlarda minimal hajmga ega. Ushbu farqni Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlaridagi aralash iqtisodiyotning yuqori darajada “davlatlashtirilganligi”, amerikacha individualizmning salbiy sarf- xarajatlari va Yaponiyadagi “jamiyat rizoligi” muhiti bilan tushuntiriladi. Yaponiyada hatto gangsterlar ham narkobiznes, reket va fohishabozlikdan olgan daromadlaridan soliq to‘lashadi.
Jahonda har yili yashirin sektorda kamida 8 trln. AQSh dollari miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratiladi, bular korxonalarning buxgalteriya hisobotlarida va alohida mamlakatlar , hamda xalqaro tashkilotlar rasmiy statistikasida o‘z aksini topmaydi. Shunday qilib, ko‘lam jihatidan global yashirin iqtisodiyotni dunyodagi eng katta YaIMga ega bo‘lgan AQSh iqtisodiyoti bilan taqqoslash mumkin.
1990- yillarning ikkinchi yarmida yashirin iqtisodiyot rivojlangan mamlakatlarda YaIMning o‘rtacha 12 foiziga, o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida – 23 foiziga, rivojlanayotgan mamlakatlarda – 39 foiziga teng edi.
Bozor munosabatlari taraqqiy etgan mamlakatlarda yashirin sektorning miqyoslari doimo o‘sib bormoqda. 1998 yilda yashirin sektor eng katta ulushga ega bo‘lgan mamlakat Gretsiya (rasmiy YaIMning 29.0 foizi) hisoblangan edi. Eng katta yashirin sektorga ega mamlakatlar qatoriga Italiya (27.8%), Ispaniya (23.4%) va Belgiya
Неформальный сектор экономики за рубежом / Под ред. Л. М. Тимофеева и Ю. В. Латова. М., 2000. Вып. 2.
(23.4%) ham kiradi. O‘rtacha ko‘rsatkichlarga Irlandiya, Kanada, Fransiya va Germaniya (14,9 dan 16,3 foizgacha) kabi mamlakatlar egadir. Yashirin sektorning miqyosi eng kam mamlakatlar – Avstriya (9,1%), AQSh (8,9%) va Shveysariyada (8,0%). Shunday qilib, nisbatan farovon mamlakatlarda ham yashirin iqtisodiyotning mutlaq hajmi katta ko‘rsatkichlarga ega: AQSh – 700 mlrd. AQSh doll., Italiya

  • 310 mlrd. AQSh doll., Buyuk Britaniya – 190 mlrd. AQSh doll.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin