Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri
Korrupsiya har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Korrupsiyadan ko‘riladigan iqtisodiy zarar, birinchi navbatda, davlatning makroiqtisodiy siyosatini amalga oshirishga to‘siq bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Boshqaruv tizimining quyi va o‘rta bo‘g‘inlaridagi korrupsiya natijasida markaziy hukumat mamlakat iqtisodiyotidagi real holat to‘g‘risida ishonchli axborot ola olmaydi va belgilangan maqsadlarga erishishni amalga oshira olmaydi.
Korrupsiya davlat qarorlari sabablarini buzib ko‘rsatadi. Korrupsiyalashgan siyosatchi va amaldorlar davlat resurslarini nazorat kuchli bo‘lmagan va pora undirish imkoniyati yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirishga harakat qiladilar. Ular maktab darsliklarini nashr etish va o‘qituvchilarni maoshini oshirishni moliyalashtirishdan ko‘ra ishlab chiqarishni, masalan harbiy samolyotlarni ishlab chiqarish va boshqa yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishga moyildirlar. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha korrupsiya davlat xarajatlari tarkibiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi: korrupsiyalashgan hukumat ta’lim va sog‘liqni saqlashga korrupsiyalashmagan hukumatdan ko‘ra kamroq mablag‘ ajratadi.
Korrupsiya iqtisodiy ta’sirining eng asosiy salbiy jihati tadbirkorlarning (ayniqsa, yulg‘ichlar oldida himoyasiz bo‘lgan kichik firmalarning) xarajatlari oshib ketishidir. Masalan, sobiq sotsialistik mamlakatlarda biznes rivojlanishidagi muammolar amaldorlar tadbirkorlarni pora berishga majburlashi bilan bog‘liqdir, bu poralarga qo‘shimcha soliqlar sifatida qaraladi (5.4.1-jadval). Tadbirkor halol bo‘lib, pora bermasa ham korrupsiyadan zarar ko‘radi, u injiq davlat amaldori bilan muloqotga ko‘p vaqt sarflashga majburdir.
5.4.1-jadval 1990 yillar oxirida sobiq sotsialistik mamlakatlarda poralar
berilishining qaytarilishi va hajmi
-
Mamlakatlar
|
Tez-tez pora beradigan firmalar foizi
|
Firmalarning yillik daromadlariga nisbatan poralarning o‘rtacha foizi
|
Ozarbayjon
|
59,3
|
6,6
|
Armaniston
|
40,3
|
6,8
|
Belarus
|
14,2
|
3,1
|
Bolgariya
|
23,9
|
3,5
|
Vengriya
|
31,3
|
3,5
|
Gruziya
|
36,8
|
8,1
|
Qozog‘iston
|
23,7
|
4,7
|
Qirg‘iziston
|
26,9
|
5,5
|
Litva
|
23,2
|
4,2
|
-
Moldova
|
33,3
|
6,1
|
Polsha
|
32,7
|
2,5
|
Rossiya
|
29,2
|
4,1
|
Ruminiya
|
50,9
|
4,0
|
Slovakiya
|
34,6
|
3,7
|
Sloveniya
|
7,7
|
3,4
|
Ukraina
|
35,3
|
6,5
|
Chexiya
|
26,3
|
4,5
|
Xorvatiya
|
17,7
|
2,1
|
Estoniya
|
12,9
|
2,8
|
Va, nihoyat, korrupsiya va ish hujjatlarini rasmiylashtirishdagi byurokratik sansalorlik investitsiyalarga (ayniqsa, xorijiy investiyalarga) to‘siq bo‘ladi, natijada iqtisodiy o‘sish sekinlashadi. Masalan, 1990 yillarda amerikalik iqtisodchi Paolo Mauro tomonidan ishlab chiqilgan model hisoblanayotgan “byurokratiya samaradorligi indeksi”ning72 2,4 ballga o‘sishi mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari taxminan 0,5 foizga pasayishiga olib keladi, degan xulosa qilish mumkin. Boshqa amerikalik iqtisodchi Shan-Chin Vayaning hisob-kitoblariga ko‘ra korrupsiya indeksining 1 ballga (10 ballik shkala bo‘yicha) o‘sishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 0,9 foizga pasayishiga olib keladi. Korrupsiya indekslari sharhida korrupsiya darajasi bilan iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasida yaqqol salbiy korrelyatsiya (bog‘liqlik) mavjud emasligi ko‘rsatilgan, bu bog‘liqlik umumiy qonuniyat sifatida seziladi xolos.
Korrupsiyaning ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan salbiy natijalari nohaqlik bilan bog‘liqdir – firmalarning nohalol raqobati va fuqarolar daromadlarining asossiz qayta taqsimlanishi. Gap shundaki, katta porani samarali faoliyat yuritayotgan qonuniy firma bermaydi, balki jinoyatchilik bilan shug‘ullanuvchilar beradi. Natijada pora beruvchilar va oluvchilarning daromadlari oshib boradi, qonunlarga rioya qiladigan fuqarolarning daromadlari pasayib boradi. Soliqlarni yig‘ish tizimidagi korrupsiya juda xavflidir, boylarga soliq to‘lashdan
72Transparency International tomonidan hisoblanadigan korrupsiyani idrok etish indeksiga o‘xshash indeks.
bo‘yin tovlashga imkon berib soliq yukini daromadi kamroq bo‘lgan fuqarolar bo‘yniga qo‘yish imkonini beradi (qarang: 5.4.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: |