Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


-rasm. Korrupsiyaning asosiy turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə33/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

5.1.1-rasm. Korrupsiyaning asosiy turlari


Poraxo‘rlik xufyona iqtisodiyotning bir turi bo‘lib, turli konsultantlar, agent, vositachilarga, rasmiy shaxslarga xizmatlariga haq to‘lash ham hisoblanadi. Bunda pora beruvchi naf yoki foyda olish kabi maqsadlarini amalga oshirish maqsadida unga sharoit


yaratib beruvchi mansabdor, vakolatli shaxslarga pora beradi58.
Poraxo‘rlikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar quyidagilardan iborat:

  • biznesni boshlash uchun ruxsat olish, ro‘yxatdan o‘tish, qulay sharoit yaratishga intilish;

  • korxona raqobatchilarini yo‘ldan olib tashlash, ularni bozordan, faoliyat sohasidan surib chiqarish;

  • davlat xizmatlariga, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga erishish, bu yo‘lda mansabdor shaxslar tazyiqi, qarshiligini yengish;

  • soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirishga intilish;

  • tartibga solinuvchi narxni oshirish uchun ruxsat olish;

  • o‘z xodimlari, o‘zining va oilasining, biznesining xavfsizligini ta’minlash maqsadida pora berishga majbur bo‘lish59.

Tovlamachilik – aldash, laqillatish, qo‘rqitish yo‘li bilan kishining mol-mulki, pulini olib qo‘yish, undan foydalanish; firibgarlik. Tovlamachi – kishilarni tovlab, laqillatib, qo‘rqitib kun ko‘ruvchi; firibgar60.
Firibgar – firib beruvchi, hiylagar, aldoqchi; aldamchilik, tovlamachilik, makru hiyla bilan shug‘ullanuvchi kimsa. Firibgarlik

  • aldamchilik, hiylagarlik. Firibgarlik – aldov yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan begona mulk yoki mulkka nisbatan huquqni qo‘lga kiritish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda). Firibgarlik - korxona rahbariyati yoki xizmatchilari orasidan bir yoki bir nechta shaxsning hisob va hisobot ma’lumotlarini ataylab noto‘g‘ri aks ettirishi va taqdim etishini, shu jumladan, hisob yozuvlarini qalbakilashtirish va boshlang‘ich hujjatlarni soxtalashtirish, hisob yozuvlarini qasddan o‘zgartirish, xo‘jalik operatsiyalari mazmunini o‘zgartirish va qonunchilik hamda korxona siyosatida o‘rnatilgan qoidalarni buzish. Firibgarlik – rahbariyat, boshqaruvni amalga oshiruvchilar, xodimlar orasidan bir



58 Маънавият: изоҳли луғат. –Т.: Ғафур Ғулом НМИУ, 2009. 476-477-бет.
59 Qarang: Кочергина Т.Е. Экономическая безопасность: Ростов Н/Дону: Феникс, 2007. С164-165.
60 Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиётга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати.-T.: “ABU MATBUOT-KONSALT”,2017.- 292-293- бетлар.
yoki bir nechta kishi yoki uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy va adolatsiz manfaat olish uchun aldov yordamida ataylab qilingan harakatdir. “Firibgarlikka qo‘l urgan odamlar odatda o‘z harakatlarini oqlashga arziydigan harakatlar, deb ishonadilar” (Amerika Diplomli buxgalterlar instituti, 2003). Bank sohasidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, firibgarlik qilgan xodim odatda o‘zi aldayotgan korxonada ko‘p yillik stajiga ega bo‘ladi. Asosan, bular vakolatlarga ega bo‘lib, ilgari o‘z ishiga nisbatan e’tiroz va tanbehlar olmagan muhandis-texniklar sirasiga kiruvchi xodimlardir. Ko‘pincha ular firibgarlik qilish uchun ruxsat etilgan kompyuter tizimlaridan foydalanadilar, qolaversa, bu ishni asosan bankning oddiy ish soatlarida qiladilar61.
Korrupsiya keng miqyosda hisob-kitob olib boruvchi va nazoratni amalga oshiruvchi har qanday markazlashgan davlat faoliyatining orqa tomonidir. Korrupsiya o‘zi paydo bo‘lgan muhit – davlat kabi qadimiydir. Qadimgi Hindistonning Manu Qonunlarida (eramizdan avvalgi II asr) “amaldorlar birovning mol-mulkini egallab olishga intiluvchi“ va “badniyatlik maqsadida pul undiruvchi” ekanliklari to‘g‘risida gapirilgan.
Professional davlat amaldorlari hali bo‘lmagan antik tarixning dastlabki bosqichlarida korrupsiya mavjud bo‘lmagan.
Ibtidoiy va erta sinfiy jamiyatlarda yo‘lboshchi yoki sarkardalarga yordam so‘rab qilingan murojaat uchun haq to‘lash keng yoyilgan. Davlat apparati murakkablashib, uning professionalligi oshib borgani sari vaziyat ham o‘zgarib bordi. Oliy toifadagi hokimiyat quyi pog‘ona xizmatchilariga qat’iy belgilangan haq to‘lashni talab qilgan davrda ular murojaat qiluvchi fuqarolardan yashirin ravishda o‘z xizmat majburiyatlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha xaq olishga intilganlar.
Antik tarixning so‘ngi davrida korrupsiya vujudga kelib rivojlana boshlandi. Rim imperiyasida shunday davlat amaldorlari paydo bo‘lganda, ular haqida “u boy provinsiyaga kambag‘al bo‘lib kelib, kambag‘al provinsiyadan boy bo‘lib ketdi”, deb gapirishar edi. Bu


61 Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиётга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати.-T.: “ABU MATBUOT-KONSALT”,2017.- 292-293- бетлар.
davrda rim huquqida «corrumpire», ya’ni aynish, poraga sotilish atamalarining sinonimi bo‘lib mansabni suiste’molchilikning barcha turlarini ifodalashga xizmat qilgan.
Markazlashgan hukumat hokimiyati kuchsiz bo‘lgan davrda (masalan, Yevropada o‘rta asrlarning dastlabki bosqichlarida) xizmat holatidan aholidan shaxsiy manfaat uchun pora olish umumqabul qilingan normaga aylangan edi. Rossiyada o‘rta asrlarda voyevoda va amaldorlar g‘aznadan ish haqi va pomestyalar olishdan tashqari nizolarni hal qilganliklari uchun aholidan haq olishlari odatiy hol hisoblangan.
Davlat hokimiyati markazlashib borgani sari fuqarolarning mustaqilligi tobora cheklanib borgan. Bu esa quyi va oliy toifadagi amaldorlar tomonidan qat’iy nazoratdan qochishni istagan fuqarolar foydasiga qonunni yashirincha buzishga yo‘l ochgan. Poraxo‘r amaldorlarni omma oldida qattiq jazolash ham odatda natija bermagan, chunki ularning o‘rnini yangilari egallagan. Markazlashgan hukumatda amaldorlarni yalpi nazorat qilish imkoniyati bo‘lmagan. Shu boisdan korrupsiyaning “chidasa bo‘ladigan normasi” bilan cheklanishga, faqat uning eng xavfli ko‘rinishlariga qarshi choralar ko‘rilgan. Bunday holat ayniqsa, osiyo ishlab chiqarish usuli jamiyatlarida mavjud bo‘lgan. Mustamlakachilikdan oldingi Sharq mamlakatlarida hukmdorlar umumiy “nazorat va hisob” tizimini joriy qilishga intilgan bo‘lsalarda, boshqa tomondan muntazam ravishda o‘z cho‘ntagini davlat g‘aznasi bilan almashtirib qo‘yayotgan amaldorlarning ochko‘zligidan shikoyat qilishgan. Masalan, “Artxashastra” muallifi ochko‘z amaldorlar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlashning 40 ta vositasini keltirgan va asalni faqat og‘izga solgan vaqtdagina his qilish mumkin bo‘lgani kabi podsho mulkini uni boshqaruvchi amaldor tomonidan eng oz miqdorda bo‘lsa ham o‘zlashtirilmasligi mumkin emas”, deb ta’kidlagan.
Davlat amaldorlarining shaxsiy daromadlariga jamiyat tomonidan munosabatda tub burilish G‘arbiy Yevropda yangi tarixiy davrda tubdan o‘zgardi. Jamoat shartnomasi g‘oyasiga ko‘ra fuqarolar davlatga soliq to‘laydilar, davlat esa maqbul bo‘ladigan qonunlarni ishlab chiqadi va ularning so‘zsiz amalga oshirilishini
nazorat qiladi. Shaxsiy munosabatlar o‘rniga xizmat yuzasidan bo‘ladigan munosabatlar qaror topadi, shu boisdan amaldorlar tomonidan ish haqidan tashqari shaxsiy daromad olishlari ijtimoiy ahloq va qonun normalariga zid deb targ‘ib qilish boshlandi. Bundan tashqari neoklassik iqtisodiy nazariya g‘oyasi iqtisodiy erkinlik g‘oyasini ilgari surib, kishilar o‘z ishlarini o‘zlari bajarishini va o‘z yo‘llaridan yurishlarini, davlatning esa iqtisodiyotga aralashmasligi lozimligini asosladilar. Agar amaldorda tartibga solish imkoniyatlari kamaysa, u holda ularning pora olish imkoniyatlari ham kamayadi. Pirovardida markazlashgan davlatda amaldorlarning korrupsiyasi yo‘q bo‘lmagan bo‘lsa ham, har holda keskin kamayadi.
Rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya rivojlanishi evolyutsiyasida XIX va XX asrlar yangi bosqich bo‘ldi. Bu davrda bir tomondan, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek amaldorlar hukmronligi kuchaydi. Ikkinchi tomondan, yirik biznes vujudga kelib, raqobat kurashida “davlatni sotib olish” usulidan keng foydalana boshlandilar. Bunda ular siyosatchilar va yuqori davlat xizmatchilari faoliyatini yirik kapital manfaatlarini himoya qilishga bo‘ysundira boshladilar. Rivojlangan mamlakatlarda, shu jumladan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida, ikkinchi jahon urushidan keyin siyosiy partiyalar ahamiyati osha borgani sari partiyaviy korrupsiya avj ola boshladi. Yirik kompaniya, moliyaviy-sanoat guruhlar, o‘zlarining manfaatlariga mos keladigan qonunlarni qabul qilinishini ta’minlash maqsadida ro‘yobga chiqarish uchun saylovoldi jarayonlarida partiya kassalariga mablag‘ ajrata boshladilar. Yirik siyosatchilar o‘z mavqeilaridan shaxsiy daromad olish manbai sifatida foydalana boshladilar. Masalan, Yaponiyada hozirgi vaqtda ham siyosiy arboblar xususiy kompaniyalarga foydali shartnomalar olishlarida ko‘maklashganlari uchun kelishuvdan foiz olishga harakat qiladilar. Keyingi yillarda Janubiy Koreya Respublikasining bir necha prezidentlarining korrupsiya majoralari tufayli javobgarlikka tortilganliklari ham bunga misol bo‘ladi. Ayni paytda ichki firma xizmatchilari mustaqilligining oshirilganligi tufayli, ularning ham o‘z mavqeilarini suiste’mol qilish holatlari ko‘paymoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida ko‘plab “uchunchi dunyo” mamlakatlari mustaqillikka erishganlarida so‘ng ularda ham
korrupsiya kuchaydi. Bunga Filippin, Indoneziya va boshqa ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatdlarda yuz bergan korrupsiya majorali misol bo‘ladi. Misol uchun Filippindagi prezident Markos va Indoneziya prezidenti Suxarto o‘z davrida korrupsion faoliyatlari natijasida juda katta boylik to‘plaganlari hamda shuning uchun ham ular hokimiyatdan sharmandalarcha chetlatilganlar. Filippin, Paragvay, Gaiti va ko‘plab afrika mamlakatlarida kleptokratik rejimlar vujudga kelgan ediki, ularda korrupsiya barcha ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini qamrab olgan bo‘lib, porasiz hech nima qilib bo‘lmay qolgan edi. Bunday mamlakatlarda oilaviy klanlar paydo bo‘lgan edi.
Korrupsiyaning “pastdan yuqoriga”, ya’ni boshliq barcha ayblovlarni quyi pog‘ona amaldorlarga to‘nkash imkoniyatiga ega bo‘ladigan tizimi bilan birga “yuqoridan pastga” tizimi ham mavjud bo‘lgan. Bu tizimda boshliq porani bevosita o‘zi olib, uni o‘zining qo‘l ostidagi xodimlari bilan bo‘lishgan. Bunday tizim Janubiy Koreyada mavjud bo‘lgan62.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va savdo aloqalarining rivojlanishi ham korrupsiyani rag‘batlantiridi. Yirik transmilliy kompaniyalar muzokaralar o‘tkazish xarajatlariga yuqori lavozimdagi amaldorlarga beriladigan sovg‘alarni (poralarni) kiritadigan bo‘lishdi. O‘tgan asrning 70-yillarida amerika “Lokxid” firmasining GFR, Yaponiya va boshqa davlatlardagi yuqori martabali siyosatchilariga o‘zlarining unchalik yaxshi bo‘lmagan samolyotlarini sotishda yordam berganliklari uchun juda katta miqdorda sovg‘a (pora) berganliklari bilan bog‘liq majoralar sodir bo‘lgan edi.
Korrupsiya 1990 yilarda sobiq sotsialistik, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotgan o‘tish iqtisodiyoti davlatlarida juda keng rivoj topdi. Davlat hokimiyati tarkibida faoliyat yuritayotgan yuqori davlat amaldorlari bir vaqtning o‘zida ham davlat ishida, ham o‘zlarining tijorat ishlarida katta lavozimlarida ishlab, o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida mavqelarini suiste’mol qilganlar. Bunday holat hozirgi vaqtda ham


62Qarang: Теневая экономика: учеб. пособие / И.П. Овсянникова; ФГБОУ ВО РГУПС. – Ростов н/Д, 2015. – С.26.
bir qancha o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida davom etmoqda. XXI asrning boshlarida jahon va Yevropa futbol uyushmalari rahbarlari bilan bo‘lgan korrupsion majoralar bunday illatning jamiyatning barcha sohalariga va global miqyosda keng yoyilganligidan dalolat beradi.



    1. Yüklə 0,99 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin