Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə24/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida


Institutsional innovatsiyalarni paydo bo‘lishi uchun yashirin iqtisodiyot ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, uni ildiz otishi uchun esa, aksincha, xavflidir. Yangi “o‘yin qoidalari” ommaviy tus olishi uchun, ular jinoiylik belgilarini yo‘qotishlari va rasmiy hayotda va omma ongida o‘rnashgan bo‘lishi kerak. Ammo yashirin iqtisodiy faoliyat “soyada yashash”ni yengillashtiruvchi ko‘pgina me’yorlarni yuzaga keltiradi, lekin “soyadan chiqishga” to‘sqinlik qiladi. Shu sababdan, sobiq norasmiy “o‘yin qoidalari”ni qonuniylashtirish yangi institutsional amaliyotni yashirinlik “merosi”dan “tozalash” uchun kurashni bekor qilmaydi.
Yangi “o‘yin qoidalari” noqonuniy maqomga ega bo‘lgan bir vaqtda, ularning ishtirokchilari qonunni (yoki boshqa umumqabul qilingan me’yorlarni) buzishga mohirlik bilan yondashishlari zarur. Ammo qonunga bunday befarq munosabat uzoq muddat davom etishi mumkin emas. Har qanaqa ishbilarmonlik madaniyati qonunni hurmatlaydi, aks holda biznes “qoidasiz o‘yin”ga aylanadi va o‘z- o‘zidan yemirilib ketadi. Shu sababdan xufyona iqtisodiy faoliyat sektoridagi munosabatlarni qonuniylashtirish qonunsizlikni qonuniylashtirish degani emas.
Xufyonalik “merosi”ning boshqa elementi bu – yashirin sektor munosabatlarida ular rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning elementlari mavjudligidir. Yashirin iqtisodiy munosabatlar qonuniylashayotganda, bu elementlar jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi elementlarga aylanadi va chetga chiqarilib tashlanishi zarur. Sobiq ittifoqning 1980-yillaridagi yashirin iqtisodiyotni tadqiq etuvchi ko‘pchilik olimlar uning bozor xususiyatiga ega ekanligini ta’kidlagan holda, yashirin iqtisodiyot sub’ektlarini kelajakdagi “normal” bozor munosabatlarining agentlari sifatida e’tirof etilmaganini qayd etdilar. L.Timofeyevning yozishicha “Bugungi kunda avvalgi tuzumda raykom sekretari bo‘lganlar hozirgi vaqtda banklar va birjalarning prezidentlari bo‘lib olishgani ahloqshunoslarni xavotirga solmoqda. Ular xususiy mulk asosida bo‘lsa ham, huddi avvalgidek, mamlakatdagi barcha moddiy boyliklarni tasarruf etishadi. Ming afsuski, bozor qonunlari shuni
taqozo etadi”47. Ushbu holatni muqarrarligini siyosatchi Andranik Migranyan ham ta’kidlagan edi: “O‘g‘irlanishi kerak bo‘lgan narsa tezroq o‘g‘irlanishi zarur. Bu o‘g‘irlikni tugatishning yagona usulidir”48. Ammo tabiiy savol tug‘iladi: “o‘g‘ri”ning bilim va ko‘nikmasi o‘g‘irlangan buyum va resurslarni samarali boshqarish uchun yetarlimikan?
Zamonaviy tadbirkorlar ko‘pchilik holatda sovet davrida yashirin sexlar ochib ish yuritganlar yoki “eski” xo‘jalik-partiya elitasi vakillari hisoblanishadi. Ular kuyungan holda ishlab chiqarishlarini takomillashtirishga harakat qilishayotganlari yo‘q. Ular boshqa yengilroq, kamsarf, risk darajasi kam usulardan foydalanishmoqda. Ularning xatti-harakati – Veber bo‘yicha “halol daromad”ga va Shumpeter bo‘yicha ijodiy o‘zini namoyon etishga intilish emas, balki bu Marks bo‘yicha “barcha insoniy qonuniyatlarni poymol qilmoq”likdir. Sovet davridagi yashirin “ma’muriy bozor” qatnashchilari hozirgi vaqtda normal bozor raqobatining dushmanlari sifatida faoliyat yuritishmoqda. Bunday nobozor yoki bozorga qarshi faoliyat ularni avval ham sog‘lom bozor munosabatlariga qo‘shilmaganliklaridan dalolat beradi.
Ba’zi tadqiqotchilar sobiq Sovet Ittifoqi davridagi yashirin iqtisodiyotda noqonuniy bozor sektori mavjud bo‘lgan, odamlarni xo‘jalik yuritishga to‘siq bo‘luvchi ma’muriy cheklovlardan ozod etilsa, mamlakatda birdaniga iqtisodiy erkinlik iqtisodiy taraqqiyotning sababchisi bo‘ladi, degan fikr bildirganlar. Ammo iqtisodiyotni boshqarishda davlatning aralashuvi katta ahamiyatga ega ekanligi e’tiborga olinmagan.
Sovet xo‘jalik tizimida aslida bitta emas, balki ikkita parallel xufyona iqtisodiyotlar mavjud edi – bozor (kamyob va noyob tovarlarni noqonuniy ishlab chiqarish) va ma’muriy-buyruqbozlik (tanish- bilishchilik evaziga noqonuniy imtiyozlarga ega bo‘lish). Bu ikki tizim mohiyatan bir tanganing ikki tomonidir, chunki rollarni almashish umumiy qoida sifatida qabul qilingan edi. “Yashirin sex” yurituvchisi o‘z biznesi bilan faqatgina mahalliy (yoki undan ham yuqoriroq)


47 Тимофеев Л.М. Институциональная коррупция. М.: 2000. С.231.
48 O‘sha yerda. С.232.
rahbariyatning xayrixohligi ostida shug‘ullanishi mumkin edi. Bu holatda kam xarajatli va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati “sovg‘a” berish qobiliyatichalik ahamiyatga ega emas.
Ikki tomonlama faoliyat yuritish bozor institutlarini paydo bo‘lib, shakllanib borishida ham o‘z aksini topdi. Xufyona iqtisodiy munosabatlar odamlarni rasmiy hujjatlarga norasmiy yondashuvga, inson kapitalini rivojlantirishda malakani oshirishga emas, balki “kerakli” odamlar bilan munosabatlar o‘rnatishga undadi. Iqtisodiy tizim taraqqiyotida yashirin iqtisodiyot funksiyalarining ikkiyoqlamaligi universal qonuniyatni yuzaga keltiradi: yashirin iqtisodiy munosabatlar institutsional innovatsiyalarning yo‘nalishlarini belgilaydi, ammo ommaviy ravishda joriy etish jarayonida ularni “orqaga tortish”ni boshlaydi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin