Bozor xo‘jaligining tijorat sohasida xufyona iqtisodiy faoliyatning “oq yoqali” shakllari
1949 yilda amerikalik kriminolog Edvin Saterlend “oq yoqalilar orasida jinoyatchilik” konsepsiyasini shakllantirgan edi. Ushbu konsepsiyaga binoan xufyona, qonunchilikka qarshi faoliyat “yirik biznes” kundalik amaliyotining ajralmas tarkibiy qismidir. Saterlend AQShdagi 70 ta yirik nomoliyaviy korporatsiyalarni iqtisodiy qonunchilikni buzish aylovi bo‘yicha sud jarayonlari statistikasini tahlil qilib, quyidagi xulosaga keldi: sud tomonidan jami 980 ta ayblov hukmi chiqarilgan bo‘lib (shu jumladan, savdo erkinligini buzganlikda ayblash bo‘yicha – 307 ta, majburiyatlarni buzganlikda ayblash bo‘yicha – 222 ta, mehnat qonunchiligini buzganlikda ayblash bo‘yicha – 158 ta), o‘rtacha har bir korporatsiyaga 14 tadan hukm to‘g‘ri keladi52. Shunday ekan, yirik firmalarni “ideal jinoyatchi” sifatida tasavvur qilish mumkin: ular ataylab, uyushgan va tizimli ravishda (retsidivistlar kabi) keng miqyosda huquqiy me’yorlarni buzishadi, lekin bu ularni tadbirkorlik olamida o‘z o‘rnini saqlashga xalal bermaydi.
52 Qarang: Овсянникова И.П. Теневая экономика: учеб. пособие / И.П. Овсянникова; ФГБОУ ВО РГУПС. – Ростов н/Д, 2015. – С.21.
Rivojlangan mamlakatlarda biznesning soyadagi jihatlari yanada chuqurroq tahlil qilinishi natijasida jinoyatchilik va qonunchilikka asoslangan faoliyat o‘rtasidagi chegara muntazam ravishda qalqib turishi aniqlandi. Iqtisodiy jinoyatning quyidagi asosiy turlari mavjud (qarang: 4.2.1-rasm).
Raqobat qoidalarini buzish – tijorat borasidagi poralar,monopoliyagaqarshiqonunchiliknibuzish,sanoatsohasidagijosuslik. Narx belgilashni kelishib olish bo‘yicha (til biriktirish).Konunlarga murojaat qilinadigan bo‘lsa, ularda narxni muqim qilish g‘ayriqonuniy ekanligi ta’kidlangan. Narx tizimi bo‘yicha barcha nayrangbozliklar qonunlar bilan qat’iy taqiqlangan. Ammo, raqiblar o‘rtasida narxni muqim qilish bo‘yicha kelishuvlar jinoyat hisoblanadi. Beixtiyor bir xil narxlar ham belgilangan bo‘lishi mumkin va bu yerda qonun buzilmagan bo‘ladi. Qoidaga muvofiq narxni muqim qilish (agar ular qonuniy foyda olishga qaratilgan bo‘lsa) bo‘yicha kombinatsiyalar jinoiy javobgarlikka tortish uchun
asos bo‘la oladi. Har qanday holda ham narxning birligi sun’iy yuzaga keltirilgan deb hisoblanadi.
Narx bo‘yicha kelishuvlarning isboti bo‘lib, odatda raqobatchilarning uchrashuvlari, narx ro‘yxatlari hamda boshqa hujjatlarning mavjudligi va bu hujjatlarni bir-biriga taqdim etishlari xizmat qiladi. Narxlarni muqim qilish bo‘yicha operatsiyalarning maqsadi – u yoki bu tovarni sotish bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasidagi raqobatni yo‘qotishdir. Raqobatlashayotgan firmalar tovarlarni kelishgan narxda sotishga ahd qiladilar. Bunday kelishilgan narxlar, odatda, raqobat kurashi sharoitidagidan yuqori bo‘ladi. Narxni muqim qilishning yana bir keng tarqalgan ko‘rinishi - bu ularni sun’iy pasaytirish yoki ko‘tarishdir. Bunday holatda raqib kompaniyalar o‘zaro nima bilan savdo qilish va qaysi narxda mahsulotni sotishni kelishib oladilar. Mustaqil faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, iste’molchilarning manfaatlariga zid bo‘lsa ham, albatta, qonunlar doirasida narxlarni o‘zlariga foyda keltiradigan miqdorda belgilashlari mumkin.
Bozorda o‘zining ustun mavqeini suiste’mol qilish. Bu turdagi huquqbuzarliklar, eng avvalo, narxni belgilashda cheklashlar qo‘yish, o‘z raqiblarini baykot qilish orqali faoliyatini cheklash, ularning mahsulotlarini sotishdan bosh tortish, mahsulotni yetkazib berishni cheklash yoki taqiqlash, dempingni qo‘llash, vositachilar uchun mahsulotni sotish narxi va hududi chegaralarini belgilab qo‘yish faqat o‘zlarining yakkaxonligini talab qilish va boshqalar.
Narxni belgilashdagi diskriminatsiya (cheklashlar) sotuvchining, bir tomondan, bir turdagi mahsulotni xaridorlarga turli narxlar nisbatida, ikkinchi tomondan, tovarni ishlab chiqarish xarajatlariga nomutanosib tarzda sotishga urinishida qo‘llaniladi. Narx adolatli bo‘lishi uchun u sarf-xarajatga yaqin bo‘lishi lozim. Raqibni bozordan yoki biron hududdan siqib chiqarish uchun yirik firma va kompaniyalar turli imtiyozli narxlar tizimini qo‘llaydilar va shu orqali o‘zlarining hukmron holatlarini saqlashga urinadilar. Bu esa ularga muayyan bir muddatdan so‘ng narxni oshirib, mononol foyda olishga imkon tug‘diradi.
Sanoatshipionaji.Hozirda ushbu jinoyat turi kompyuter yordamida yoxud raqibning turli firma idoralarida ishlaydigan
xizmatchilarini sotib olish vositasida sodir etilmoqda. Jinoyatlar raqibning ilmiy izlanishlari xususidagi ma’lumotlarni olish, faoliyatini aniqlash, uning mahsulotlarini sotuvchi tashkilotlar xususidagi axborotlarni olish, iste’molchilarining ro‘yxati hamda hisob hujjatlarini o‘rganish orqali sodir etiladi.