Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


Davlat huquqlarini poymol etish – daromadlarni soliqlardan yashirish, ekologik qonunchilikni buzish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə30/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Davlat huquqlarini poymol etish – daromadlarni soliqlardan yashirish, ekologik qonunchilikni buzish.


Davlat moliya tizimiga tajovuz bilan bog‘liq jinoyatlar. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, korporatsiyalarning tashqi savdo operatsiyalaridan va shu kabilardan keladigan foydadan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlardan bo‘yin tovlash bo‘yicha faoliyatlari iqtisodiyotga sezilarli ziyon yetkazadi. Odatda, korporatsiyalarning bunday xatti-harakatlariga boshqa, masalan, subsidiyalar, kreditlar bo‘yicha tovlamachilik, foydani yashirish va boshqalar sabab bo‘ladi. Kompaniya va firmalar yana soxta firmalarni tashkil qilish, foydani filantrop, xayriya fondlariga (ular soliqlardan ozod qilinganlar) o‘tkazish, hisob raqamlarini yashirish, balans vedomostlarini qalbakilashtirish kabi ishlardan keng foydalanadilar.
Ushbu qonunbuzarliklarning ko‘pchiligi kundalik hayotimizda shunchalik ko‘p uchraydiki, ularni me’yordan og‘ish deb qabul qilib bo‘lmaydi. Masalan, tijorat borasidagi poralarning ish yuzasidan pora (pora oluvchi o‘z funksional vazifasini bajarishi uchun olgan pora. Masalan, bojxona xodimi tovarlarni bojxona nazoratidan tezroq o‘tkazish uchun pora olishi) tadbirkorlik sohasida oddiy hol deb qabul qilingan. AQShda hatto xalqaro bitimlar tuzishda mavjud bo‘lgan komission mukofotlar (“choy-chaqa”puli)ni soliqqa tortiladigan
summa miqdoridan (ya’ni soliqqa tortish bazasidan) chiqarib tashlashga ruxsat berilgan. Sekinlatadigan (to‘xtatadigan) poralardan foydalanishgina jinoyatchilik deb hisoblanadi. Bunday poralar mas’ul shaxs o‘z fuknsional majburiyatlarini sekin bajarishi (bajarmasligi) uchun beriladi (masalan, bojxona xodimi kontrabandani o‘tkazib yuborishi). Qonuniy va noqonuniy o‘rtasidagi chegara soliq to‘lashda yanada nozikdir: “soliq to‘lashdan qochish”ning ikki xili mavjud – birinchisi, soliq to‘lovchi qonunchilik me’yorlarining kamchiliklaridan foydalanib, soliq to‘lovlarini kamaytiradi; ikkinchisi, soliq to‘lovchi qonunchilikni buzgan holda o‘z daromadlari hajmini yashiradi.
Iqtisodiy jinoyatlarning ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan aniq ta’rifi yuq. Shuning uchun ham hozircha ularning umumlashgan bir tasnifi xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Jinoyatlar qonunlar asosida, ya’ni qaysi qonunlar buzilishiga qarab yoki jinoyatchi tajovuz qilgan ob’ekt yoki biron-bir iqtisodiy jinoyatga taalluqliligi nuqtai nazaridan guruhlanadilar. Bunday tasnifga asos qilib professor G. Kayzer (Germaniya) tavsiya etgan guruhlashni ko‘rsatish mumkin.

  1. Bank aksiyadorlik jamiyatlari tizimidagi, kredit muassasalari, sug‘urta va erkin raqobat (ishonchni suiiste’mol qilish), soxta bankrotlik hamda mualliflik huquqi va markirovka qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.

  2. Soliqlarni to‘lashdan bosh tortish, subsidiyalar sohasidagi ko‘zbuyamachilik boj to‘lovi bilan bog‘liq jinoyatlar, ta’magirliq poraxo‘rlik.

