Nima uchun sobiq rejali iqtisodiyot sharoitida xufyona iqtisodiyot vujudga kelgan?
Buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari nimalardan iborat?
Nima uchun aynan XX asrning 70-80-yillarida sovet iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyot miqyoslari kuchaygan?
G‘arb sovetologlari Brejnevizm deb atalgan davrga qanday izoh berganlar?
Bozor xo‘jaligining tijorat sohasida xufyona iqtisodiy faoliyatning “oq yoqali” shakllari nimalardan iborat?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jinoyatlarning asosiy turlarini tavsiflab bering.
Soxta bankrotlikning maznuni nimadan iborat va u qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?
Iste’molchilar huquqlarini buzishga qaratilgan iqtisodiy jinoyatlarga misollar keltiring.
Xorijiy mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish tajribalarini izohlab bering.
O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi qanday chora- tadbirlar ko‘rilmoqda?
O‘zbekistonda koronovirus tarqalishi munosabati bilan kiritilgan karantin davrida qanday iqtisodiy jinoyalarga qarshi qanday kurash olib borildi.?
V BOB. KORRUPSIYA VA UNGA QARSHI KURASH
Korrupsiyaning mohiyati, turlari va evolyutsiyasi
Korrupsiyaning vujudga kelish sababalari
Korrupsiyani o‘lchash va uning ko‘lamlari.
Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri
Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llari
Korrupsiyaning mohiyati, turlari va evolyutsiyasi Korrupsiya (lat.corruptio – aynish, poraga sotilish) – mamlakat
iqtisodiy resurslariga, davlat mulkini taqsimlash jarayonlarida uning bir qismiga ega bo‘lish maqsadida uyushgan jinoiy guruhning shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yuvchi davlat xizmati amaldorlarini o‘z domiga ilintirib, ulardan foydalanishi va ular bilan birikib, qo‘shilib ketishidir. Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufyona iqtisodiyotning ko‘rinishidir53.
Xalqaro hujjatlarda birinchi bor korrupsiya tushunchasiga BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksi”da to‘xtalingan bo‘lib, unda korrupsiya deganda “... mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi” tushuniladi deyilgan. BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida qabul qilingan Davlat xizmatchilari uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida “korrupsiya
– bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatlarini ko‘zlab mansabini suiiste’mol qilish, shuningdek, davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan g‘ayriqonuniy foydalanish ko‘rinishlaridir”, deyiladi.
53 Qarang: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиётга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати.-T.: “ABU MATBUOT-KONSALT”,2017.- 292- бетлар.
Yevropa Kengashi guruhining korrupsiya muammolari bo‘yicha 1995 yil 22-24 fevralda Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida “korrupsiya – davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olinishidir”, deb ta’rif berilgan.
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya - bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”. Korrupsiya – mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarini shaxsiy boylik orttirish maqsadlarida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat jinoyat. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga va deputatlikka nomzodlar saylov kompaniyasini o‘tkazishda xarajatlarni to‘lash korrupsiya ko‘rinishlaridan biridir. Keyinchalik saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar ko‘rsatib “o‘z qarzini” qaytaradi, uzadi. Aksariyat korrupsiya lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bog‘langan54.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuniga binoan korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish; manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning,
54 Qarang: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиётга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати.-T.: “ABU MATBUOT-KONSALT”,2017.- 292-293- бетлар.
tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat55.
Umuman olganda, korrupsiya – bu o‘z xizmat lavozimidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishdir. U yashirin iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan, korrupsiyaning iqtisodiy tahlili faqatgina kapitalistik dunyoda emas, balki sobiq ittifoq hududida ham keng rivoj topgan56.
N. Makiavelli korrupsiyaga qiziqarli ta’rif bergan: shaxsiy manfaatlar yo‘lida jamoa imkoniyatlaridan foydalanish. Korrupsiya – bu faqatgina poraxo‘rlik emas, uning ko‘lami ancha keng. Bu tushuncha o‘zida ham poraxo‘rlikni (kasbiy burchini bajarmaslik uchun mukofot berish), ham nepotizmni, ham shaxsiy maqsadlarda jamoa mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirishni mujassamlashtiradi. Ko‘pincha korrupsiya deganda hukumat byurokratlari tomonidan shaxsan boyib ketish uchun fuqarolardan pora, noqonuniy pul daromadlari olish tushuniladi. Kengroq ma’noda olganda korrupsion munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lib faqatgina davlat amaldorlari emas, balki firma menejerlari bo‘lishlari mumkin; porani faqatgina pul bilan emas, balki boshqa shakllarda berish mumkin; korrupsion munosabatlarning tashabbuskorlari sifatida davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar namoyon bo‘ladi.
O‘z xizmat lavozimini suiste’mol qilish shakllari turli-tumanligi sababli, turli mezonlar bo‘yicha korrupsiyaniing turli shakllarini ajratishadi (qarang: 5.1.1-jadval).
55 Ўзбекистон Республикасининг “Коррупцияга қарши кураш тўғрисида”ги қонуни. 2017 йил 3 январ,ЎРҚ-419-сон.
56Korrupsiya muammolari quyidagilarda yoritilgan: Жилина И.Ю., Иванова Н.Н. Экономика коррупции // Социально-экономические аспекты коррупции. М., 1998. С. 30-62. Korrupsiya iqtisodiyoti bo‘yicha quyidagilarni ham o‘rganib chiqish zarur: Полтерович В. Факторы коррупции // ЭиММ. 1998. № 3. С. 30-39; Левин М., Цирик М. Коррупция как объект математического моделирования // ЭиММ. 1998. № 3. С. 40 - 58; Левин М., Цирик М. Математическое моделирование коррупции // ЭиММ. 1998. №4. С. 40-62.
5.1.1-jadval Korrupsion munosabatlarning tipologiyasi57 -
Korrupsiyani tiplarga ajratish mezonlari
|
Korrupsiya turlari
|
Kim o‘z xizmat lavozimini suiste’mol qiladi
|
Davlat (davlat amaldorlari korrupsiyasi);
Tijorat (firma menejerlari korrupsiyasi);
Siyosiy (siyosiy arboblar korrupsiyasi)
|
Kim korrupsiya munosabatlari tashabbuskori hisoblanadi
| |
Kim pora beruvchi
|
Individual pora (fuqaro tomonidan)
Tadbirkorlik porasi (qonuniy firma tomonidan)
Pora berib, jinoiy sotib olish (jinoyatchi tadbirkorlar, masalan, narkomafiya tomonidan)
|
Pora oluvchining korrupsiya mavjudligidan oladigan manfaati shakli
|
Pul ko‘rinishidagi poralar
Xizmatlar almashuvi (patronaj, nepotizm)
|
Pora beruvchi nuqtai nazaridan korrupsiya maqsadlari
|
Tezlashtiruvchi pora (porani oluvchi o‘z funksional majburiyatini tezroq bajarishi uchun beriladi)
Sekinlashtiruvchi (to‘xtatuvchi) pora (porani olgan shaxs o‘z xizmat majburiyatlarini buzishi uchun beriladi)
“Yaxshi munosabatda bo‘lish uchun” pora (porani olgan shaxs pora beruvchini behuda bezovta qilavermasligi uchun beriladi)
|
Korrupsion munosabatlarning markazlashuvi darajasi
|
Demarkazlashgan korrupsiya (har bir pora beruvchi shaxsiy tashabbusi asosida faoliyat yuritadi)
Markazlashtirilgan korrupsiya - «quyidan yuqoriga» (quyidagi amaldorlar tomonidan olinadigan pora ular va yuqoriroqdagi amaldorlar o‘rtasida taqsimlanadi)
Markazlashtirilgan korrupsiya -
|
57 Теневая экономика: учеб. пособие / И.П. Овсянникова; ФГБОУ ВО РГУПС.
– Ростов н/Д, 2015. – С.22-23.
-
|
«yuqoridan quyiga» (yuqori darajadagi amaldorlar tomonidan olinadigan poralar qisman ularning qo‘l ostidagilarga o‘tadi)
|
Korrupsion munosabatlarning tarqalish ko‘lami
|
Quyi korrupsiya (hukumatning quyi va o‘rta qatlamlarida)
Yuqori korrupsiya (yuqori lavozimdagi amaldorlar va siyosatchilarda)
Xalqaro korrupsiya (jahon xo‘jaligi munosabatlari sohasida)
|
Korrupsion aloqalarning muntazamligi (amalga oshirilishi) darajasi
|
Epizodik korrupsiya
Tizimli (institutsional) korrupsiya
Kleptokratiya (korrupsiya hukumat munosabatlarining ajralmas tarkibiy qismi sifatida)
|
Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm (shaxsiy aloqalar asosida “o‘z qanoti ostiga olish”) va h.k. (5.1.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |