5.4.2-jadval.
Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri oqibatlari73
-
Iqtisodiy oqibatlar
|
Ijtimoiy oqibatlar
|
davlatning makroiqtisodiy siyosatini amalga oshirishga
to‘siq bo‘lishi ,iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasayadi.
|
korrupsiyalashgan hukumat ta’lim va sog‘liqni saqlashga kamroq mablag‘ ajratadi
|
iqtisodiyotdagi real holat to‘g‘risida ishonchli axborotni
ola olmaslik
|
adolatsizlik, ya’ni noinsof raqobat kuchayadi
|
soliq tushumlarining kamayishi, soliq yig‘iluvchanlik darajasining
pasayishi
|
qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarning daromadi va nafliligi kamayadi
|
Investitsiya kirib kelishi kamayadi
|
boylarning soliqdan bo‘yin tovlashi
soliq yukini fuqarolar yelkasiga yuklaydi
|
davlat resurslarini pora undirish imkoniyati yuqori bo‘lgan sohalarga
yo‘naltiriladi
|
davlatga ishonch susayadi
|
tadbirkorlar xarajatlarining oshib ketishi
|
|
Korrupsiyalashgan tizimlar hech qachon fuqarolar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan, shu sababdan ular siyosiy jihatdan beqarordirlar. Korrupsiya to‘g‘risida munozaralarda uning salbiy oqibatlari bilan birga ijobiy oqibatlari ham bor, degan fikrlar mavjud. Korrupsiyaning ijobiylilik konsepsiyasi korrupsiyalashgan jamiyatda siyosatchilar va amaldor-byurokratlar nazoratsizlikni yuqori darajasiga erishishlarini hisobga olmayapti. Ular o‘z xohishlariga ko‘ra yo‘riqnomalar yaratishlari mumkin. Bunda korrupsiya samarali
73 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
faoliyatga rag‘bat qilmasdan juda ko‘p yo‘riqnomalar ishlab chiqishga rag‘bat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, pora oluvchilar ataylab yangidan-yangi to‘siqlarni yaratib, qo‘shimcha to‘lov evaziga ushbu to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradilar.
Korrupsiyani ko‘r-ko‘rona madh etuvchilar poraxo‘rlik byurokratik hujjatlarni to‘plash va qayta ishlashga zarur bo‘lgan vaqtni qisqartirishini isbotlamoqchi bo‘ladilar. Lekin pora devonxona faoliyatini jadallashtirishi shart emas. Ma’lumki, Hindistonda yuqori bo‘g‘in davlat xizmatchilari quyidagi shartlarda pora oladilar: ular pora beruvchiga hujjatlarini tez qayta ishlanishiga va’da bermaydilar, lekin raqobatchi kompaniyalarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonini sekinlashtirib beradilar. Korrupsiya iqtisodiyot rivojlanishini rag‘batlantiradi, degan mulohaza qonunchilik buzilishiga olib kelishi bilan xavflidir.
Dostları ilə paylaş: |