  3. Mehnat muhofazasi sohasidagi qonunchilikni buzishlar, iste’molchilarga qarshi hamda atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi qaratilgan jinoyatlar.

  4. Boshqa tovlamachiliklar va chayqovchilik.

Professor N. Shneyder iqtisodiy sohadagi jinoyatchilarning ob’ekti bo‘lmish iqtisodiy tizimning uch sektorini alohida ajratadi:

  1. bank kredit sohasiga qarshi bo‘lgan jinoiy tajovuzlar;

  2. qurilish sohasida va ko‘chmas mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar;

  3. transport va sayohat, turizm sohasida amalga oshiriladigan jinoyatlar.

XX asrning 80-90 yillarida g‘arb mutaxassislari o‘zlarining ushbu muammolarga bag‘ishlangan asarlarida sof iqtisodiy jinoyatlarning to‘la va aniq ro‘yxatini tuzishga harakat qildilar va bu ishda ular asosiy e’tiborni korporatsiyalarda amalga oshirilgan jinoyatlarga qaratdilar. Olimlar fikricha, korporatsiyalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar iqtisodiy jinoyatchilik ta’rifiga mos tushadi. Ularga quyidagi jinoyatlar turini kiritish mumkin.

  1. Aksioner, kompanon va ta’sischilarga ziyon yetkazilgan kapital mablag‘larni suiiste’mol qilishdan kelib chiqadigan jinoyatlar (buxgalteriya hujjatlaridagi, aksiyalar bo‘yicha sodir etilgan firibgarliklar, yo‘q kompaniyalarga aksiyalarni sotish va hokazolar).

  2. Depozit kapital (banklarga joylashtirilgan pul yoki qimmatbaho qog‘ozlar)ni suiiste’mol qilish, kreditorlarga ziyon yetkazish (soxta bankrotlik, tovlamachilik, subsidiyalar bilan firibgarlik qilish).

  3. Erkin raqobat qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.

  4. Iste’molchi huquqini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.

  5. Davlatning moliya tizimini buzishga qaratilgan jinoyatlar (masalan, foydani yashirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, ishlab chiqarish va savdo qonun qoidalarini buzish va boshqalar).

  6. Tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘lik jinoyatlar (masalan, atrof-muhitni ifloslantirish, qurilish normalari va nizomlarini buzish va boshqalar).

  7. Ijtimoiy cyg‘ypta va nafaqa to‘lash sohasidagi, texnika xavfsizligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.

  8. Tijorat sohasidagi poraxurlik.

  9. Kompyuter texnikasi orqali amalga oshiriladigan jinoyatlar (xakerlar).

Jinoyatning bu turlari o‘tgan asrning 70-yilaridan boshlab olimlar tomonidan iqtisodiy jinoyatlar toifasiga kiritildi, chunki ular natijasida yetkazilgan zararlar juda katta miqdorni tashkil qila boshladi. Shuni ta’kidlash lozimki, kompyuter jinoyatining hammasi ham iqtisodiy jinoyatlar toifasiga kirmaydi, ularning ba’zilari oddiy tovlamachilik bo‘lib, bu jinoyat zamonaviy texnika yordamida sodir
etiladi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, bunday jinoyatlarni umumiy jinoyatlar toifasiga kiritish lozim. Ammo olimlar iqtisodiy jinoyatlar toifasiga ma’lumotlarni yoki dasturlarni soxtalashtirish (kompyuter manipulyatsiyalari), kompyuter sabotaji va mashina vaqtini o‘g‘irlash kabi jinoyatlarni qo‘shmoqdalar.
Kompyuter jinoyatlari. Kompyuter jinoyatlarini, odatda, EHMlarda ishlash huquqiga ega xizmatchilar sodir etadilar. Xizmatchilar, ma’muriyat vakillari, boshqaruvchilar professional dastur tuzuvchilarga nisbatan ko‘proq aybdor bo‘ladilar. AQShda sodir etilgan kompyuter jinoyatlarining har mingtadan yettitasigina professional dastur tuzuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Kompyuter jinoyatlari bilan bog‘liq muammolarning yaqin yillarda yuzaga kelishiga qaramasdan, ularni tasniflash masalasi aniq yo‘lga tushgan. Olimlar ushbu jinoyatchilikniig quyidagi turlarini ajratadilar:

  1. Jismoniy suiiste’mollik - o‘z ichiga:

  • anjomlarni buzish, yo‘qotish;

  • dastur yoki axborotni yo‘q qilish;

  • yolg‘on, soxta ma’lumotlarni kiritish;

  • turli yetkazuvchilar (disketa, perfokarta va boshqalar) dagi axborotlarni o‘g‘irlashni qamrab oladi.

  1. Operatsion suiiste’molchilik o‘z ichiga firibgarlikni (o‘zini boshqa shaxs o‘rnida tavsiya etish), sanksiyasiz kompyuterlarning oxirgi malumotlarini chiqaruvchi qurilmalardan foydalanishni oladi.

  2. Dasturlar bo‘yicha suiiste’mollik o‘z ichiga mantiqiy bomba, troyaliklar oti va boshqa shu kabi nomlar bilan atalgan dasturlarni matematik ta’minlanganlik tizimiga kiritishni oladi. Birinchi dasturda kompyuterga muayyan bir davr ichida topshiriq kiritiladi yoki sanksiyalanmagan harakat qo‘shiladi, ikkinchisida esa oddiy mavjud dasturga suiiste’molchining topshirig‘i kiritiladi.

  3. Elektron suiiste’molliklar o‘z tarkibiga sxemali va apparatli o‘zgarishlarni, muayyan bir davrda dasturni o‘zgartirish kabi natijalarni beruvchi o‘zgarishlarni oladi.

Olimlar o‘rtasida bu turdagi jinoyatlarni yanada qisqa tavsiflash fikrlari mavjud: 1) EHMlarga yoki ularning alohida qismlariga nisbatan vandalizm; 2) EHMdan axborotni o‘g‘irlash; 3) EHM orqali
yoki uning yordamida o‘g‘irlik sodir etish. Birinchi turdagi jinoyatlar EHM egasiga ziyon yetkazish, EHMni ishdan chiqarish maqsadida amalga oshiriladi. Jinoyatchi tomonidan o‘chirib yuborilgan magnit tasmadagi axborotni tiklash juda ko‘p vaqtni va katta pul mablag‘larini taqozo etadi. EHMlardan axborotni hamda qimmatli dasturlarni o‘g‘irlash raqibni obro‘sizlantirish yoki raqib firma ma’lumotlarini tarqatish maqsadida amalga oshiriladi. Bu jinoyatlarni sodir etadiganlar firma, kompaniya to‘g‘risida ma’lumotlarga hamda EHMga kirish imkoniyati bo‘lgan shaxslardir. Bunday xatti-harakatdan maqsad kompyuter yordamida shaxsiy maifaatni qondirishdir.
Jinoyatchilar tovar va mulklarni o‘g‘irlash bilan birga, EHMga tovarlarni belgilangan joyga jo‘natish xususida buyurtmalarni kiritishi va shunga yarasha qo‘llanmalarni ishlab chiqishi mumkin. Eng ko‘p xavf moliya sohasidagi jinoyatlardan yuzaga keladi. Hisoblash texnikasi orqali amalga oshirilgan oddiy firibgarliklar jinoyatchilarga soxta jamg‘armalarni va ularga foydalarni olish imkonini beradi. Bir necha yillik tajriba hamda tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, axborotning EHM orqali o‘tishining barcha bosqichlarida u jinoiy tajovuzga duch kelishi mumkin ekan. Jinoyatchilar EHMlarga yolg‘on yoki eskirgan, soxta hisob raqamlari va shu kabilarni kiritishlari va natijada katta daromadlarni o‘zlashtirishlari mumkin.

    1. Yüklə 0,99 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin