Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə16/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish usuli, u xufyona iqtisodiyotning o‘lchamiga ekspert baholarini beradi;

  • sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida me’yorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni tuzishda qanchalik qo‘llanishini tahlil qilishdan iborat23.



    1 Qarang: Кочергина Т.Е. Экономическая безопасность: Ростов на Дону: Феникс, 2007. С-171.
    23 Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. Беркинов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тошкент давлат иқтисодиёт ун-ти, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 65-66- бетлар.
    Zamonaviy iqtisodchilar tomonidan yashirin iqtisodiyotni o‘lchashning ko‘pchilik usullari ishlab chiqilgan24. Ularni shartli ravishda quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin:






    2.1.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotni o‘chash usullari





    • mikro darajadagi usullar (to‘ridan-to‘g‘ri, bevosita);

    • makro darajadagi usullar (bilvosita) (qarang: 2.1.1-rasm). Xufyona iqtisodiyotni mikrodarajada o‘lchashda bevosita



    24Yashirin itisodiyot miqyoslarini o‘lchash uslublarini batafsil tahlili quyidagi ilmiy asarlarda yoritilgan: Николаева М.И., ШевяковА.Ю. Теневая экономика: методы анализа и оценки. М., 1987; Бокун Н., Кулибаба И. Проблемы статистической оценки теневой экономики // Вопросы статистики. 1997. № 7; Попов В. В. Методы измерения теневой экономики и их использование в постсоветской России // Экономическая теория преступлений и наказаний. Теневая экономика в советском и постсоветском обществах / Под ред. Л.М. Тимофеева и Ю.В. Латова. М., 2002. Вып. 4/2.; Муминов Н.Г., Жўрабоев И.Б. Яширин иқтисодиётни ўлчаш усуллари // Иқтисод ва молия, №12, 2016. 2-8 бет.
    (to‘g‘ri) usullardan foydalaniladi: xufyona iqtisodiyotning miqyosini baholash uchun so‘rovlar, ochiq tekshirish usuli va iqtisodiy-huquqiy tahlilning maxsus usullari.

    1. So‘rovlar.

    So‘rov orqali o‘tkaziladigan tadqiqotlar ijtimoiy izlanishlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, anonim intervyu usuli. Bunda intervyuda qatnashayotgan respondentlarni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin:

    • yashirin faoliyatchilar” – noqonuniy iqtisodiy munosabatlarni amalga oshiruvchi va buni tan olishga tayyor bo‘lgan shaxslar;

    • bevosita kuzatuvchilar” – yashirin muhitda bo‘lib, uni ichidan kuzatayotgan, lekin noqonuniy bitimlarda qatnashayotganini qayd etmaydigan shaxslar;

    • tashqi kuzatuvchilar” – yashirin iqtisodiyotni u yoki bu faoliyatiga baho beruvchi respondentlar bo‘lib, ular bu faoliyatga qo‘shilmaydi yoki qo‘shilganini tan olmaydi.

    • jabrlanuvchilar” – yashirin iqtisodiyot va korrupsiyadan jabr ko‘rgan, lekin yashirin faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar. So‘rov natijalari ma’lumotlar ishonchliligi nuqtai nazaridan “yashirin faoliyatchilar” va “bevosita kuzatuvchilar” afzalligini ko‘rsatmoqda. Ammo boshqa ikki guruh tomonidan berilgan

    ma’lumot ham muhim sanaladi.

    1. Ochiq tekshiruv usuli.

    Ochiq tekshiruv usulini qo‘llash valyuta, bojxona, bank, soliq sohasida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish, yong‘in xavfsizligi va sanitariya normalariga rioya qilmaslik kabi qonunbuzarliklarni aniqlash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi nazorat organlarining vakolatidir. Ochiq tekshirish usuli, masalan soliq tekshiruvi yordamida olingan natijalardan hisob-statistika maqsadlarida foydalaniladi.


    1. Yüklə 0,99 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin